Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Bola kulgusi dunyodagi eng baxtiyor kulgudir

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan 20-noyabr – Butunjahon bolalar kuniga bag‘ishlangan bog‘cha tarbiyalanuvchilari ishtirokida tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirga 34, 389-sonli MTTlari tarbiyalanuvchilari va tarbiyachilari shu bilan birga, Puchon, A.I.Gersen nomidagi RDPU universiteti Toshkent shahridagi filiallari qoshidagi bog‘cha bolalari va talabalari bilan taklif etildi. Barchaga ma’lumki, ushbu sanada butun yer yuzida bolalarni huquqlarini himoya qilish Konvensiyasi va Deklaratsiyasi qabul qilingan. Tadbirning ahamiyatga molik jihati shundan iborat bo‘ldiki, barcha bolajonlar uchun ularning huquqlari va erkinliklari haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining shaxsan o‘zi tomonidan ertaknamo tarzda tushuntirib berildi. Bolajonlar bilan mavzu yuzasidan o‘yin tarzida savol-javoblar o‘tkazildi. Shuningdek, Toshkent davlat sirkining mutaxassislari tomonidan bolajonlarga qiziqarli tomoshalar hamda bola huquqlari haqida multfilm namoyish etildi. Bolajonlar agentlik xodimlarini faoliyatlari bilan tanishishdi, ularning kun davomida maktabgacha ta’lim  sohasini rivojlantirish uchun olib borayotgan ishlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, turli savollarga tutishdi. Tadbir yakunida barcha bolajonlar o‘z qo‘llari bilan rangli dastxatlarini devorga esdalik uchun tushirishdi va sharlarga ismlarini yozib osmon-u falakka uchirishdi.      

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Yangibozorda yana bir yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti ish boshladi

Yangibozor tumanining Bog‘olon mahallasida 29-son maktabgacha ta’lim tashkiloti  mukammal ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Tadbirning ochilish marosimida  tuman hokimi Ruslan Jumaniyazov, sektor rahbarlari, faxriylar, mahalla faollari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari mudiralari qatnashdi.  90  o‘ringa mo‘ljallangan mazkur maktabgacha ta’lim  tashkiloti zamonaviy davlat  talablari  asosida jihozlangan bo‘lib, tarbiyalanuvchilarni  sifatli! ta’lim  tarbiya olishlari  uchun  barcha qulay shart  sharoitlar yaratilgan. Eng quvonarlisi, bog‘chaning ishga tushishi bilan mahalladagi bog‘cha yoshidagi bolalarning 100 foiz qamroviga erishildi.  20 nafar fuqaroning ish bandligi ta’minlandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yuksaklarda hilpira, bayrog'im!

Bugun mamlakatimizda «O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida» gi Qonun qabul qilinganiga 32 yil to’ldi. Ma’lumki, davlat bayrog’i mamlakitimizning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi ramz. Shu munosabat bilan Maktabgacha ta’lim agentligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Bugun bayrog‘imiz xalqaro maydonda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko‘rgazmalarida, sport musobaqalarida mustaqil vatanimizni ifodalamoqda. Tarixiy qadriyatlar asosida yaratilgan va o’tmishimiz, bugungi kunimiz va kelajagimiz ramzi bo’lgan Davlatimiz bayrog’ida biz ona suti, uning beshik kuylari va buyuk ajdodlar ta’limoti bilan singdirgan ulkan milliy kuch, yuksak aql va iroda mavjud. Maktabgacha ta’lim agentligi jamoasi barcha vatandoshlarimizni O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i qabul qilingan kuni bilan chin qalbdan tabriklaydi. Bayrog’imiz mustaqil va tinch O’zbekistonimizni tanitib, yuksaklarda hilpirashda davom etsin!  

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Mittivoy" qo'shma loyihasi doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin A.I.Gersen nomidagi RDPU  rektorining baynalminallashtirish bo'yicha maslahatchisi, pedagogika fanlari doktori,  professor Y.A.Komarova bilan uchrashdi. Tomonlar 2020-yil dekabr oyida tegishli "Yo'l xaritasi" imzolanishi bilan boshlangan "Mittivoy"  qo'shma loyihasining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Eslatib o'tamiz, loyihaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislarining vakolatlari darajasini o'rganish bo'yicha nazorat-o'lchov tadbirlarini o'tkazish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislari uchun qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari va pedagoglari uchun metodik qo'llanmalar ishlab chiqish. A.I.Gersen nomidagi RDPU vakillari bilan uchrashuv an'anaviy tarzda ishonchli, ochiq va do'stona muhitda o'tdi. Muzokaralar yakunida tomonlar yana bir bor maktabgacha ta'lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashni davom ettirish bo'yicha o'z majburiyatlarini bayon qilishdi. Ma'lumot uchun: 2020-yil 26-dekabrda "Mittivoy" qo'shma loyihasini amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi, unda A.I.Gersen nomidagi RDPU mutaxassislari tomonidan O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlar tayyorlash bo'yicha tomonlar faoliyatining asosiy yo'nalishlari belgilandi. 2021-yildan 2023-yilgacha maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 1500 dan ortiq pedagog kadrlari ushbu loyiha doirasida tashkil etilgan turli o'quv dasturlari bo'yicha o'qitildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vazirining MTTga tashrifi

 "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi doirasida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirboyeva Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 34-sonli DMTTga tashrif buyurdi. Ma'lumot uchun: "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi 9-noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tdi. U Butunjahon bolalar kuni va BMTning 2023-yilgi iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasiga (COP 28) bag'ishlangan. Forum bolalar va yoshlarning iqlim o'zgarishining salbiy ta'siriga qarshi kurashdagi roli, shu jumladan ekologik ta'limni targ'ib qilishning ahamiyatiga bag'ishlangan. Tashrif doirasida Qirg'iziston tomoni maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish dasturlari, bolalar taomlanishini tashkil etish, shuningdek, tizimda kadrlar tayyorlash bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.V.Shin bilan uchrashuv davomida tomonlar idoralar o'rtasida tajriba almashish bo'yicha keyingi chora-tadbirlarni muhokama qildilar. Vazir D.Kendirboyeva O'zbekistonning maktabgacha ta'lim tizimini qamrab olish, kadrlar tayyorlash, raqamlashtirish borasidagi tajribasini Qirg'izistonda eng yaxshi amaliyotlar namunasi sifatida o'rganish va joriy etish zarurligini ta'kidlab o'tdi. Tashrif yakunida tomonlar yuqoridagi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni yanada oshirishga kelishib oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Gʻazalkent shahrining “Tosh” mahallasidagi tadbirkor Tulebay Ashirov tomonidan amalda bunyod etilgan bolalar bog‘chasi kimoshdi savdosiga qo‘yilgani, uning va’da qilingan imtiyozli kredit uchun hokimiyat bilan kurashi shu tariqa tugagani bayon etilgan murojaat e’lon qilindi. Ushbu murojaat yuzasidan Maktabgacha ta’lim agentligi quyidagilarni ma’lum qiladi: Murojaatda ko‘rsatilgan vajda binoni auksionga qo‘yilishi Maktabgacha ta’lim agentligiga bog‘liq emasligi, balki tuzilgan kredit shartnoma tijorat banki bilan tuzilganligi, kredit shartlarini bajarmaganligi, olingan kredit foizlarini vaqtida to‘lamaganligi, ushbu bino kredit olish uchun garov ta’minoti sifatida rasmiylashtirilganligi sababli TIJORAT BANK tomonidan auksionga qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan fuqaro  tomonidan kredit shartnomasi tuzilgan tijorat bankiga murojaat qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Ayni kunlarda respublika bo'ylab maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichida respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlarning o‘qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu qisqa muddatli malaka oshirish kursining 1-bosqichida 30 nafar master-trenerlar o‘qitilgan edi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agentlikda navbatdagi huquqiy savodxonlik soati oʻtkazildi

2023-yil 3-noyabr kuni Maktabgacha taʼlim agentligi markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi huquqiy savodxonlik soati oʻtkazildi. Huquqiy savodxonlik soati yakunida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan haftaning muhim voqealari hamda davlat xizmatchilari uchun dolzarb mavzular haqida maʻlumot berib boruvchi  "Siyosiy ma'rifat soati" namoyish etildi.  

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Мaktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Mehrjon “ bayrami keng nishonlanmoqda

Kuz fasli – to‘kinlik, qut-baraka, pishiqchilik fasli hisoblanadi.  Mehrgon esa  — kuzgi teng kunlikda nishonlanadigan hosil bayramidir. Bu bayram o‘zida kuz faslining butun tarovati, ziynati, fazilatini namoyon etadi.   Ayni kunlarda hududlardagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Mehrjon “ bayrami keng nishonlanmoqda.  Bunda bolajonlar  o‘z tarbiyachilari boshchiligida jannatmakon yurtimiz, ona zaminimiz, mehnatkash xalqimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etish, milliy xalq o‘yinlari va sahna ko‘rinishlarini  namoyish etish,  mevalar, sabzavotlarning rasmlarini chizish, maketlarini tayyorlash, ulardan bejirim shakllar yaratish orqali Ona tabiatning moʻjizalari va Oltin kuz faslining fazilati haqida aniq tasavvur va bilimlarga ega bo‘lib boryaptilar Tadbirlar davomida tashkilot tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etilgan ona-diyorimizni, oltin kuzni taʼriflovchi sheʼrlar, kuy-qoʼshiq va hikmatli soʼzlar, raqslar tadbir ishtirokchilariga manzur boʼldi. Xalqimizdagi bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, mehr-shafqat, saxovatlilik kabi go‘zal fazilatlarning davom etishida ushbu bayramning hissasi katta.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Pedagog xodimlar uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi kuni boshlandi

