Yana 4 ta MTT foydalanishga topshirildi

news-detail

Fargʻona viloyatining qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh, anklav hudud boʻlgan Soʻx tumanida 240 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Tumandagi Hazrati Ali mahalla fuqarolar yigʻinida barpo etilgan mazkur taʼlim tashkilotining qurilish ishlari oʻtgan yili boshlangan edi. Uning qurilishiga esa davlat byudjetidan 7 milliard 300 million soʻm yoʻnaltirib, hududdagi qurilish ishlari «Jahon qurilish invest» MCHJ tomonidan olib borildi.

Endilikda, Hazrati Ali mahalla fuqarolar yigʻini hududida foydalanishga topshirilgan 4-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotidagi 6 ta asosiy guruhlarda 180 nafar hamda 2 ta qisqa muddatli guruhlarda 60 nafar, jami 240 nafar maktab yoshidagi bolajonlar tarbiya olishadi. Buning uchun ularga taʼlim tashkilotida barcha qulayliklar yaratilgan.

Shu bilan birga, viloyatning Qoʼshtepa tumani Sohibkor mahallasidagi 6-sonli MTT “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida mukammal taʼmirdan chiqarilgan boʼlsa, Soyboʼyi mahalla fuqarolar yigʼinida 150 oʼrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti davlat xususiy sherikligi asosida qurilib, foydalanishga topshirildi.

Qoʼshtepa tumanining Sohibkor mahalla fuqorolar yigʼini hududida joylashgan 6-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 1983-yilda qurilgan boʼlib, “Obod qishloq” davlat dasturi asosida taʼmirdan chiqarilgan. Hozirda taʼlim tashkilotida 10 ta guruh faoliyat olib bormoqda. Ushbu taʼlim tashkilotiga nafaqat Sohibkor mahallasidagi, balki Kichikbeshkapa va Qiyqi mahallalaridan ham tarbiyalanuvchilar qamrab olingan. Sohibkor mahalla fuqarolar yigʼini hududida 3-7 yoshlilar soni 235 nafarni tashkil etib, bularning 95 nafari bugungi kunda qamrab olinmagan edi.

6-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotiga yengil tipdagi 90 oʼrinli qoʼshimcha bino qurilishi rejalashtirilgan edi. Bugun ushbu bino ham foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, tumanning Soyboʼyi mahalla fuqarolar yigʼini hududida 238 nafar 3-7 yoshli bolalar istiqomat qiladi. Ushbu hududda davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud emas edi. Shuning uchun xususiy tadbirkor Oybek Raxmatov tomonidan Davlat xususiy sheriklik shaklidagi 150 oʼrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilib, foydalanishga topshirildi.

Ushbu tashkilotda ham bolalarning taʼlim-tarbiya olishlari uchun zamonaviy mashgʼulot xonasi, yotoqxona va oshxona mavjud. Endi hududdagi 238 nafar 3-7 yoshli bolalarning 150 nafari ushbu taʼlim tashkilotiga, 50 nafari esa hududda faoliyat yuritayotgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olinadi.

Shuningdek, Qamashi tumanining Paxtaobod mahallasida bogʻcha binosi yangi koʻrinishga keltirildi. Mazkur 11-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi “Obod mahalla” dasturiga koʻra loyiha qiymati 3, 4 milliard soʻm evaziga taʼmirlandi.

 

Ushbu bogʻcha foydalanishga topshirilishi natijasida 150 nafar bolajonlar maktabgacha taʼlimga qamrab olindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта