Telegramm kanallarida Qarshi tumanidagi 20-Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash guruhi bolalari polda dars qilishayotgani xususida xabar tarqalmoqda.
Ushbu holat yuzasidan Qarshi tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan oʻrganish oʻtkazildi.
Oʻrganish davomida 2022-yil 1-aprel kuni Qarshi tumanidagi 20-Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotidagi maktabgacha tayyorlash boʻyicha tashkil etilgan boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash guruhidagi bor oldingi jihozlar boshqa xonaga olib chiqilganligi, yangi jihoz qoʻyilguniga qadar bu holat uyushtirilganligi aniqlandi. Xalqimizga faktlarga asoslanmagan maʼlumotlarni tarqatganlik uchun, anonim foto surat egasini aniqlash maqsadida vazirlik topshirigʻiga asosan qayta bu holat oʻrganiladi.
Aslida 20-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti uchun jihozlar ajratilgan, qoʻshimcha guruhlar tashkil etish maqsadida ilgari oshxona sifatida foydalanilgan xona, hozirgi kunda taʼmirlanib, yana bitta qoʻshimcha guruh tashkil etildi, qoʻshimcha guruh uchun ajratilgan qoʻshimcha jihozlar oʻz vaqtida yetib kelgan va foydalanilmoqda.