DMTTlardagi iqtidorli tarbiyalanuvchilarni aniqlash, rasm chizishga boʻlgan qiziqishini shakllantirish hamda tabiat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik va hurmat bilan munosabatda boʻlishni tarbiyalash maqsadida, shuningdek “Xalqaro yer kuni” munosabati bilan barcha hududlarda “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida rasmlar koʻrik-tanlovi va koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.Xususan, Qarshi shahridagi 14-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida mazkur koʻrgazmaning viloyat bosqichi oʻtkazildi.
Xuddi shu kuni Surxondaryoda ham mazkur koʻrik tanlov davom etdi.
Xorazm viloyati ham ushbu tanlovni keng miqyosda nishonladi. Binobarin Qo'shko'pir tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o'z chizgan rasmlari orqali tabiatni tasvirladilar.