Qashqadaryo viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi ishchi guruhi boʻlib turibdi. Ishchi guruh aʼzolari tomonidan joylarda mehnat qonunchiligi, huquqiy va metodik yordam, tushuntirish hamda tavsiyalar berib borilmoqda.
Bugun ishchi guruh aʼzosi Dilafroʻz Mahmudova Chiroqchi hamda Kitob tumanlaridagi davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, tarbiyachilarga metodik tavsiyalar berib oʻtdi.
Shuningdek, D.Mahmudova tomonidan “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi mazmun-mohiyati, tarqatma materiallardan unumli foydalanish, ijodkorlik va markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ish hujjatlarini yuritish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Ishchi guruh faoliyatini davom ettirmoqda.