Yangi O‘zbekistonda qonun ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar bo‘lishi shart.
Va albatta shunday bo‘ladi”.
Sh.M. Mirziyoyev
MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN TADBIRKORLAR DIQQATIGA !
Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi (NMTTBAT)ga kelayotgan elektron ma’lumotlar tahlil qilinganda, ayrim DXSH asosida, shu jumladan oilaviy MTTlar, pul evaziga o‘rtada turuvchi turli shaxslar bilan TIL BIRIKTIRGAN HOLDA, maxsus dasturiy yoki apparat vositalaridan foydalanib, tarbiyalanuvchi va xodimlarning davomatini soxtalashtirib, yolg‘on axborotni NMTTBATga kiritish holatlari aniqlanmoqda.
Bu orqali g‘arazli maqsadlar bilan subsidiya hajmini sun’iy ravishda oshirib, Davlat byudjetidan noqonuniy pul mablag‘larini olish harakatlari mavjud.
Ushbu holatlar bo‘yicha to‘plangan hujjatlar, shuningdek o‘rtada turuvchi shaxslar harakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli huquqni muxofaza qilish organlariga taqdim etilmoqda.
HURMATLI TADBIRKORLAR !
DAVOMAT TO‘GʻRISIDA MA’LUMOTLARNI SOXTALASHTIRMANG.
FIRIBGARLIK HOLATLARIGA YO‘L QO‘YMANG.
Pul evaziga tarbiyalanuvchilar va xodimlar davomati to‘g‘risida soxtalashtirilgan yolg‘on axborotni NMTTBATga kiritishni va’da qiluvchi shaxslarga ISHONMANG !!!.
NMTTBATda FOYDALANUVCHILARNING barcha HARAKATLARI to‘g‘risida ma’lumotlar aks ettirilishi va saqlanishini eslatib o‘tamiz. Qonun buzilishi aniqlangan har bir holat huquqni muxofaza qilish idoralarga taqdim etilishi davom ettiriladi.
ESLATIB O‘TAMIZKI, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 2784-moddasiga asosan “Kompyuter tizimiga bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, bila turib yolg‘on axborotni kiritish sodir etilgan bo‘lsa, uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.”.
SOXTA MA’LUMOTLAR ALBATTA FOSH BO‘LISHI VA JAZO MUQARRARLIGI TA’MINLANISHINI UNUTMANG.