Yosh avlodning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.
Ana shu ezgu gʻoya Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida davom ettirilib, tumandagi Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Aqlvoyda besh tashabbus” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi. Mazkur koʻrik-tanlovda 105 nafar tarbiyalanuvchilar oʻzaro bellashib, tanlov yakunida maxsus diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.