Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Toʻrtkoʻl tumani MTTlari uchun «Keytering» xizmati tashkil etildi

18-aprel kuni Toʻrtkoʻl tumani maktabgacha taʼlim tashkilotlarining bolalarini sogʻlom ovqatlantirish boʻyicha tajriba-sinov tariqasida «Keytering» xizmati tashkil etildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumani 8, 9, 14, 16, 20 sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarini sogʻlom ovqatlantirish boʻyicha tajriba-sinov tariqasida «Keytering» ovqatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyildi. Maʼlumot uchun: keytering (sayyor xizmat) - kofe-breyklar, tushliklar degan maʼnoni bildiradi.   Bu maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “DXSH Tórtkól maxsus taomtaomtaʼminoti“ MCHJning ”Bolalar taomlarini tayyorlash” keytering kombinati tomonidan tayyor oziq-ovqatlar berildi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Koreya Respublikasi delegatsiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligida Koreyaning “EdulikGlobal” taʼlim kompaniyasi prezidenti va ijrochi direktori Chungrim Xon xonim boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Suhbat chogʻida Maktabgacha taʼlim vazirligi oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari va Koreyaning “EdulikGlobal” taʼlim kompaniyasining Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini raqamlashtirishga qaratilgan hamkorlikda amalga oshirilayotgan S-board loyihasi doirasidagi ishlar muhokama qilindi. Uchrashuv davomida Chungrim Xon xonim “EdulikGlobal” kompaniyasi tomonidan Toshkent shahrining Bektemir tumanida Oʻzbekiston Respublikasi sharoitlariga moslashtirilgan dastlabki S-board dasturining 1.5-versiyasi eksperimental sinovdan oʻtkazildi. Toshkent shahri boʻylab, yil yakuniga qadar eksperimental sinovning keyingi bosqichlarida S-board dasturining 2.0 versiyasi sinovdan oʻtkaziladi. Eksperimental sinov jarayonlarida S-board dasturining yakuniy versiyasi ishlab chiqilib, keyinchalik respublikaning barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida joriy etiladi. Shuningdek, Chungrim Xon xonim “EdulikGlobal” kompaniyasi maktabgacha taʼlim tizimiga yangi ilgʻor innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni yanada joriy etishning turli yoʻnalishlarida Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish tarafdori ekanini alohida taʼkidladi. Xususan, “EdulikGlobal” kompaniyasi prezidenti Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimidagi tashkilotlarida, Chungrim Xon xonim tomonidan ishlab chiqilgan - davlat xizmatchilari uchun ingliz tilini oʻrganadigan onlayn platformani ishga tushirishni taklif qildi. Mehmonlarning taʼkidlashicha, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar natijasida salmoqli natijalarga erishilgan, shu bilan birgalikda respublikada maktabgacha taʼlim tizimidagi yangi yutuq va innovatsion yechimlarga erishish yoʻlida olib borilgan ishlar maktabgacha taʼlim sohasida yuksak natijalarga erishish uchun zamin yaratilgan.   Muzokaralar natijasida Oʻzbekiston Respublikasida oʻquv jarayonini rivojlantirishda birgalikdagi ishlarni davom ettirish toʻgʻrisida tomonlar kelishib olishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rishtonda yana bir amaliy seminar boʻlib oʻtdi

Rishton tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi 24-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagoglar tomonidan didaktik oʻyinlar yaratish va faoliyatlarda foydalanish” mavzusida seminar bo'lib o'tdi. Seminarga tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining metodistlari hamda ilgʻor tarbiyachilar taklif etildilar.Seminar davomida tashkilotning tayyorlov guruhida “Koinot sirlari” mavzusida namunaviy tarzda taʼlimiy faoliyatlar olib borildi. Faoliyatlar davomida didaktik oʻyinlardan foydalanildi.    Seminar yakunida esa didaktik oʻyinlar yaratish va foydalanish boʻyicha tushuncha berildi. Bu kabi seminarlar pedagoglarning kasbiy koʻnikmalarini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligi taʼkidlandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Tabiat bolalar nigohida” mavzusida rasmlar koʻrik-tanlovi va koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda

DMTTlardagi iqtidorli tarbiyalanuvchilarni aniqlash, rasm chizishga boʻlgan qiziqishini shakllantirish hamda tabiat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik va hurmat bilan munosabatda boʻlishni tarbiyalash maqsadida, shuningdek “Xalqaro yer kuni” munosabati bilan barcha hududlarda “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida rasmlar koʻrik-tanlovi va koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.Xususan, Qarshi shahridagi 14-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida mazkur koʻrgazmaning viloyat bosqichi oʻtkazildi. Xuddi shu kuni Surxondaryoda ham mazkur koʻrik tanlov davom etdi. Xorazm viloyati ham ushbu tanlovni keng miqyosda nishonladi. Binobarin Qo'shko'pir tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o'z chizgan rasmlari orqali tabiatni tasvirladilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Learning Passport “Bolalik akademiyasi” raqamli platformasini optimallashtirish Oʻzbekistondagi 1,5 million bolaga naf keltiradi

Bugun UNICEF Maktabgacha taʼlim vazirligi va “Bilim Makon” axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi bilan birga Learning Passport “Bolalik Akademiyasi” raqamli platformasini ishga tushirdi. Platforma Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.Learning Passport UNICEF va Microsoft hamkorligida yaratilgan boʻlib, moslashuvchan raqamli oʻquv platformasidir. Hozir platforma butun dunyo boʻylab millionlab bolalarning oʻqishini qoʻllab-quvvatlash uchun ishlatilmoqda.Mazkur platforma maktabgacha taʼlim pedagoglari uchun malaka oshirish kurslari; mashgʻulotlar rejalari; qoʻshimcha oʻqish uchun materiallar, raqamli taʼlim va tarbiya resurslari bilan taʼminlaydi. Bularning bari “Ilk qadam” maktabgacha taʼlim davlat oʻquv dasturi va Oʻzbekiston Respublikasining erta va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi boʻyicha davlat talablari asosida ishlab chiqilgan.Maʼlumotlarga koʻra, bola miyasining 90 foizi 5 yoshga qadar rivojlanadi. Bu davrda ota-onalar va pedagoglar bolaga butun umri davomida taʼlim olishi uchun mustahkam poydevor qoʻyishda yordam berishlari mumkin. Buning uchun tarbiyalovchi va ragʻbatlantiruvchi muhit yaratishlari, bola bu orqali oʻrganishi, rivojlanishi va yutuqlarga erishisha olishi zarur.“Ushbu ahamiyatli davr hayotda faqat bir marta keladi, shu bois u maktabgacha yoshdagi millionlab bolalar uchun juda muhimdir. Ular butun umri davomida erishadigan jismoniy va ruhiy natijalar, moliyaviy taʼminlanganlik darajasi aynan shu vaqt ichida koʻrsatiladigan yordamga bogʻliq”, dedi maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin. Mazkur texnologik innovatsion gʻoya butun mamlakat boʻylab maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qatnashi yoki qatnamasligidan qatʼi nazar, yuqori sifatli oʻquv resurslaridan foydalanish imkonini beradi. “Maʼlumotlarga koʻra, aynan erta va maktabgacha yosh davrida sarmoya kiritish foydali. Bolalarni erta yoshidanoq tarbiyalash, himoya qilish, ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash ijobiy oʻzgarishlarga olib keladi. Erta taʼlimga kiritilgan sarmoya 16 baravar koʻpayib qaytadi, – dedi UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. – Shuning uchun ham UNICEF Oʻzbekistonda Learning Passport “Bolalik akademiyasi” oʻquv platformasini ishga tushirish boʻyicha innovatsion yondashuvni tatbiq qildi. Ushbu platforma 3–6 yoshli bolalarning tarbiyachilari va ota-onalari oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirishlariga imkon yaratadi”. “Bolalik akademiyasi” platformamiz eng avvalo sifatli taʼlim olamidir. Pedagoglar zamonaviy metodikalar asosida tayyorlangan mashgʻulotlardan foydalanishi, oʻz ustida ishlashlari uchun qoʻshimcha mutolaa manbalarini qoʻllashi, ota-onalar esa bola taʼlim tarbiyasi va parvarishi boʻyicha foydali maʼlumotlarni oʻzlari uchun kashf etishlari mumkin”, dedi Shahnoza Mirziyoyeva. “Bilim Makon” markazi direktori Oyatullo Rahmatullayevga koʻra: “Pedagoglar – bola hayotiga eng koʻp taʼsir koʻrsatadigan shaxslardan biri. Ular malaka oshirish kurslarida oʻqib, yangi bilim va koʻnikmalarni egallashlari va uni oʻz ish faoliyatlarida qoʻllashlari mumkin boʻladi. Tarbiyachilar zamonaviy va ilgʻor taʼlim amaliyotlaridan foydalanganda bolalar jismoniy, hissiy va taʼlimiy jihatdan oʻsishga erishadi. “Bolalik akademiyasi” pedagoglarimizning shaxsiy va kasbiy rivojlanishi uchun katta qulayliklar taqdim etadi”.Ota-onalar va vasiylar bolalar sogʻlom rivojlanishi uchun zarur boʻlgan poydevorni yaratadilar. “Bolalik akademiyasi” uyda taʼlim berish borasida beqiyos koʻmakchidir. U oddiy mashgʻulotlar kutubxonasi va ota-onalar uchun maslahatlar, birgalikda oʻynaladigan oʻyinlar boʻyicha koʻrsatmalarni oʻz ichiga oladi. Birgalikdagi oʻyinlar ota-onalar va bolalarning oʻzaro munosabatlarini rivojlantiradi.“Bolalik Akademiyasi” bolalar foydalanishi uchun ham qulay. Ular savodxonlik, hisoblash va ijtimoiy-hissiy koʻnikmalarni rivojlantiruvchi oʻyinlarni oʻynashlari, oʻz ona tillaridagi elektron kitoblarni oʻqishlari mumkin. Bundan tashqari, oʻquv-koʻngilochar videolarni tomosha qilish va yoshga mos kutubxonadan foydalanish imkoniyatlari ham mavjud.   “Bolalik akademiyasi”ni ishga tushirish orqali Oʻzbekiston boʻylab 20 mingga yaqin pedagogni qamrab olish, 1,5 millionga yaqin bolalarning oʻqish va rivojlanish natijalarini yaxshilash koʻzda tutilgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi

Maktabgacha ta'lim agentligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
Energetika vazirligi MTT tarbiyalanuvchilariga kitoblar topshirdi

Energetika vazirligi tomonidan bir qator MTTlarda, xususan, Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumanidagi 19-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga “Super Leo” kitoblari topshirildi.  Qayd etilishicha, “Super Leo” — bu bolalikdan energiya samaradorlik toʻgʻrisidagi bilimlardan xabardorlikka targʻib qiluvchi kitobdir. Ushbu kitoblar Energetika vazirligi tomonidan qator idora va tashkilotlar hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlariga homiylik asosida topshirilmoqda.   Maʼlumot oʻrnida, ushbu bogʻchada 276 dan ortiq tarbiyalanuvchilarga ega oʻzbek va rus tillaridagi guruhlar mavjud. 

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Qashqadaryoda vazirlik ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi ishchi guruhining Qashqadaryo viloyatidagi oʻrganishlari, joylarda huquqiy va metodik koʻmak berilayotgani xususida xabarlar bergan edik. Biroq, ayrim MTTlarda tashrif davomida qator kamchilik va muammolar aniqlanmoqda. Xususan, Mirishkor tumanidagi 17-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati ishchi guruh tomonidan oʻrganilganda jiddiy kamchiliklar borligi maʼlum boʻldi. Achinarlisi, tashkilotda 3 yoshga toʻlmagan va yoʻllanmasi mavjud boʻlmagan bolalar hisobidan guruhlarda bolalar jihozlar yetishmovchiligi ham aniqlandi. Alohida qayd etish joizki, ushbu masalalar boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishi, ularni tibbiy daftarchalari yuritilishi borasida ham, umuman hamshiraning ish faoliyatida jiddiy kamchiliklar koʻzga tashlangan. Bundan tashqari xoʻjalik mudiri oʻz faoliyatiga oid hujjatlarni koʻrsata olmaganligi, oshpazlarning esa menyuda qayd etilgan mahsulotlarga nisbatan kam mahsulot solib ovqat pishirayotganliklari kuzatilgan. Barcha ota-onalar jondan aziz farzandlarini maktabgacha taʼlim tizimiga taʼlim-tarbiya olishlari uchun ishonib topshirishmoqda, vaholanki yuqoridagi kabi noxush holatlarning kuzatilishi ota-onalar tomonidan bildirilgan “ishonch”ning tashkilot rahbari tomonidan suisteʼmol qilinishi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimdagi kasbiga sadoqatsiz kasb egalariga nisbatan qatʼiy choralar koʻrishi va kerak boʻlsa huquq-tartibot organlari xodimlari bilan hamkorlikda javobgarlikka tortilishi tarafdori. Oʻrganish natijalari yuzasidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ishchi guruh tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib ishlar olib borilmoqda.   Ishchi guruh faoliyati davom etmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Koreya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligida Koreya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Kim Xi-Sang hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Suhbat chogʻida tomonlar maktabgacha taʼlim sohasidagi Oʻzbekiston-Koreya munosabatlarining bugungi va ertangi kelajagini yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilishdi. Koreya delegatsiyasi rahbari oʻz nutqida maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirishda oʻzaro manfaatli hamkorlikni oshirish tarafdori ekanini alohida taʼkidladi. Mehmonning fikricha, maktabgacha taʼlim sohasidagi hamkorlik loyihalarni samarali amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi rahbariyatining maktabgacha taʼlim tizimiga eʼtibori ortib borayotgan bir paytda, Koreya tomoni KOIKA loyihasi doirasida Toshkent shahridagi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti kadrlarini tayyorlash, malakasini oshirish uchun kompleks markazni qurish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga bu borada har tomonlama yordam koʻrsatishini alohida taʼkidladi. Oʻz navbatida janob Kim Xi-Sang Koreyaning EBS bolalar taʼlim telekanali va Oʻzbekistonning «Aqlvoy» telekanali oʻrtasida aloqalarni mustahkamlashda Maktabgacha taʼlim vazirligiga koʻmaklashish uchun tayyorligini bildirdi. Xususan, janob Kim Xi-Sang Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan barcha bolalar turli oʻquv animatsion filmlarni tomosha qilish imkoniga ega boʻlishlari uchun telekanallar oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolanishini taʼminlashga vaʼda berdi. Muzokaralar natijasida tomonlar Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim jarayonini rivojlantirish yoʻlidagi hamkorlik ishlarini davom ettirish toʻgʻrisida kelishib olishdi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Namangan Maktabgacha taʼlim klasterida navbatdagi malaka oshirish kurslari boshlandi

Namangan pedagogika kollejida maktabgacha taʼlim klasterining navbatdagi, ikkinchi bosqichi oʻz faoliyatini boshladi. Unda jami 75 nafar rahbar va pedagog xodimlar ishtirok etmoqda. Shundan 25 nafari maktabgacha taʼlim tashkilotlarining direktorlari hamda 50 nafari maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachilardir.  Darslarni Namangan davlat universitetining yetakchi o'qituvchilari olib bormoqda. Taʼlim klasteri davomida tegishli mavzu olgan har bir tinglovchiga metodik yordam va koʻrsatmalar berish hamda nazorat qilish maqsadida Namangan davlat universitetidan tajribali oʻqituvchilar biriktirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yana 4 ta MTT foydalanishga topshirildi

