2024-yil 23-fevral kuni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A. V. Shin hamda Song Busan va TeunSol International Koreya global stipendiya jamg'armasi rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida chet el vakillari Vetnam, Kambodja, Laos, Tailand va boshqa dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida amalga oshirgan xayriya loyihalari haqida ma'lumot taqdim etdi.
Tadbir yakunida tomonlar xorijiy tomon tarafidan mamlakatimiz maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun xayriya faoliyatini amalga oshirishga qaratilgan o'zaro anglashuv Memorandumini imzoladilar.