Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida» 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-son qaroriga muvofiq “Maʼnaviyat fidoyisi” koʼkrak nishoni taʼsis etilgan edi. Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va hamkor tashkilotlardan tuzilgan komissiya qaroriga asosan mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʼlomlashtirish borasida fidokorona mehnatlari uchun bir qator yurtdoshlarimiz “Maʼnaviyat fidoyisi” koʼkrak nishoni bilan taqdirlandilar.
Shu o’rinda Maktabgacha ta’lim vazirining birinchi oʻrinbosari-Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Shin Agrippina Vasilyevna ham "Ma’naviyat fidoyisi" koʼkrak nishoni bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni namunali yoʻlga qoʻyish boʻyicha anʼanaviy tarzda oʻtkaziladigan “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovida Maktabgacha ta'lim agentligi 4-o’ringa munosib deb topildi.