Fargʻona viloyatining qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh, anklav hudud boʻlgan Soʻx tumanida 240 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Tumandagi Hazrati Ali mahalla fuqarolar yigʻinida barpo etilgan mazkur taʼlim tashkilotining qurilish ishlari oʻtgan yili boshlangan edi. Uning qurilishiga esa davlat byudjetidan 7 milliard 300 million soʻm yoʻnaltirib, hududdagi qurilish ishlari «Jahon qurilish invest» MCHJ tomonidan olib borildi. Endilikda, Hazrati Ali mahalla fuqarolar yigʻini hududida foydalanishga topshirilgan 4-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotidagi 6 ta asosiy guruhlarda 180 nafar hamda 2 ta qisqa muddatli guruhlarda 60 nafar, jami 240 nafar maktab yoshidagi bolajonlar tarbiya olishadi. Buning uchun ularga taʼlim tashkilotida barcha qulayliklar yaratilgan. Shu bilan birga, viloyatning Qoʼshtepa tumani Sohibkor mahallasidagi 6-sonli MTT “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida mukammal taʼmirdan chiqarilgan boʼlsa, Soyboʼyi mahalla fuqarolar yigʼinida 150 oʼrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti davlat xususiy sherikligi asosida qurilib, foydalanishga topshirildi. Qoʼshtepa tumanining Sohibkor mahalla fuqorolar yigʼini hududida joylashgan 6-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 1983-yilda qurilgan boʼlib, “Obod qishloq” davlat dasturi asosida taʼmirdan chiqarilgan. Hozirda taʼlim tashkilotida 10 ta guruh faoliyat olib bormoqda. Ushbu taʼlim tashkilotiga nafaqat Sohibkor mahallasidagi, balki Kichikbeshkapa va Qiyqi mahallalaridan ham tarbiyalanuvchilar qamrab olingan. Sohibkor mahalla fuqarolar yigʼini hududida 3-7 yoshlilar soni 235 nafarni tashkil etib, bularning 95 nafari bugungi kunda qamrab olinmagan edi. 6-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotiga yengil tipdagi 90 oʼrinli qoʼshimcha bino qurilishi rejalashtirilgan edi. Bugun ushbu bino ham foydalanishga topshirildi. Shuningdek, tumanning Soyboʼyi mahalla fuqarolar yigʼini hududida 238 nafar 3-7 yoshli bolalar istiqomat qiladi. Ushbu hududda davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud emas edi. Shuning uchun xususiy tadbirkor Oybek Raxmatov tomonidan Davlat xususiy sheriklik shaklidagi 150 oʼrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu tashkilotda ham bolalarning taʼlim-tarbiya olishlari uchun zamonaviy mashgʼulot xonasi, yotoqxona va oshxona mavjud. Endi hududdagi 238 nafar 3-7 yoshli bolalarning 150 nafari ushbu taʼlim tashkilotiga, 50 nafari esa hududda faoliyat yuritayotgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olinadi. Shuningdek, Qamashi tumanining Paxtaobod mahallasida bogʻcha binosi yangi koʻrinishga keltirildi. Mazkur 11-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi “Obod mahalla” dasturiga koʻra loyiha qiymati 3, 4 milliard soʻm evaziga taʼmirlandi.   Ushbu bogʻcha foydalanishga topshirilishi natijasida 150 nafar bolajonlar maktabgacha taʼlimga qamrab olindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Boʻkada 600 oʻrinli MTT foydalanishga topshirildi

Bugun, 11-aprel kuni Toshkent viloyati Boʻka tumani “Madaniyat” MFYda joylashgan 3-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida Maktabgacha taʼlim vaziri, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, OAV vakillari ishtirok etdi. Qayd etilishicha, ushbu tashkilot 1952-yil qurilgan boʻlib, 1982-yildan maktabgacha taʼlim tashkiloti sifatida faoliyat yuritgan. 2019yil aprel oyidan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Maktabgacha taʼlim vazirliklari homiyligi ostida “OOO KAPITAL” qurilish taʼmirlash birlashmasi tomonidan qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilib, rekonstruksiya qilingan.  Ushbu 3-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 12 ta asosiy guruh (360-oʻrin) 2 ta qisqa muddatli guruh hamda 2 ta bepul bir yillik majburiy taʼlim uchun guruhlar (240-oʻrin) mavjud. Tashkilotda jami 33 nafar xodimlar faoliyat yuritib, shundan pedagog xodimlar 23 nafar, texnik xodimlar esa 9 nafarni tashkil etadi. Maʼlumot uchun, Boʻka tumani maktabgacha taʼlim tizimida 80 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlib, jumladan 18 ta davlat, 4 ta xususiy hamda 58 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etadi. Bugungi kunda tumanda 10 029 nafar 3-7 yoshli bolalar boʻlib, ulardan 5738 nafari qamrab olinib, qamrov 57,2 foizni tashkil etdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Vazirlik ishchi guruhi tomonidan tavsiyalar berildi

Joriy yilning 28-mart – 4-aprel kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining tegishli buyrugʻi bilan Qashqadaryo viloyat maktabgacha taʼlim tizimidagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash, tegishli koʻrsatma va metodik tavsiyalar berish yuzasidan vazirlikning ishchi guruhi faoliyat olib bordi. Ishchi guruh aʼzolari va viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi xodimlari dastlab viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasida yigʻilib, yoʻl xaritasini belgilab, qilinadigan ishlar yuzasidan maslahatlashib oldilar. Shundan soʻng, ishchi guruh yoʻnalishlar boʻyicha Gʻuzor, Nishon, Qarshi, Kasbi, Koson tumanlari hamda Qarshi shahar maktabgacha taʼlim boʻlimlari hamda hududdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati bilan tanishdi hamda tegishli tushuntirish va tavsiyalar berib oʻtdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yana 5 ta MTT bolajonlarga eshiklarini ochdi

Jizzax viloyatining Doʻstlik tumanida bir kunda 3 ta DMTT foydalanishda topshirildi. Endilikda 520 nafar bolajonlar maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olinadi.Joriy yilning 8-aprel kuni Jizzax viloyati Doʻstlik tumani “Navroʻz” mahallasida 10-son DMTT 140 oʻrinli, 3-son DMTT 240 oʻrinli, 7-son 140 oʻrinli DMTTlar foydalanishga topshirildi. Barcha sharoitlarga ega, keng va yorugʻ xonalar, sport va musiqa zallari, innovatsion taʼlim berishga ixtisoslashgan jihozlar endilikda kichkintoylarimizning porloq istiqboli uchun xizmat qiladi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanning chekka hududida joylashgan «Mehrobod» mahallasida 90 oʻrinli 26-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining qurilish ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi. Ushbu tashkilot mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan yangidan qurildi. Bundan tashqari, aholi bandligini taʼminlash maqsadida, ushbu tashkilotga hududdagi 20 nafar pedagog va ishchi xodimlar ishga qabul qilish koʻzda tutilgani. Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotida 3 ta guruh uchun moʻljallangan, zarur mebellar bilan jihozlangan keng va yorugʻ xonalar, zamonaviy musiqa zali, shinam yotoqxona va barpo qilingan. «Mehrobod» mahallasida 327 nafar 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar mavjud boʻlsa, shularning 120 nafari ushbu davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qamrab olinishi koʻzda tutilgan. Shundan 90 nafari kuni uzaytirilgan guruhda, qolgan 30 nafari qisqa guruhlarga qamrab olinadi. Shu bilan birga, Qumqoʻrgʻon tumanining “Hurriyat” mahallasida ham 140 oʻrinli 10-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ham bolajonlarga oʻz eshigini ochdi. Ushbu davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 1978-yil qurilgan boʻlib, 2021-yilda “Obod qishloq dasturi” asosida taʼmirga tushib, 1 mlrd 800 mln mablagʻ hisobidan kapital taʼmirlash ishlari olib borildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotida 6 ta kuni uzaytirilgan va 2 ta qisqa guruh uchun moʻljallangan, zarur mebellar bilan jihozlangan keng va yorugʻ xonalar, zamonaviy musiqa zali, shinam yotoqxona, oshxona va yozgi ayvonchalar barpo qilingan.   “Hurriyat” mahallasida 398 nafar 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar mavjud boʻlsa, shularning 190 nafari ushbu davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qamrab olinishi koʻzda tutilgan. Shundan 140 nafari kuni uzaytirilgan guruhda, qolgan 50 nafari qisqa guruhlarga qamrab olindi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Murojaatlar bilan ishlash yuzasidan tavsiya va tushuntirish berildi

Bugun Qashqadaryo viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasida ijro intizomi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash yuzasidan seminar oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi ijro intizomi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻlimi bosh mutaxassisi Shirinbek Toychiboyev, boshqarma xodimlari hamda tuman, shahar boʻlimlari mutaxassislari ishtirok etdi. Seminar davomida Sh.Toychiboyev tomonidan bugungi kunda dolzarblik kasb etayotgan murojaatlar va ular bilan ishlashning maqbul yoʻllari, elektron hujjat almashish tizimlari samaradorligi, ogʻzaki murojaatlar bilan ishlash boʻyicha tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berib oʻtildi.   Shuningdek, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan savollarga javob oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Metodik koʻmak berildi

Qashqadaryo viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi ishchi guruhi boʻlib turibdi. Ishchi guruh aʼzolari tomonidan joylarda mehnat qonunchiligi, huquqiy va metodik yordam, tushuntirish hamda tavsiyalar berib borilmoqda. Bugun ishchi guruh aʼzosi Dilafroʻz Mahmudova Chiroqchi hamda Kitob tumanlaridagi davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, tarbiyachilarga metodik tavsiyalar berib oʻtdi. Shuningdek, D.Mahmudova tomonidan “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi mazmun-mohiyati, tarqatma materiallardan unumli foydalanish, ijodkorlik va markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ish hujjatlarini yuritish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.   Ishchi guruh faoliyatini davom ettirmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yangicha yondashuvlar, “Metodik koʻmak” tajribasi, eʼtirof etilganlarga ehtirom, tahlil va maqsadlar...

Joriy yilning 7-aprel kuni Jizzax viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi tashabbusi Jizzax Davlat pedagogika instituti madaniyat saroyida “Viloyatimiz maktabgacha taʼlim tizimida taʼlim berish sifatini oshirishda innovatsion yondashish va kelgusidagi rejalar” mavzusida tashkil etilgan tadbirda ana shu jihatlarga eʼtibor berildi. Soʻz olganlar boshqarma boshligʻi bugungi kunda tizimida asosiy maqsad taʼlim sifatini oshirish ekanligi, farzandlarimizni eski zamon qogʻoz oʻyinchoqlar bilan emas, yangi innovatsiyalar bilan taʼlimga jalb etishimiz lozimligini taʼkidlab oʻtdi. Shundan soʻng, aybi paytda viloyatimizda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi taʼlim sifatini taʼminlash va innovatsion texnologiyalarni joriy etish boshqarma boshligʻi soʻzga chiqib, Jizzax viloyatining respublika boʻyicha koʻrsatgichlari, boshqarma tomonidan yoʻlga qoʻyilgan “Metodik koʻmak” tajribasini respublika miqyosida qoʻllash anchayin samara berishi borasida fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi. Tadbir davomida shuningdek, tizimda oʻtgan bir yil davomida hukumatimizning yuksak eʼtirofi bilan mukofotlangan 3 nafar xodimlariga boshqarma boshligʻining tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.   Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Bog'chaga boraman" deb uyg'onsin bolam

"Yangi O'zbekiston" gazetasining 6-sahifasida "Bog'chaga boraman" deb uyg'onsin bolam" maqolasida maktabgacha ta'lim haqida ma'lumot berilgan. Янги Ўзбекистон №68.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–759-son, 14.03.2022-y.) mazmun-mohiyatini yoritish boʻyicha ANNOTATSIYA

Qonun bilan biometrik pasport oʻrniga ID-kartalari joriy etilayotganligi sababli ayrim Kodekslar va qonunlarga ID-karta tushunchasi kiritildi. ID-kartalarni, xorijga chiqish biometrik pasportini yoʻqotganlik, ularni yaroqsiz holga keltirganlik uchun javobgarlik belgilandi (135 000 dan 270 000 soʻmgacha jarima). Agar mazkur huquqbuzarlik bir yil davomida takroran sodir etilsa 1 350 000 soʻmgacha jarima solinadi. Shuningdek, pasportni yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani shaxslardan qonunga xilof ravishda olib qoʻyish yoki garovga olish 2 mln 700 minggacha jarima solishga sabab boʻladi. Oila kodeksida bolalarning tugʻilishini qayd etish ota-onasining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidan qatʼi nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida 1 oy ichida amalga oshirilishi belgilandi. (Avval bu tartib boʻlmagan) Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga nikoh qayd etilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilishiga oid norma chiqarib tashlandi. Yer davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda fuqarolarga uning oʻrniga berilayotgan uy-joy avvalgi uy-joyidan qimmatroq boʻlsa, farq qilgan qiymat fuqarolar tomonidan qaytarib berilmaydi. (Ilgari 5 yilda qaytarilishi lozim edi) Ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganda xorijga chiqish uchun biometrik pasportini berganlik uchun davlat boji undirilmaydi. ID-karta berganlik uchun BHMning 89 foizi miqdorida boj undiriladi (240 300 soʻm), xorijga chiqish uchun biometrik pasportni berganlik uchun esa BHMning 1 baravari (270 000 soʻm) miqdorida undiriladi. (ilgari BHMning 1,2 baravari edi)   Asos: OʻRQ–759-son Qonun, 14.03.2022-y.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yana 2 ta yangi MTT bolajonlarga eshik ochdi

