UNICEF Maktabgacha taʼlim vazirligiga maxsus yoʻriqnoma topshirdi

news-detail

Sogʻliqni saqlash sifatini mustahkamlash orqali butun mamlakat boʻylab erta yoshdagi bolalarning rivojlanishini yaxshilash maqsadida, bugun UNICEF Maktabgacha taʼlim vazirligiga “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tibbiy yordamni tashkil etish” nomli 8100 ta yoʻriqnomani topshirdi.

Maktabgacha taʼlim vazirligi, sogʻliqni saqlash vazirligi, tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi UNICEF ning texnik koʻmagi bilan bolalar uchun xavfsiz va sogʻlom sharoitlarni taʼminlash uchun tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish maqsadida ushbu qoʻllanmani ishlab chiqdi.

Mazkur nashr maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi tibbiyot xodimlari uchun qʼollanma boʻlib, ular faoliyatining asosoiy turlarini qamrab oladi. Yoʻriqnoma toʻgʻri gigiyena, oziqlanish va profilaktika choralari, jumladan immunizatsiya boʻyicha muhim maʼlumotlarni jamlagan. Unda bolalarning oʻsishi va rivojlanishini nazorat qilish masalalariga, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilgan.

«Taʼlim dasturlarini samarali amalga oshirish uchun, avvalambor, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining barcha xodimlari bolaning salomatligi, jismoniy va ruhiy salomatligi toʻgʻrisida kundalik gʻamxoʻrliklari zarur,” dedi maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin.

Maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat yurituvchi tibbiyot xodimlari salohiyatini oshirishning navbatdagi bosqichi sifatida, UNICEF Maktabgacha taʼlim vazirligini onlayn taʼlim dasturini ishlab chiqishda qoʻllab-quvvatladi. Bu dastur qisqa vaqt ichida 8000 dan ortiq hamshiralarni qamrab olib, ularni oʻqitish imkonini beradi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта