Namangan pedagogika kollejida maktabgacha taʼlim klasterining navbatdagi, ikkinchi bosqichi oʻz faoliyatini boshladi. Unda jami 75 nafar rahbar va pedagog xodimlar ishtirok etmoqda. Shundan 25 nafari maktabgacha taʼlim tashkilotlarining direktorlari hamda 50 nafari maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachilardir.
Darslarni Namangan davlat universitetining yetakchi o'qituvchilari olib bormoqda.
Taʼlim klasteri davomida tegishli mavzu olgan har bir tinglovchiga metodik yordam va koʻrsatmalar berish hamda nazorat qilish maqsadida Namangan davlat universitetidan tajribali oʻqituvchilar biriktirildi.