Joriy yilning 7-aprel kuni Jizzax viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi tashabbusi Jizzax Davlat pedagogika instituti madaniyat saroyida “Viloyatimiz maktabgacha taʼlim tizimida taʼlim berish sifatini oshirishda innovatsion yondashish va kelgusidagi rejalar” mavzusida tashkil etilgan tadbirda ana shu jihatlarga eʼtibor berildi.
Soʻz olganlar boshqarma boshligʻi bugungi kunda tizimida asosiy maqsad taʼlim sifatini oshirish ekanligi, farzandlarimizni eski zamon qogʻoz oʻyinchoqlar bilan emas, yangi innovatsiyalar bilan taʼlimga jalb etishimiz lozimligini taʼkidlab oʻtdi.
Shundan soʻng, aybi paytda viloyatimizda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi taʼlim sifatini taʼminlash va innovatsion texnologiyalarni joriy etish boshqarma boshligʻi soʻzga chiqib, Jizzax viloyatining respublika boʻyicha koʻrsatgichlari, boshqarma tomonidan yoʻlga qoʻyilgan “Metodik koʻmak” tajribasini respublika miqyosida qoʻllash anchayin samara berishi borasida fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.
Tadbir davomida shuningdek, tizimda oʻtgan bir yil davomida hukumatimizning yuksak eʼtirofi bilan mukofotlangan 3 nafar xodimlariga boshqarma boshligʻining tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
Maktabgacha taʼlim vazirligi
Axborot xizmati