Navbatdagi huquqiy savodxonlik darsi boʻlib oʻtdi

news-detail

Bugun Maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi huquqiy savodxonlik darsi oʻtkazildi.

Unda Yuridik boshqarma boshligʻi tomonidan oʻtayotgan haftada qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi. Jumladan,

Soliq va bojxona qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni Prezidentimiz tomonidan imzolandi.

5.jpg

Qonunga koʻra, mobil aloqa xizmatlariga nisbatan soliq stavkalari 10 foiz etib belgilandi (ilgari 15 foiz edi).

Qonunga koʻra, talabalarning Oʻzbekiston oliy taʼlim tashkilotlari hududida pulli oʻquv kurslarini, sport toʻgaraklarini tashkil etishdan va boshqa taʼlim xizmatlarini koʻrsatishdan olingan daromadlari jami daromadlarga kiritilmaydi.

6.jpg

Shuningdek, oʻquvchilar va talabalarning taʼlim olishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi professional va oliy taʼlim tashkilotlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha pulli-kontrakt asosida oʻtkaziladigan mablagʻ xarajatlariga soliq toʻlovchining daromadi sifatida qaralmaydi.

Soliq toʻlovchining farzandlariga nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va (yoki) maktablar koʻrsatadigan taʼlimga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun toʻlanadigan oyiga 3 million soʻmgacha boʻlgan toʻlovlariga yoʻnaltiriladigan daromadlariga soliq solinmasligi belgilandi.

9.jpg

Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Prezident Farmoni imzolandi.

Farmonga koʻra, aholini ijtimoiy himoya qilishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.

Unga koʻra, ijtimoiy xizmatlarni aholiga bevosita mahalla darajasida koʻrsatish amaliyoti joriy etiladi.

10.jpg

Shu bilan birga “Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga muvofiq, davlat xaridiga doir tender xarid hujjatlarini, texnik topshiriqlarni hamda shartnomalar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlovlar xarid predmeti narxining QQSni inobatga olmagan holda 0,1 foizi miqdorida, BHMning 100 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qoʻshilgan holda undiriladi.

Qayd etilishicha, oʻtgan hafta mobaynida “Tadbirkorlik subyektlari bilan samarali muloqot tizimini joriy etish va ularning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident farmoni ham qabul qilindi.

Farmonga koʻra, “business.gov.uz” portali “Tadbirkor virtual ofisi” portaliga aylantirildi.

Shuningdek “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident qarori imzolandi.

2022/2023 oʻquv yilidan yangi avlod oliy taʼlim muassasasi – «Smart Universitet» konsepsiyasi asosida Universitet faoliyati transformatsiya qilinadi.

Shu bilan birga “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan normativ-huquqiy hujjatlarni “tartibga soluvchi gilyotina” usuli orqali tizimlashtirish natijasida 422 ta Hukumat qarori oʻz kuchini yoʻqotdi.

Oʻz kuchini yoʻqotgan hujjatlarning 90 foizi (331 ta)ni yaxlit qarorlar, 10 foizi (91 ta)ni esa hujjatlarning ayrim bandlari tashkil qiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта