O‘zbekiston va Koreya davlatlari o‘rtasidagi “O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash, o‘qitish va rivojlantirish kompleks markazini qurish orqali maktabgacha taʼlim pedagog kadrlari salohiyatini oshirish loyihasi” doirasida tashkil etilgan Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning mutaxassislarni jalb etgan holda maktabgacha taʼlim tizimi pedagog kadrlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslariga start berildi.
2024-yil 10-yanvardan boshlab 2 hafta muddat ichida master-trenerlar va koreyalik mutaxassislar ishtirokida 35 nafar trenerlar TOT trening dasturi asosida o‘qitiladi.
Mazkur trening dasturi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab olgan:
O‘yin orqali taʼlim olish, bola shaxsiga yo‘naltirilgan maktabgacha taʼlim o‘quv dasturining taʼlim va tarbiyaviy ahamiyatini tushunish;
Pedagoglarda o‘quv dasturlar asosida taʼlim-tarbiya jarayonini olib borish qobiliyatini kuchaytirish;
Tarbiyalanuvchilar bilan muloqot qilish qobiliyatini yaxshilash;
Maktabgacha taʼlimda ota-onalar va jamiyatning faolligini oshirish.
Shu bilan birga, mazkur o‘quv kurslari dasturini ishlab chiqishda, qamrab olingan modullarni tanlash bo‘yicha maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagog-kadrlari tomonidan anketa-so‘rovlar o‘tkazildi hamda ularga xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda mehnat faoliyatida kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi muammolar o‘rganib tahlil qilib chiqilganligi asosida ishlab chiqildi.
Ikki bosqichda amalga oshiriladigan o‘quv kurslarining 2-bosqichida tayyorlangan trenerlar o‘zlari faoliyat olib borayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarini jalb etgan holda o‘qitishadi.