Avval xabar berganimizdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun 40 soatga moʻljallangan qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichi o'z ishini boshlagan edi. Bugun joylarda qisqa muddatli malaka oshirish kursining navbatdagi kun  treninglari o'z ishini davom ettirmoqda. Sessiyalar davomida,   Muzyorar (icebreaker)ni amalda qoʻllash va bugungi kun maqsadlarini belgilash;  Taʼlimda zinama-zina (skaffolding) metodi; Ilk Qadam va oʻyin pedagogikasi;  Oʻyinga asoslangan taʼlim madaniyatini ijobiy shakllantirish; Oʻyinga asoslangan taʼlim uchun zamin yaratish;  Modellashtirilgan ta’lim. (Men qilaman, biz qilamiz, siz qilasiz);  Ta’limdagi fikr-mulohazalar va yakuniy xulosalar kabi mavzular o'tilmoqda.    Eslatib o'tamiz, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun 40 soatga moʻljallangan qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichida respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlarning o‘qitilishi rejalashtirilgan.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Xalqaro hamkorlik

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin hamda Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Yu Jun o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Xitoy elchisiga 2017-yildan buyon O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida shuningdek, ushbu jarayonlarda Maktabgacha ta’lim agentligining roli va o‘rni borasida  ma’lumot berildi. Shuningdek, Xitoy tomoni bilan avval erishilgan kelishuvlarni yangilash, xususan, Toshkent shahridagi 2 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xitoy tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish, ta'lim jarayoniga raqamli kontentni joriy etish, didaktik materiallarni ishlab chiqishda innovatsion yechimlardan foydalanish va bu boradagi masalalar muhokama qilindi. Xitoy tomoni bilan uchrashuv anʼanaviy tarzda ochiq va doʻstona ruhda oʻtdi. Muzokaralar yakunida tomonlar maktabgacha ta’lim sohasidagi O‘zbekiston-Xitoy hamkorligini davom ettirish va mustahkamlashga kelishib olishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslariga start berildi

Maktabgacha taʼlim agentligining xalqaro loyihalar doirasida xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 14 000 nafar pedagog xodimlarini 3 bosqichli qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida bosqichma-bosqich  kaskad usulida oʻqitilishi rejalashtirilgan bo‘lib, kuni-kecha 5 kunlik qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichiga start berildi.  Eslatib o‘tamiz, qisqa muddatli oʻquv kurslari 3 bosqichda tashkil etilishi belgilangan bo‘lib, joriy yilning 7-11-avgust kunlari qisqa muddatli oʻquv kursining 1-bosqichi doirasida xalqaro konsultant – Kler Nandu hamda Jahon bankining ta’lim bo‘yicha maslahatchisi Sherrily Le Mottilar tomonidan 30 nafar master-trenerlar o‘qitilgan edi. Ayni kunlarda Maktabgacha taʼlim agentligining Jahon Banki bilan hamkorlikda “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish guruhi bilan birgalikda 2023-yilning 30-oktabr kunidan 3-noyabr kuniga qadar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun 40 soatga moʻljallangan qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichi o‘tkazilmoqda. Ushbu  oʻquv kursi davomida esa respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlar o‘qitilishi rejalashtirilgan.   Yil yakuniga qadar Jahon Banki bilan hamkorlikdagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasining 3-bosqichi doirasida  bosqichma-bosqich  kaskad usulida jami 14 ming nafardan ziyod pedagog kadrlar qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida o‘qitilishi ko‘zda tutilmoqda. Ushbu qisqa muddatli oʻquv kurslari xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda Qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarini tayyorlashni rejalashtirish va muvofiqlashtirish boʻyicha Jahon banki, PIU, UNICEF, Maktabgacha taʼlim agentligi hamda Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bilan hamkorlikda rejalashtirilgan bo‘lib, xalqaro konsultantlar ishtirokida pedagog xodimlarini 40 soatga moʻljallangan qisqa muddatli malaka oshirish kursining oʻquv dasturi ishlab chiqilgan.    Ma'lumot uchun: 5 kun davomida quyidagi asosiy mavzular bo'yicha malaka oshirish kursi o'taladi:    Sifatli erta taʼlim va maktabgacha taʼlim pedagoglarining roli Oʻyinga asoslangan pedagogika tamoyillari bilan tanishtirish Oʻyinga asoslangan taʼlimni tushinish Oʻyinga asoslangan taʼlim pedagogikasidan foydlanib “Ilk Qadam”ni amalga oshirish Aralash ta’limni qoʻllab-quvvatlash

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligi delegatsiyasi “QARLYGASH-2023” – “Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari” II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi

Joriy yilning 27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida bo‘lib “QARLYGASH-2023” – “Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari” II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida “O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim: sifatni oshirish tajribasi va istiqbolli yo‘nalishlari” mavzusidagi taqdimot  bilan ishtirok etdi.  Konferensiya doirasida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tasarrufidagi “QARLYGASH” bolalar bog‘chasiga ish tajribasi bilan tanishish maqsadida tashrif uyushtirilib, ushbu muassasa direktori bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida bolalar markazi hamda yosh bolalarni tarbiyalash va o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini boshqarish va joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Sport: “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Oʻzbekiston Gimnastika Federatsiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida joylashgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi.  Musobaqada Toshkent shahrining tuman bosqichlarida gʻolib boʻlgan 12 ta jamoadan jami 134 nafar  tarbiyalanuvchilar ishtirok etdi.  Musobaqa yakuniga koʻra: -“Eng yaxshi kompozitsiya” – Yunusobod tumanidagi 500-son DMTTning “Kamalak”; -“Eng yaxshi dinamika” – Shayxontoxur tumanidagi 448-son DMTTning “Toʻmaris ajdodlari”; -“Eng yaxshi obraz”- Sergeli tumanidagi 565-son DMTTning “Istiqlol”; -“Eng yaxshi xoreografiya” – M.Ulugʻbek tumanidagi 403-son DMTTning “Sharq goʻzali”; -“Takrorlanmas kompozitsiya” - Yakkasaroy tumanidagi 150-son DMTTning “Gʻoliblar”; -“Eng uygʻun jamoa” - Yashnobod tumanidagi 165-son DMTTning “Doʻstlik”; -“Gimnastika elementlaridan eng yaxshi foydalangan jamoa” - Bektemir tumanidagi 578-son DMTTning “Zilola”; -“Eng jozibador libos” -  Uchtepa tumanidagi 244-son DMTTning “Samo yulduzchalari”; -“Eng hissiyotli jamoa” -  Yangihayot tumanidagi 121-son DMTTning “Kuz malikalari”; -“Eng ahil jamoa” – Chilonzor tumanidagi 284-son DMTTning “Tong yulduzi”; -“Eng shijoatkor jamoa” - Mirobod tumanidagi 66-son DMTTning “Uchqunchalar”; -“Gʻalabaga ishtiyoqmand jamoa” - Olmazor tumanidagi 478-son DMTTning “Quvnoq qizchalar” jamoalari nominatsiyalari bilan taqdirlanib, g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi. Ma’lumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-449-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Gimnastika Federatsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”ga asosan, ushbu musobaqa joriy yilning 16-oktabridan 30-oktabriga qadar respublikaning barcha hududlarida oʻtkazildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
BUXORODA “GIMNASTIKAGA ILK QADAM” MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI

Kuni-kecha Buxoroda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.  Yakuniy natijalarga ko‘ra,  - Buxoro tumanidagi 51-MTTning “Yulduzcha” jamoasi faxrli 1-o‘rinni;  - Buxoro shahridagi 27-MTTning “Ya smogu”, Qorako‘l tumanidagi “Megamed” nodavlat MTTning “Mogu” jamoalari 2-o‘rinni; - Vobkent tumanidagi 4-MTTning “Jajji yulduzchalar” hamda Peshku tumanidagi 5-MTTning “Yulduzlar” jamoalariga esa 3-o‘rinni egallashdi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Surxondaryoda maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni oshmoqda

Kuni-kecha viloyatning Denov, Sherobod, Jarqo‘rg‘on tumanlarida jami 6 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanishga topshirilib, jami 575 o'ringa ega quvvat yaratildi.  Jumladan,  Denov tumanidagi Surxondiyor va Lag‘monota mahallalarida 150, Sina va Chorgul mahallalarida 90 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotlari; Sherobod tumanidagi Bahor mahallasidagi 90 o‘rinli, Do‘stlik mahallasidagi 75 o‘rinli, Istiqbol mahallasidagi 100 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotlari; Jarqo’rgon tumani "Yangi turmush" mahallasida 70 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimi tadbiriga tashrif buyurgan mehmonlar bolajonlar uchun yaratilgan barcha zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Zamonaviy maxsus mebellar, yangi to‘shaklar bilan jihozlangan yotoqxonalar, maxsus kutubxona bolajonlarning doimiy xizmatida bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyatda 452 ta davlat, 164 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi, 1 ming 979 ta oilaviy va 10 ta xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Huquqiy axborotni o‘zingizga qulay formatlarda oling!

Huquqiy masalalarda foydali maʼlumotlar bilan @huquqiyaxborot telegram kanalining quyidagi tillarda yuritilayotgan versiyalari orqali ham tanishib borishingiz mumkin: - @pravoinf (rus tilida) - @leginf (ingliz tilida) - @huquqiyaxborot_lotin (lotin alifbosida) Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi, qonunchilikdagi eng muhim yangiliklar, hayotiy zaruratga aylangan huquqiy bilimlar, eng sara tahliliy materiallarni hudud24.uz sayti hamda @hudud24official telegram kanalida kuzatib borishni tavsiya etamiz.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent shahridagi Puchon universitetida “2+2” ta’lim dasturi doirasida qo‘shma loyihani amalga oshirish bo'yicha muzokara olib borildi

O‘zbekistan Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, maktabgacha ta’limda innovatsion yondashuvlarni joriy etish, ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini yaxshilash va O‘zbekiston Respublikasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash asosida ko‘maklashish maqsadida Koreya Respublikasining Seul shahrida Puchon Universiteti va “Toshkent shahridagi Puchon Universiteti” nodavlat ta’lim tashkiloti qo‘shma korxonasi bilan “O‘zaro anglashuv Memorandumi” imzolangan bo‘lib, mazkur Memorandumdagi hamkorlik yo‘nalishlaridan biri agentlik tasarrufidagi pedagogika kollejlari bitiruvchilarini Toshkent shahridagi Puchon universitetining 2-bosqichida o‘qishini davom ettirishni nazarda tutuvchi “2+2” ta’lim dasturi doirasida qo‘shma loyihani amalga oshirishdir.      Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan maktabgacha ta’lim tizimi uchun yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan, ta’lim va tarbiyaning ilg‘or texnologiyalarini o‘zlashtirgan pedagog kadrlar va mutaxassislar tayyorlash hamda ular bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’minlashga qaratilgan bir qator amaliy ishlar davomi sifatida agentlik tasarrufidagi pedagogika kollejlarda joriy etilgan dual ta’lim tizimi o‘zining ijobiy samarasi berayotganligi sababali, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilarni Toshkent shahridagi Puchon universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qitish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Natijaga ko‘ra, pedagogika kollejlarida ta’limni o‘z yo‘nalishiga mos tashkilotda mehnat qilish bilan birgalikda olib borish imkoniyatini beruvchi hamda ta’limning uzviyligini ta’minlaydigan, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etadigan ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish va oliy ma’lumotli yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdan iborat. Shu bilan birga, pedagogika kollejlarida faoliyat olib borayotgan maxsus fan o‘qituvchilari xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida malaka oshirish kurslarini tashkil etishga kelishib olindi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xanti-Mansiysk avtonom okrugi delegatsiyasining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

  Bugun Maktabgacha ta’lim agentligida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida Xanti-Mansiysk avtonom okrugi (Rossiya Federatsiyasi) viloyat rahbariyati va ishbilarmon doiralar vakillaridan (zaxiradagi kadrlar) iborat delegatsiya uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, Maktabgacha ta’lim agentligi erishayotgan yutuqlarni o‘rganish va ular bilan yaqindan tanishish edi. Tadbir davomida Rossiya tomoni 2017-2023 yillarga mo‘ljallangan sohadagi asosiy ko‘rsatkichlar bilan tanishdi. Shundan so‘ng maktabgacha ta’lim sifatini, pedagog kadrlar malakasini oshirish kabi yo‘nalishlar hamda xalqaro hamkorlik to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, “Maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirish” mavzusida taqdimot bo‘lib o‘tdi, unda mehmonlar yangi “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi bilan tanishdilar. Tadbirning yakuniy qismida Rossiya tomoni o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarni berib, ularga javob olishga muvaffaq bo‘ldi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
“IMKON” VA YANA BIR MTTGA TASHRIF

Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida A.Shin “Imkon” Orolbo‘yi mintaqasi bolalari uchun reabilitatsiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi. Barcha guruhlarga kirib, bolalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, reabilitatsiya kurslari bilan yaqindan tanishdi. Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotida 10 ta guruh: 6 ta guruhda tayanch-harakat tizimi, 1 ta guruhda psixik rivojlanishi va 2 ta guruhda eshitishida, 1 ta guruhda ko‘rishida nuqsonlari bo‘lgan 123 nafar bola ta’lim-tarbiya olib sog‘lomlashtirilmoqda. Hozirgi kungacha jami 625 nafar bola bog‘chada ta’lim-tarbiya oldi va shu vaqtgacha 69815 muolaja (reabilitatsiya kurslari) qilindi. Ulardan 121 bolada ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi. Bitiruvchilardan 41 nafari maktab-internatlarga, 59 nafar bola umumta’lim maktablariga, 44 nafari uy ta’limiga olinib, 71 nafari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga o‘tkazildi. Shuningdek, reabilitatsiya markaziga 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya yo‘llanmasi asosida qatnab davolanadi, shu vaqtgacha 3355 nafar bolalar va o‘smirlar reabilitatsiya markaziga mazkur yo‘llanma bilan ro‘yxatdan o‘tgan, 78160 muolaja (reabilitatsiya kurslarini) olishgan. O‘tgan davr mobaynida jami 97 nafar qatnab davolanuvchi bolalarda ijobiy o‘zgarishlar qayd etilgan. Tashrif mobaynida, A.Shin shuningdek tarbiyalanuvchilar ishtirokida musiqiy-ko‘ngilochar dasturning ham mehmoni bo‘ldi.   Navbatdagi tashrif obyekti Qoraqalpog’iston davlat universiteti qoshida tashkil etilayotgan 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. A.Shin mazkur MTT bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi. Xususan, bino devorlarini milliy an’analarimizni aks ettiradigan dizaynda bezash, MTTning har bir burchagi bola uchun xavfsiz qilish, uning faolligini hisobga olgan holda yumshoq yostiqchalarni ko‘paytirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi. Televizorlar tepada ekanligi ham agentlik direktorining e’tiboridan chetda qolmadi, ularni bolalar ko‘ra oladigan darajada pastga tushirish lozimligini aytdi. Shuningdek, bola o‘tiradigan o‘rindiq uning yoshiga mos ravishda bo‘lishi kerakligi ham e’tirof etildi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qoraqalpog'istonda mahsulotlar ombori ko'zdan kechirildi

         Bugun O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o'rinbosari - Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin Qoraqalpog'iston Respublikasidagi “Mersy Corps" (Mehribonlik Korpusi)ning  “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq ovqat dasturi” doirasida mahsulotlar saqlanayotgan omborxonasini ko‘zdan kechirdi.          Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Mehribonlik Korpusi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mazkur dasturga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan boyitilgan kungaboqar yog‘i bilan ta’minlandi. Ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasining 30 ta MTTga 3836,9 kg (1037 kanistr) kungaboqar yog‘i yetkazib berildi. Shuningdek, Nukus shahri, Beruniy va Ellikqal’a tumanlaridagi qo‘shimcha 128 ta DMTTga 6219,7 kg (1681 ta kanistr) kungaboqar yog‘i berildi.               Shuningdek, A.Shin omborga yog‘dan tashqari yetib kelgan oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy vositalarning sifati, hajmi, saqlanayotgan sharoitlari bilan ham tanishdi.          Bundan tashqari, bugungi kunga qadar 30 ta DMTTda oshxona jihozlari va mebel jihozlari holati baholandi. Ovqatlanish bloklarida mavjud asbob-uskunalar va mebellar ro‘yxati tuzildi, oshxona gaz plitalari uchun mavjud yoqilg‘i turlari (elektr energiyasi, tabiiy gaz, import gaz) to‘g‘risida ma’lumotlar to’plandi. Ular asosida esa  oshxona jihozlari va mebellarini sotib olish, qayta jihozlash uchun uskunalar, texnik shartlar tasniflandi. Mazkur tasnifga asosan jihozlarning bir qismi omborga yetib kelgan bo‘lib, DMTTlariga tarqatilmoqda.          Ayni paytda Maktabgacha ta’lim agentligi va Mehribonlik korpusi mutaxassislari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari oshpazlarining malakasini oshirish kursini tashkil etganlar. 2023-yil oxirigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasining 30 ta manzilli davlat ta’lim muassasalarining oshpazlari uchun malaka oshirish kursi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.          Ma’lumot o‘rnida, Xalqaro Mehribonlik Korpusi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O'zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi hamkorligida 27-iyul 2021-yilda imzolangan memorandum asosida ish yuritib kelmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qoraqalpog‘istonda maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida velomarafon o'tkazildi

Bugun Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim agentligi, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Velosport federatsiyasi bilan birgalikda 6 yoshli bolalar o‘rtasida IV velomarafon o‘tkazildi. Ta’kidlash joizki, bolalar va o‘smirlarni ekologik, jismoniy tarbiya va sportga ommaviy jalb qilish masalalari O‘zbekiston Respublikasi hukumatining doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. 2021 yilda maktabgacha ta’lim tizimiga ekologik ta’lim-tarbiyani hamda bolalar uchun begovel haydash metodikasini joriy etish bo‘yicha loyiha ishga tushirildi, bu esa maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik ta’lim va begovel haydash texnikasi bo‘yicha bilimlarini oshirish imkonini berdi. 1-loyiha: 2021 yil 1 iyun kuni Toshkent shahridagi markaziy ekobog‘da birinchi bolalar velomarafoni bo‘lib o‘tdi, unda 13 ta pilot davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 400 ta begovel bilan ta’mindi. 2-loyiha: 2022 yilda 31 may kuni Samarqand shahrida loyiha doirasida 20 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olinib, ularga 500 ta begovel taqdim etildi. 3-loyiha: 2023 yilning 31 may kuni loyiha doirasida Xiva shahridagi 18 ta pilot davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 500 ta begovellar bilan ta’minlandi. 4-loyiha: Loyihaning navbatdagi to‘rtinchi bosqichi, ya’ni 2023 yilning 23 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida rejalashtirilib, Nukus shahridagi 20 ta pilot davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 400 ta begovellar bilan ta’minlandi. Umumiy hisobda 4 ta loyiha doirasida jami 1 800 ta begovel Toshkent shahar, Samarqand shahar, Xiva shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga taqdim etilgan bo‘lib, ushbu loyiha doirasida bosqichma-bosqich keyingi yillarda  hududlardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ham begovellar taqdim etilishi nazarda tutilgan.  Bolalar velomarafonining asosiy maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil transport turidan foydalanish sohasida barqaror ko‘nikmalarni rivojlantirish, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida velosportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va xulq-atvor madaniyatini oshirish, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga o‘rgatishdan iboratdir. Velomarafonda ishtirok etgan bolalar esdalik medallari, sovg‘alar bilan taqdirlandilar, shuningdek, ular uchun ko‘ngilochar dastur tashkil etilib, turli tanlov va o‘yinlarda ishtirok etildi. Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim Agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Ӯzbekiston Respublikasi velosport Federatsiyasi, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Ӯzbekistondagi vakolatxonasi koordinatori ӯrtasida tuzilgan to‘rt tomonlama kelishuv doirasida maktabgacha ta’lim tizimiga ekologik ta’lim va tarbiyani joriy etish va bolalarni yugurish yo‘laklarida begovel haydash usuli bo‘yicha loyiha mana 3 yildirki 4 marotaba doimiy tarzda o‘tkazilib kelinmoqda.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Agentlikda “Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” nomli ma’naviyat soati oʻtkazildi

Bugun Maktabgacha taʼlim agentligida “Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21 - oktabr  – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” nomli ma’naviyat soati oʻtkazildi. Unda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori, Maktabgacha taʼlim agentligi Jamoatchilik kengashi oʻrinbosari E.Sultanova hamda  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori R.Tulaboyevalar o'z nutqlari bilan ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida birinchi navbatda oʻzbek tiliga boʻlgan eʼtiborni har birimiz oilamizdan boshlashimiz kerakligi ta'kidlandi, chunki oʻzbek tili bu har bir insonning haqiqiy madaniyatini, maʼnaviyatini koʻrsatib turuvchi omil bo'lib,  aholi oʻrtasida nutq madaniyatining oshirilishiga olib kelinishi haqida so'zlandi. Shuningdek, oʻzbek tiliga bo'lgan e'tiborni maktabgacha ta'lim yoshidanoq boshlash maqsadga muvofiqligi haqida uchrashuv davomida ma'lum qilindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Tarbiyada durustmisiz yoki sust?

“Tezroq kiyinsang-chi, eee” – bolasini bog‘chaga tayyorlayotgan onaning asabi tarang. Axir, kech qolishsa onani tarbiyachining e’tirozli nigohlari, ishxonada boshliqning zardasi kutadi. Bolakay esa bu shoshilish sababini hech tushunmaydi, nega uni onasi har kuni shunday olib ketadi, nega nuqul dakki eshitadi… Yon atrofimiz, yaqinlarimiz va do'stlarimizning oilasida bu kabi holatlarni ko‘rgandirmiz, shunda ularni muhokama qilib, o‘z bolamizga baqirmaslikka qasam ichamiz. Vaqtlar o’tib qanday qilib farzandlarimizga ovozimizni ko'tarayotganimizni va hatto kamsitayotganimizni sezmay qolamiz. Buning o'rniga sizga quyidagi iboralarni ishlatishni taklif qilamiz. Ehtimol, siz nafaqat bola uchun, balki o'zingiz uchun ham yaxshi ish qilasiz:  “Ovqatingni yesang, syurprizim bor” Bolalar do‘q-po‘pisalarni emas, balki o'yinlarni, kutilmagan sovg‘alarni yaxshi ko'radilar. "Ovqatni ye, aks holda bo‘ying o‘smaydi!" yoki "Agar shuni yemasang konfet yo‘q senga!" kabi mashhur tahdidlar vaqtincha yordam berishi mumkin, lekin siz farzandingiz bilan munosabatlarni murakkablashtirasiz, bola hamma vaziyatda do‘q kutadi, biror narsani qilmaslik ortida faqat jazo bor deb ongiga singdiradi. “Bunday qilish kerak emas, chunki…” Bolaga yuz marotaba suvni, chiroqni o‘chir deyishdan ko‘ra bir baqirganingiz afzal a? Ikki-uch marta qattiq urishsangiz bola aytganingizni qilishni boshlar, lekin tabiat resurslarini tejash kerakligini bola tushunmaydi, shunchaki suv va chiroq yoniq qolsa ota-onasidan gap eshitadi. Lekin sodda tilda bolaga tushuntirsangiz u yaxshiroq eslab qoladi.Masalan, suvni isrof qilsak u tugab qoladi, keyin nima ichamiz, qanday yuvinamiz degan mazmunda suhbatlashish ancha yaxshiroq. “Orzular ushalganda…” 2-3 yoshdan katta bolalarni o'yin bilan aldab uxlatish qiyin. Farzandingiz nimaga qiziqishini bilsangiz, u bilan bog‘liq orzulari haqida gaplashing, hikoya to‘qib aytib bering, u qanchalik hayoliy narsa bo‘lsa ham. Bu bilan siz bolani dam olishga tayyorlaysiz va uni yoqimli tushlar ko‘rishiga sababchi bo‘lasiz. Bolalar hikoyalarni yaxshi ko'radilar va albatta onasining hikoyasiga ishonadilar.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
TA’LIM TURIZMI RIVOJI MAMLAKAT TARAQQIYOTINING MUHIM BO‘G‘INLARIDAN BIRIDIR

Ayni kunlarda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) 25-Bosh assambleyasi doirasida qator masalalarga doir uchrashuv va muloqotlar tashkil etilmoqda. Bugun o‘tkazilgan “Global ta’lim forumi turizmni rivojlantirish asosi” Forumi ham dunyo davlatlari mutaxassislarining mavzuga doir fikrlari va takliflariga boy o‘tdi. Eng muhimi, soha yetakchilari va ekspertlarining tahliliy ma’lumotlari tinglovchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi. Tadbirda ishtirok etgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova yaqin yillarda O‘zbekistonda maktabgacha va maktab ta’limi sohasida amalga oshirilgan va rejalashtirilayotgan ishlarga to‘xtalar ekan, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida ta’lim sohasiga eng birinchi masala sifatida e’tibor berilayotganligini alohida qayd etib o‘tdi. Xususan, ta’lim sifatini oshirish orqali yaqin yillarda “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish, umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, O‘zbekiston Global Innovasion Indeksda Top-50 talik mamlakatlar ro‘yxatiga kirishi uchun O‘zbekistonning muhim rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Qizg‘in muloqotlar shaklida o‘tkazilgan Forumda ta’lim, fan va turizm sohasidagi innovatsiyalarga doir dolzarb masalalar jonli muhokama qilindi, sohaga doir samarali takliflar o‘rtaga tashlandi. Bu borada BMTning Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) tomonidan ko‘zlangan rejalar aytilib, turizm industriyasi kelajagini shakllantirishda ta’lim dasturlarining strategiyasi va roli, shuningdek, bu boradagi maqsadlar, qarashlar va amalga oshirilgan ishlar xususida ma’lumotlar berildi. UNWTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili o‘z so‘zi davomida ushbu muhim forum bugungi kunda turizm ta’limi sohasida duch kelayotgan dolzarb muammolarga bag‘ishlanganligi bilan alohida katta ahamiyatga ega ekanligiga urg‘u berib o‘tdi. Xususan, ayni vaqtda butun dunyoda yangi texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellekt imkoniyatlari ko‘plab qulayliklar yaratayotgan bo‘lsa-da, boshqa qator muammolarni ham keltirib chiqarayotgani, ularni samarali hal etish uchun turizmning yangi avlodlarini yaratishda ta’limning o‘rni muhim ekanligini ta’kidladi. Forum davomida ishtirokchi davlatlar o‘rtasida ta’lim turizmini hamkorlikda rivojlantirish borasidagi boshqa muhim masalalar atroflicha muhokama etildi.      

