Energetika vazirligi tomonidan bir qator MTTlarda, xususan, Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumanidagi 19-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga “Super Leo” kitoblari topshirildi.
Qayd etilishicha, “Super Leo” — bu bolalikdan energiya samaradorlik toʻgʻrisidagi bilimlardan xabardorlikka targʻib qiluvchi kitobdir. Ushbu kitoblar Energetika vazirligi tomonidan qator idora va tashkilotlar hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlariga homiylik asosida topshirilmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, ushbu bogʻchada 276 dan ortiq tarbiyalanuvchilarga ega oʻzbek va rus tillaridagi guruhlar mavjud.