Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A. V. Shinning Belarus Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi L.A. Marinich bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Mazkur uchrashuvning maqsadi maktabgacha ta'lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilishdan iborat edi. Xususan, innovatsion metodologiyalar, raqamli texnologiyalarni qo'llash va boshqa o'qitish metodikalarini qollashni nazarda tutuvchi pedagog kadrlar malakasini oshirish kabi yo'nalishlar ta'kidlandi. Ikkala tomon ham maktabgacha ta'lim sohasidagi o'quv dasturlari va qo'llanmalarini ishlab chiqish bo'yicha o'z tajribalarini taqdim etishlari va doimiy qo'llab-quvvatlash ishlarini olib borishlari kutilmoqda.
Uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolli hamkorlik doirasida amalga oshirilishi ko'zda tutilgan barcha zarur tadbirlar yuzasidan kelishuvga erishdilar.