Yangibozor tumanining Bog‘olon mahallasida 29-son maktabgacha ta’lim tashkiloti mukammal ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.
Tadbirning ochilish marosimida tuman hokimi Ruslan Jumaniyazov, sektor rahbarlari, faxriylar, mahalla faollari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari mudiralari qatnashdi.
90 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti zamonaviy davlat talablari asosida jihozlangan bo‘lib, tarbiyalanuvchilarni sifatli! ta’lim tarbiya olishlari uchun barcha qulay shart sharoitlar yaratilgan.
Eng quvonarlisi, bog‘chaning ishga tushishi bilan mahalladagi bog‘cha yoshidagi bolalarning 100 foiz qamroviga erishildi. 20 nafar fuqaroning ish bandligi ta’minlandi.