Bugun mamlakatimizda «O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida» gi Qonun qabul qilinganiga 32 yil to’ldi. Ma’lumki, davlat bayrog’i mamlakitimizning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi ramz. Shu munosabat bilan Maktabgacha ta’lim agentligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Bugun bayrog‘imiz xalqaro maydonda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko‘rgazmalarida, sport musobaqalarida mustaqil vatanimizni ifodalamoqda.
Tarixiy qadriyatlar asosida yaratilgan va o’tmishimiz, bugungi kunimiz va kelajagimiz ramzi bo’lgan Davlatimiz bayrog’ida biz ona suti, uning beshik kuylari va buyuk ajdodlar ta’limoti bilan singdirgan ulkan milliy kuch, yuksak aql va iroda mavjud.
Maktabgacha ta’lim agentligi jamoasi barcha vatandoshlarimizni O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i qabul qilingan kuni bilan chin qalbdan tabriklaydi.
Bayrog’imiz mustaqil va tinch O’zbekistonimizni tanitib, yuksaklarda hilpirashda davom etsin!