Bugun Maktabgacha ta'lim agentligida agentlik direktori o'rinbosari O. Z. Rahmatillayevning Toshkent shahriga biznes tashrifi bilan kelgan Markaziy Osiyodagi operatsiyalar bo'yicha direktor Muhammad Almasud boshchiligida Saudiya taraqqiyot jamg'armasi (STJ) missiyasi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
28-noyabr kuni Maktabgacha ta'lim agentligi direktorining o'rinbosari O. Z. Rahmatillayevning Toshkent shahriga "Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo'llab-quvvatlash" qo'shma loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qilish uchun ish tashrifi bilan kelgan Markaziy Osiyodagi operatsiyalar bo'yicha direktor Muhammad Almasud boshchiligidagi Saudiya taraqqiyot jamg'armasi (STJ) missiyasi bilan ishchi uchrashuvi o'tkazildi.
Ma'lumot uchun: "Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo'llab-quvvatlash" loyihasi 2021-yildan boshlab Saudiya taraqqiyot jamg 'armasi (STR) mablag'lari hisobidan amalga oshirilmoqda, uning doirasida kredit mablag'lari maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish bo'yicha mahalliy loyihalarni DXSH shaklida qo'llab-quvvatlashga yo'naltiriladi. Loyiha summasi 41 million Saudiya rialini tashkil etadi (10,9 mln AQSH dollariga teng). Loyihani amalga oshirish muddati - 2021-2024 yillarga mo'ljallangan.
Uchrashuv davomida belgilangan maqsadlarni yo'lga qo'yish samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihaning texnik jihatlari yanada batafsil muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ilgari erishilgan kelishuvlar shartlarini bajarish yuzasidan fikr almashdilar.