Maktabgacha ta'lim agentligi
QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASIDA TRENING KURSLARI O'TKAZILMOQDA

2023-yilning 16-21 oktabr kunlari Nukus shahrida AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligining O‘zbekistonda “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi” uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi doirasida “Mehribonlik korpusi” (Mercy Corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli va Taxiatosh tumanlaridagi maqsadli DMMTidan jamlangan 75 nafar pedagoglar uchun “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish” mavzusida besh kunlik trening kursini o‘tkazdi.    Ushbu o‘quv kursining asosiy maqsadi maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalarning nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirish bo‘yicha pedagogik metodikalarni, bola shaxsiga yo‘naltirilgan differensial yondashuv asosida ta’lim-tarbiya berish, bolalarda ratsional, xilma-xil ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha yondashuvlarni, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha DMTT pedagoglarining nazariy va amaliy ko‘nikmalarini oshirish hisoblanadi.  O‘zbekistonda “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi” uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi 100 ta maqsatli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan bo‘lib, ushbu dastur maktabgacha ta'lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasi va infratuzilmasini yaxshilash, bolalarning ilk yoshidan savodxonligini, sog‘lom turmush tarzi va gigiyena ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha DMTT pedagoglari, tibbiyot hamshiralari, oshpazlarni malakasini oshirish va pedagoglar uchun murabbiylik yoki mentorlikni amalga oshirish singari qator maqsadlarga erishishni nazarda tutadi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
BOLALAR TA'LIMI PEDAGOG MALAKASIGA BOG'LIQ

2023-yilning 16 oktyabr – 3 noyabr kunlari Termiz shahrida AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligining “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi” doirasida Mehribonlik Korpusi (Mercy Corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti tominidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatining Jarqo’rg’on, Qumqo’rg’on, Sho’rchi, Denov va Oltinsoy tumanlardagi 56 ta maqsadli maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan taklif etilgan 168 nafar pedagog xodimlar uchun “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish” mavzusida uch haftalik trening kursi tashkil etilmoqda.    Ushbu treningdan ko’zlangan asosiy maqsad - maktabgacha yoshdagi bo‘lgan bolalarning nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirish, pedagogik metodikalarni, bolalarning ratsional ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini oshirish, bola shaxsiga yo‘naltirilgan  differentsial yondashuv asosida ta’lim-tarbiya berish, shuningdek, ko’ngilsiz vaziyatlar sodir bo’lganda bolalarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha MTT pedagoglarining nazariy va amaliy kompetensiyalarini oshirishdan iborat.  Ma’lumot o'rnida,“Bolalar ta’limi va ovqatlanishi” uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi ikki hududda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan bo‘lib, ushbu dastur maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasi va infratuzilmasini yaxshilash, bolalarning ilk yoshidan savodxonligini oshirish, hamda sog‘lom turmush tarzi va gigiyena ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha MTT pedagoglari, hamshiralari, oshpazlari malakasini oshirish va pedagoglar uchun murabbiylik(mentorlik)ni amalga oshirish singari qator maqsadlarga erishishni nazarda tutadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Xalqaro_hamkorlik #MELQO

Ilk bor O‘zbekistonning barcha hududlarida 2023-yil 9-oktabr kunidan boshlab “MELQO” xalqaro vositasi asosida maktabgacha ta’lim sifatini baholashning birinchi bosqichi boshlandi.  Tasodifiy tanlash usuli yordamida respublika bo‘yicha 100 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olindi, baholash va ma’lumotlarni to‘plash sertifikatlangan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqich 2024-yilda boshlanadi, bunda 250 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olinadi. MELQO xalqaro vositasi butun dunyoda erta yoshdagi bolalarni parvarish qilish va ta’lim sifatini o‘lchash uchun ishlatiladi.  Ushbu tadqiqot bolalarning qanchalik yaxshi rivojlanganligi va bolalarning ta’lim muhitining sifati haqida ma’lumot beradi.    

Вид сайта
Размер шрифта