Kegeyli tumani 11-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi foydalanishga topshirildi. Mazkur tashkilot 2022-yilning fevral oyida kapital taʼmirdan chiqarilgan, 300 oʻringa moʻljallangan. Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumani «Kok Oʻzek» ovul fuqarolar yigʻini aholisi uchun yana bir qulay sharoit yaratilmoqda. Ushbu mahallada yashovchi aholi farzandlari uchun avvaldan bogʻcha mavjud boʻlmagan.   Ular uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida ushbu mahallada Asaka tumani hokimligi va tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan 50 oʻringa moʻljallangan xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Oʻzbekiston boʻylab yana 10 ta MTT ochildi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida bir kunning oʻzida 3 ta maktabgacha taʼlim dargohi faoliyat boshladi. Buning natijasida yana 300 nafar bolajonlar maktabgacha taʼlimga qamrab olindi. Jumladan, “Balandchayla” MFYda 150 oʻringa moʻljallangan 23-DMTT, “Toʻqboy” MFYda esa Nilufar Sanayeva rahbarligidagi 100 oʻrinli xususiy va «Savsantepa» MFYda Iroda Mengaliyeva tashabbusi bilan 50 oʻringa moʻljallangan oilaviy bolalar bogʻchasi faoliyat boshladi. Shu bilan birga Surxondaryo viloyati ham 4 ta maktabgacha taʻlim tashkiloti ochildi. Oltinsoy tumani “Oqarbuloq” mahallasida 90 oʻrinli yengil konstruksiya asosida qurilgan 25-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti bolajonlarga oʻz eshigini ochdi. Ushbu tashkilotga hududdagi 24 nafardan ortiq pedagog va ishchi xodimlar ishga qabul qilindi. Shundan 2 nafar xodim “Ayollar daftari”da hamda 1 nafar xodim “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turuvchi fuqarolardir. Viloyatdagi Boysun tumanning olis va togʻli hududida zamon talablariga mos maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyat boshladi. Boysun tuman markazidan 15 km olisda joylashgan “Toʻda” mahallasida 90 oʻrinli yengil konstruksiya asosida qurilgan 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining oʻz faoliyatini boshladi. Ushbu tashkilotga hududdagi 25 nafardan ortiq pedagog va ishchi xodimlar ishga qabul qilindi. Shundan 6 nafar xodim “Ayollar daftari”da roʻyxatda turuvchi fuqarolardir. Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani “Bogʻiston” mahallasida 50 oʻrinli 56-sonli oilaviy nodavlat maktabgacha taʻlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshladi. Sherobod tumani “Chuqurkoʻl” mahallasida 90 oʻrinli yengil konstruksiya asosida qurilgan 38-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ochildi.   Ushbu tashkilot mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan yangidan qurildi. Bundan tashqari, aholi bandligini taʼminlash maqsadida, ushbu tashkilotga hududdagi 17 nafar pedagog va ishchi xodimlar ishga qabul qilindi. Shundan 2 nafar xodim “Ayollar daftari”da roʻyxatda turuvchi fuqarolardir. Shuningdek, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida bir kunda 3 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining yangi binolari foydalanishga topshirildi. Tumanning “Mirzo Ulugʻbek” mahallasida 150 oʻrinli 16-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti investitsiya dasturi asosida 5 mlrd 700 mln soʻm mablagʻ evaziga yangitdan bunyod etildi. T.Axmedov mahallasida “Obod qishloq” dasturi bilan 150 oʻrinli 13-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga 4mlrd 300mln soʻm mablagʻ sarflandi. Tumanning “Navbahor” mahallasida joylashgan 20-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti esa homiylik asosida qurilgan boʻlib, 7 mlrd mablagʻ evaziga 100 nafar bolajonni oʻz bagʻriga oldi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
MTTga 2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni pullik xizmat koʻrsatish shaklida qabul qilish tartibi belgilandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son farmoniga muvofiq, joriy yilning 1 aprelidan boshlab, toʻliq quvvat bilan ishlamayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni pullik xizmat koʻrsatish shaklida qabul qilish tartibi  belgilandi. Quyidagilar, 2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni pullik xizmat koʻrsatish shaklida maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilishda amal qiladi: Ushbu tartib 3-7 yoshli bolalar navbatda turgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qoʻllanilmaydi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan Ilk rivojlanish guruhlardagi bolalar uchun toʻlov tegishli maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlinmasi  bilan tashkilot direktori tomonidan kelishilgan holda tasdiqlangan preyskurant narxlar asosida amalga oshiriladi. Ilk rivojlanish guruhlari tarbiyalanuvchilari ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi qonuniy vakili bilan tuziladigan shartnoma bola qabul qilingan kuni oʻrnatilgan tartibda tashkilot direktori tomonidan tuziladi. Ilk rivojlanish guruhlarda tarbiyalanayotgan bola 3 yoshga toʻlgan kundan boshlab ota-ona bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinadi va oʻrnatilgan tartibda tashkilot direktori tomonidan rasmiylashtiriladi. Maktabgacha taʼlim tashkilotida 3-7 yoshli bolalarga moʻljallangan guruh tashkil qilish uchun “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimida guruhni toʻldirishning eng kam miqdoridagi bolalar soniga teng navbat shakllangan oyning yakunida Ilk rivojlanish guruhlar faoliyati toʻxtatiladi va bu haqda bolaning ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi qonuniy vakili xabardor qilinadi. Bundan tashqari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan dam olish kunlarida va ish kuni tugagandan keyin quyidagilarni nazarda tutuvchi Ilk rivojlanish guruhlari tashkil qilish mumkin: dam olish kunlari va maktabgacha taʼlim tashkilotida ish kuni yakunlangandan keyin bolani parvarishlash, unga qarab turish; maktabgacha taʼlim tashkilotining oʻquv dasturidan tashqari sport-sogʻlomlashtirish va boshqalar. Shu bilan birgalikda, ilk rivojlanish guruhlari maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi foydanilmayotgan va jihozlangan xonalarida tashkil etiladi.   Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi Ilk rivojlanish guruhlarga bolalar ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning va bola sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa asosida qabul qilinadi. Ilk rivojlanish guruhlarida bolalarning soni 20 nafardan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bolalarni bola qonuniy vakilining arizasi va tibbiy koʻrsatmalar asosida Ilk rivojlanish guruhlardan chiqarib yuborish maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Ilk rivojlanish guruhlardagi taʼlim-tarbiya jarayonining mazmuni Oʻzbekiston Respublikasida Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotining  “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga hamda muvofiq ishlab chiqilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti dasturida belgilab beriladi. Ilk rivojlanish guruhlarda bolalar bilan mashgʻulotlarni tashkil etishda oʻquv yuklamasi bir haftalik taʼlim yuklamasining eng koʻp ruxsat etilgan hajmidan va mashgʻulotlarning eng koʻp ruxsat etilgan sonidan oshmasligi kerak. Ilk yoshli guruhga tarbiyalanuvchilari uchun toʻlovlar tijorat banklari orqali naqd pulda, plastik kartochkada, elektron toʻlov shaklda yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan naqd pulsiz shaklda toʻlanadi. Bunda, toʻlovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi maktabgacha taʼlim tashkilotiga taqdim etiladi (elektron toʻlov bundan mustasno). Ilk rivojlanish guruhlarda koʻrsatiladigan xizmatlar uchun tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan 100 foiz miqdorda oldindan toʻlov amalga oshiriladi. Ilk rivojlanish guruhlarda koʻrsatiladigan xizmatlar uchun hisob-kitoblar tarbiyalanuvchilarning davomat tabeli asosida haqiqiy qatnagan kunlariga muvofiq amalga oshiriladi. Ilk rivojlanish guruhlarning tarbiyachi, pedagog va xodimlari mehnatiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq toʻlanadi. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari Ilk rivojlanish guruhlarni tashkil etish paytida oʻziga biriktirilgan hamda byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga xarid qilingan asosiy vositalardan foydalanishlari mumkin. Alohida qayd etish joizki, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga byudjetdan tashqari qoʻshimcha mablagʻlarning jalb etilishi byudjetdan moliyalashtirishning kamayishiga sabab boʻlmaydi. Mazkur yoʻriqnoma talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent shahridagi Puchon Universitetida birinchi yirik xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi

