Joriy yilning 28-mart – 4-aprel kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining tegishli buyrugʻi bilan Qashqadaryo viloyat maktabgacha taʼlim tizimidagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash, tegishli koʻrsatma va metodik tavsiyalar berish yuzasidan vazirlikning ishchi guruhi faoliyat olib bordi.
Ishchi guruh aʼzolari va viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi xodimlari dastlab viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasida yigʻilib, yoʻl xaritasini belgilab, qilinadigan ishlar yuzasidan maslahatlashib oldilar.
Shundan soʻng, ishchi guruh yoʻnalishlar boʻyicha Gʻuzor, Nishon, Qarshi, Kasbi, Koson tumanlari hamda Qarshi shahar maktabgacha taʼlim boʻlimlari hamda hududdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati bilan tanishdi hamda tegishli tushuntirish va tavsiyalar berib oʻtdi.