Rishton tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi 24-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagoglar tomonidan didaktik oʻyinlar yaratish va faoliyatlarda foydalanish” mavzusida seminar bo'lib o'tdi.
Seminarga tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining metodistlari hamda ilgʻor tarbiyachilar taklif etildilar.Seminar davomida tashkilotning tayyorlov guruhida “Koinot sirlari” mavzusida namunaviy tarzda taʼlimiy faoliyatlar olib borildi. Faoliyatlar davomida didaktik oʻyinlardan foydalanildi.
Seminar yakunida esa didaktik oʻyinlar yaratish va foydalanish boʻyicha tushuncha berildi. Bu kabi seminarlar pedagoglarning kasbiy koʻnikmalarini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligi taʼkidlandi.