RASMIY MUNOSABAT

news-detail

Internet tarmogʻidagi Youtube videohostingidagi “HAQIQAT OVOZI” rasmiy kanalida 2023-yil 27-dekabrda elon qilingan “MAKTABGACHA TALIM VAZIRLIGIDAN NOROZI TADBIRKOR XASRATI!” nomi ostida Navoiy viloyati Xatirchi tumani, “Xumdon” MFYda yashovchi fuqaro M.Toʻychiyevaning murojaati bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 426-son qarori qabul qilingan.

Unga ko‘ra 2022-yil 1-sentabrdan boshlab Oilaviy MTT shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi tadbirkor davlat sherigiga Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida (NMTTBAT) orqali elektron shaklda ariza bilan murojaat qilishi belgilangan.

M.Toʻychiyevaning oilaviy MTT shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish bo‘yicha  bitim  2019-yil 12-avgust imzolangan va uning amal qilish muddati 3-yil etib belgilangan. Imzolangan bitim shartlariga muvofiq, tadbirkor, bitimning amal qilish muddati tugashidan qoida tariqasida 2 oy oldin bitimning amal qilish muddatini uzaytirish istagi borligi haqida xabardor qilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan.

M.Toʻychiyeva tomonidan 2022-yil 1-sentabrga qadar (avvalgi tartib bo‘yicha yozma shaklda murojaati) amaldagi bitimning amal qilish muddatini uzaytirish istagi borligi haqida ariza kelib tushmagan.

M.Toʻychiyeva 2022-yil 1-sentabrdan (amaldagi tartib bo‘yicha elektron shaklda) NMTTBAT orqali elektron shaklda bitimning amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha faqatgina bir marotaba, mavjud bitim shartlariga rioya etilmagan holda, ya’ni 2022-yil 5-oktabrda (12.08.2019 yilda tuzilgan 4148-0/07 - sonli bitimni amal qilish muddati nihoyasiga yetgandan so‘ng) ariza kelib tushgan va ushbu ariza Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda davlat yong‘in xavfsizligi nazorati organlari tomonidan 7, 12-oktabr holatiga ko‘ra oilaviy MTTni joylashtirish uchun tanlangan manzil yong’in hamda sanitariya qoida va meʼyor talablariga mos kelmasligi toʼgʼrisida xulosa berilgan.

Shundan so‘ng (bitimni amal qilish muddati nihoyasiga yetgandan so‘ng, unga o‘zgartirish kiritilmasligi bois), M.Toʻychiyeva tomonidan 2022-yil 21-noyabrda Oilaviy MTT shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishga ariza berilgan hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda davlat yong‘in xavfsizligi nazorati organlarining elektron xulosalari olingandan so‘ng, 2022-yil 15-dekabr sanasida oilaviy MTT tashkil etilishi maqsadga muvofiqligi bo‘yicha xulosa berilgan hamda bitim imzolangan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта