Fransiyaning O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi ko'magida "Hachette FLE" fransuz nashriyotining sotuv bo'yicha direktori Adelin Risher xonim bilan uchrashuv

news-detail

Fransiya Hukumati bilan ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida 2023-yil 29-noyabr kuni Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi ko'magida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A. V. Shinning "Hachette FLE" fransuz nashriyotining sotuv bo'yicha direktori Adelin Risher xonim bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

photo_2023-11-30_12-55-54.jpg

photo_2023-11-30_12-55-55.jpg

photo_2023-11-30_12-55-56.jpg

Ma'lumot uchun: Hachette FLE — fransuz tilining turli darajalarini o'rganish uchun o'quv adabiyotlarini nashr etishda tan olingan yetakchi bo'lib hisoblanadi. 1953-yilda Hachette FLE o'zining ilk nashri: Gaston Mogerning "Курс языка и французской цивилизации" ni taqdim etdi. Tez orada Le Mauger nomiga sazovor bo'lgan ushbu kurs fransuz tilini chet tili sifatida nashr etish ishida yangi sarguzashtning debyutini belgiladi. Bugun nashriyot o'zining 70 yilligini nishonlamoqda.

Uchrashuv doirasida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun "Les Loustics" (tarjimada "Qiziqchilar") nomli kitoblar to'plamining taqdimoti bo'lib o'tdi. Ushbu kitoblarning maqsadi - qiziqarli va interaktiv tarzdagi mashg'ulotlar orqali bolalarning fransuz tilini o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirishdan iborat. Rangli illyustratsiyalar va do'stona qahramonlar yosh o'quvchilarning e'tiborini jalb qiladi hamda ularda fransuz tilini o'rganishga bo'lgan qiziqishni uyg'otadi. Unda har bir o'quvchining rivojlanishiga, uning muvaffaqiyatiga alohida e'tibor qaratiladi, bu esa o'quv jarayonida motivatsiyani saqlab qolishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

photo_2023-11-30_12-55-57.jpg

photo_2023-11-30_12-55-58.jpg

photo_2023-11-30_12-55-59.jpg

photo_2023-11-30_12-56-11.jpg

Fransiya tomoni qo'llanmani rolli o'yinlar, qo'shiqlar, qo'l mehnati, hikoyalar va yozma nutqni tushunish va takrorlash asosidagi mashqlar kabi turli xil va qiziqarli misollar yordamida taqdim etdi. Butun seriya bolalarni o'qitishning turli bosqichlariga mos keluvchi 3 darajaga (CECRL A1-A2) bo'lingan. Har bir daraja darslik, ish daftarchasi va o'qituvchilar uchun qo'llanmani o'z ichiga oladi.

Eslatib o'tamiz, Fransiya Prezidenti E.Makron janoblarining O'zbekistonga tashrifi chog'ida ta'lim sohasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish uchun fransuz tili o'quv dasturini ishlab chiqishda fransuz tomonidan ko'mak olish to'g'risida shartnoma imzolangan edi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта