UNICEF hamda Maktabgacha ta’lim agentligi maktabgacha ta’lim bilan universal qamrovga erishish yo'lida hamkorlik qilish to’g’risidagi shartnomani imzoladi

news-detail

TOSHKENT, 2023 yil 15 dekabr - Bugun UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Alberto Biankoli va Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari, Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin Islom taraqqiyot banki tomonidan qo‘llab-quvvatlangan “O‘zbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasini amalga oshirish to’g’risidagi shartnomani imzoladilar.

photo_2023-12-15_19-33-05.jpg

photo_2023-12-15_19-33-09.jpg

photo_2023-12-15_19-33-13.jpg

Loyihaning maqsadi maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va O‘zbekistondagi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ushbu xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. Hamkor tashkilotlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari, jumladan mamlakatning chekka hududlaridagi ta’lim-tarbiya muhitini sifat jihatidan yaxshilash bo‘yicha birgalikda ish olib boradilar.

photo_2023-12-15_19-33-17.jpg

photo_2023-12-15_19-33-24.jpg

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turli modellarini joriy etish bo‘yicha O‘zbekistondagi muvaffaqiyatli tajribaga asoslanib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining milliy tarmog‘ini kengaytirish rejalashtirilmoqda. Jumladan, ushbu tadbirlarni xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash nazarda tutiladi. Olis hududlarda suv ta’minoti, sanitariya-gigiyena ob’ektlarining sifati va xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.

UNICEF va Maktabgacha taʼlimi Agentligi Islom taraqqiyot bankining ushbu loyihaga kiritgan yangi sarmoyasini yuqori baholaydi. Bu Oʻzbekistonning 2030-yilga borib maktabgacha taʼlimning universal qamroviga erishishga qaratilgan strategiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi.

photo_2023-12-15_19-33-27.jpg

photo_2023-12-15_19-33-31.jpg

Loyiha doirasida maktabgacha ta’lim xizmatlarining sifat standartlariga javob berishini ta’minlash uchun UNICEF o‘zining jahon miqyosidagi tajribasidan foydalangan holda  Maktabgacha ta’lim agentligining sa’y-harakatlarini qo’llab-quvvatlaydi. Hamkor tashkilotlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog va rahbarlarining malakasini oshirish tizimini isloh qilishga e’tibor qaratadilar. Pedagog kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha 14 ta hududiy klaster markazlari tashkil etilib, ular to‘liq jihozlanadi. UNICEF maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglarini malakasini oshirish dasturini modernizatsiya qiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта