Bugun Qashqadaryo viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasida ijro intizomi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash yuzasidan seminar oʻtkazildi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi ijro intizomi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻlimi bosh mutaxassisi Shirinbek Toychiboyev, boshqarma xodimlari hamda tuman, shahar boʻlimlari mutaxassislari ishtirok etdi.
Seminar davomida Sh.Toychiboyev tomonidan bugungi kunda dolzarblik kasb etayotgan murojaatlar va ular bilan ishlashning maqbul yoʻllari, elektron hujjat almashish tizimlari samaradorligi, ogʻzaki murojaatlar bilan ishlash boʻyicha tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berib oʻtildi.
Shuningdek, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan savollarga javob oldilar.