“O‘zbekistonda pedagog kadrlarni tayyorlash, o‘qitish va rivojlantirish Kompleks markazini tashkil etish orqali maktabgacha taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish” bo‘yicha Maktabgacha taʼlim agentligi va KOICA (Koreya) o‘rtasidagi loyiha
Pedagoglar uchun trenerlarni tayyorlash (ToT) dasturining yopilish marosimi
Joriy yining 25-yanvar kuni Maktabgacha taʼlim agentligi va KOICA (Koreya) o‘rtasidagi “O‘zbekistonda pedagog kadrlarni tayyorlash, o‘qitish va rivojlantirish Kompleks markazini tashkil etish orqali, maktabgacha taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish” qo‘shma loyiha doirasida Pedagoglar uchun trenerlarni tayyorlash (ToT) dasturining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
2024-yil 10-yanvardan boshlab 2 hafta muddat ichida master-trenerlar va koreyalik mutaxassislar ishtirokida 35 nafar trenerlar ToT trening dasturi asosida o‘qitildi.
Mazkur trening dasturi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oldi:
· O‘yin orqali taʼlim olish, bola shaxsiga yo‘naltirilgan maktabgacha taʼlim o‘quv dasturining taʼlim va tarbiyaviy ahamiyatini tushunish;
· Pedagoglarda o‘quv dasturlar asosida taʼlim-tarbiya jarayonini olib borish qobiliyatini kuchaytirish;
· Tarbiyalanuvchilar bilan muloqot qilish qobiliyatini yaxshilash;
· Maktabgacha taʼlimda ota-onalar va jamiyatning faolligini oshirish.
Shu bilan birga, o‘quv modullarni tanlash maqsadida maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagog-kadrlari tomonidan anketa-so‘rovlar o‘tkazilib, mehnat faoliyatida kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi muammolar tahlili natijasida xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, o‘quv dasturi ishlab chiqildi.
Ikki bosqichda amalga oshiriladigan o‘quv kurslarining yakunida tayyorlangan trenerlar o‘zlari faoliyat olib borayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarini o‘qitadilar.
Marosim yakunida ishtirokchilar trening kurslarni tamomlaganligi haqida sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.