Barchamizga maʼlum maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagogik kadrlar zaxirasini shakllantirish va taʼlim sifatini zamon talablari asosida rivojlantirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi “Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 3821-sonli qaroriga muvofiq, Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) bilan hamkorlikda Puchon universiteti tashkil etilgan. Puchon universiteti mamlakatimizda oliy taʼlim sifatini oshirishda faol ishtirok etib, maktabgacha taʼlim, oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida bilim almashishga katta eʼtibor qaratmoqda.Shu munosabat bilan 2022-yil 1-aprel kuni universitetda “Global transformatsiyalar davrida yangi avlodni tarbiyalash: muammolar va istiqbollar” mavzusidagi birinchi yirik xalqaro konferensiya oʻtkazildi.Anjuman Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim sifatini oshirish boʻyicha birgalikdagi harakatlar strategiyasini ishlab chiqishga bagʻishlandi. Tadbirda uch davlatdan: Oʻzbekiston Respublikasi, Koreya Respublikasi va Rossiya Federatsiyasidan umumiy soni 200 kishini tashkil etgan mutaxassislar ishtirok etishdi. Konferensiyadan koʻzlangan asosiy maqsad – yetakchi xorijiy va mahalliy oliy oʻquv yurtlari, ilmiy-innovatsion markazlar bilan hamkorlikdagi faoliyatni muhokama qilish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni kengaytirishdan iborat. Yalpi va seksiya majlislarida Oʻzbekistonda oliy taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha dolzarb muammolarni aniqlash va tavsiyalar beruvchi maʼruzalar tinglandi. Konferensiya yakunlari boʻyicha ilmiy maqolalar toʻplami nashr etilishi maqsad qilingan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Telegramm kanallarida Qarshi tumanidagi 20-Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash guruhi bolalari polda dars qilishayotgani xususida xabar tarqalmoqda. Ushbu holat yuzasidan Qarshi tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan oʻrganish oʻtkazildi. Oʻrganish davomida 2022-yil 1-aprel kuni Qarshi tumanidagi 20-Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotidagi maktabgacha tayyorlash boʻyicha tashkil etilgan boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash guruhidagi bor oldingi jihozlar boshqa xonaga olib chiqilganligi, yangi jihoz qoʻyilguniga qadar bu holat uyushtirilganligi aniqlandi. Xalqimizga faktlarga asoslanmagan maʼlumotlarni tarqatganlik uchun, anonim foto surat egasini aniqlash maqsadida vazirlik topshirigʻiga asosan qayta bu holat oʻrganiladi.   Aslida 20-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti uchun jihozlar ajratilgan, qoʻshimcha guruhlar tashkil etish maqsadida ilgari oshxona sifatida foydalanilgan xona, hozirgi kunda taʼmirlanib, yana bitta qoʻshimcha guruh tashkil etildi, qoʻshimcha guruh uchun ajratilgan qoʻshimcha jihozlar oʻz vaqtida yetib kelgan va foydalanilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Aqlvoyda besh tashabbus” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi

Yosh avlodning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.   Ana shu ezgu gʻoya Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida davom ettirilib, tumandagi Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Aqlvoyda besh tashabbus” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi. Mazkur koʻrik-tanlovda 105 nafar tarbiyalanuvchilar oʻzaro bellashib, tanlov yakunida maxsus diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Sizning qonuniy huquqlaringiz buzilyaptimi, korrupsiyaga duch keldingizmi?

Jamoat nazoratini tizimga kengrok kirib kelishini taʼminlash, korrupsion holatlarga duch kelinganda toʻsiqlarsiz murojaat qilish imkoniyatini yaratish maqsadida @antikorr_mdo telegramm kanali va 71-239-33-79 telefon raqami tashkil etilgan hamda “Sizning qonuniy huquqlaringiz buzilyaptimi, korrupsiyaga duch keldingizmi? sarlavhali oʻzbek va rus tillaridagi Flayerlar Respublikadagi barcha boshqarma, boʻlim va DMTTlari kirish qismiga joylashtirilib, telegramm kanal orqali kelayotgan xabarlar muntazam ravishda oʻrganib tegishli choralar koʻrilgan. Maktabgacha taʼlim vazirligining “www.mdo.uz” rasmiy veb-saytida boshqarma xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar muntazam ravishda yoritilib kelinmoqda, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida 16 ta maqolalar chop etilgan.   Shuningdek, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida komplaens@mdo.uz maxsus axborot portali tashkil etilgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligi delegatsiyasi Parijda xizmat safarining uchinchi kuni

Maktabgacha taʼlim vazirligi delegatsiyasi Parijda xizmat safarining uchinchi kuni navbatdagi samarali uchrashuvni oʻtkazdi. YUNESKO Bosh direktori Odri Azule xonim joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish boʻyicha II Butunjahon konferensiyasini oʻtkazish masalasini muhokama qilish uchun tashkilot bosh ofisida vazirlik rahbariyatini qabul qildi. Vazirlar darajasidagi mazkur anjumanni oʻtkazish uchun Oʻzbekistonning mezbon davlat sifatida tanlanishi YUNESKO rahbariyati tomonidan toʻliq qoʻllab-quvvatlandi. Shu bois mazkur uchrashuv tashkilot Bosh direktoriga minnatdorchilik va hurmat-ehtirom bildirish uchun navbatdagi imkoniyat boʻldi. Odri Azule mamlakatimizning maktabgacha taʼlimni nafaqat mamlakat miqyosida, balki xalqaro miqyosda rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasini yuqori baholadi.   Respublikamizning erta rivojlanish sohasidagi yutuqlari sezilarli boʻlib, xalqaro ekspertlar va hamkorlar tomonidan haqli ravishda baholanmoqda.

Вид сайта
Размер шрифта