Sayt test rejimida ishlamoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Koreya Respublikasi delegatsiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi

news-detail

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligida Koreyaning “EdulikGlobal” taʼlim kompaniyasi prezidenti va ijrochi direktori Chungrim Xon xonim boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Suhbat chogʻida Maktabgacha taʼlim vazirligi oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari va Koreyaning “EdulikGlobal” taʼlim kompaniyasining Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini raqamlashtirishga qaratilgan hamkorlikda amalga oshirilayotgan S-board loyihasi doirasidagi ishlar muhokama qilindi.00002.JPG

Uchrashuv davomida Chungrim Xon xonim “EdulikGlobal” kompaniyasi tomonidan Toshkent shahrining Bektemir tumanida Oʻzbekiston Respublikasi sharoitlariga moslashtirilgan dastlabki S-board dasturining 1.5-versiyasi eksperimental sinovdan oʻtkazildi. Toshkent shahri boʻylab, yil yakuniga qadar eksperimental sinovning keyingi bosqichlarida S-board dasturining 2.0 versiyasi sinovdan oʻtkaziladi. Eksperimental sinov jarayonlarida S-board dasturining yakuniy versiyasi ishlab chiqilib, keyinchalik respublikaning barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida joriy etiladi.00003.JPG

Shuningdek, Chungrim Xon xonim “EdulikGlobal” kompaniyasi maktabgacha taʼlim tizimiga yangi ilgʻor innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni yanada joriy etishning turli yoʻnalishlarida Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish tarafdori ekanini alohida taʼkidladi.00004.JPG

Xususan, “EdulikGlobal” kompaniyasi prezidenti Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimidagi tashkilotlarida, Chungrim Xon xonim tomonidan ishlab chiqilgan - davlat xizmatchilari uchun ingliz tilini oʻrganadigan onlayn platformani ishga tushirishni taklif qildi.

Mehmonlarning taʼkidlashicha, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar natijasida salmoqli natijalarga erishilgan, shu bilan birgalikda respublikada maktabgacha taʼlim tizimidagi yangi yutuq va innovatsion yechimlarga erishish yoʻlida olib borilgan ishlar maktabgacha taʼlim sohasida yuksak natijalarga erishish uchun zamin yaratilgan.00005.JPG

 

Muzokaralar natijasida Oʻzbekiston Respublikasida oʻquv jarayonini rivojlantirishda birgalikdagi ishlarni davom ettirish toʻgʻrisida tomonlar kelishib olishdi.00006.JPG

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim vazirligi
Maktabgacha taʼlim vazirligi va Koreya Respublikasining Puchon universiteti oʻrtasida memorandum imzolandi

Kuni kecha, 24-may kuni Toshkent shahridagi Puchon universitetida “Toshkent shahridagi Puchon universiteti faoliyatini tashkil etish boʻyicha birgalikdagi harakatlarning asosiy tamoyillari toʻgʻrisida”gi memorandumni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri A.Shin, vazirning oʻrinbosari N.Muslitdinov, Koreya Respublikasining Puchon universiteti rektori Xan Djong Sok, shuningdek, Koreya Respublikasining Puchon universiteti va Toshkent shahridagi Puchon universiteti rahbariyati va xodimlari ishtirok etdi. Memorandumning asosiy maqsadi Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda universitetning maktabgacha taʼlim, arxitektura, menejment va boshqa ommabop yoʻnalishlar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat. Shu bilan birga, hujjatga muvofiq, universitet faoliyatining asosiy ustuvor yoʻnalishlari, xususan: - maktabgacha taʼlim sohasida xalqaro standartlar darajasida taʼlim va tayyorgarlik dasturini taʼminlash; - mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari va Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasi vazifalariga muvofiq maktabgacha taʼlim, shuningdek, arxitektura, menejment, koreys tili va boshqa ommabop mutaxassisliklar boʻyicha pedagog kadrlarning malakasini oshirish; - zamonaviy taʼlim texnologiyalari asosida oʻquv jarayonini tashkil etishda ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish;   - taʼlim dasturini oʻzlashtirish uchun oʻquv profili va individual traektoriyani tanlash imkoniyatini taʼminlash.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Surxondaryo viloyati maktabgacha taʼlim tizimi faoliyati oʻrganilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining ishchi guruhi Surxondaryo viloyati maktabgacha va xalq taʼlimi tizimida sifat samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish hamda vakant boʻlgan xalq taʼlimi boʻlim mudirlari va maktab direktorlik lavozimlarni toʻldirish boʻyicha hududlarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan oʻrganishlarni boshladi. Xususan, joriy yilning 23-may kuni viloyatimizning Sariosiyo va Denov tumanlarida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyati, ularda amalga oshirilayotgan taʼlimning sifat samaradorligi,sogʻlom ovqatlantirish tartibi bilan tanishdi. Jumladan, Sariosiyo tumanida “Erkatoylar”va «Zolushka» nomli oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida olib borilayotgan taʼlim jarayonlari, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyati oʻrganildi. Denov tumanidagi “Kinderland kids” nomli davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachilarning “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturining mazmun-mohiyati, tarqatma materiallardan unumli foydalanish, ijodkorlik va markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ish hujjatlarini yuritish holatlari koʻrib chiqildi. Oʻrganish jarayonida tadbirkorlarning nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etishdagi muammolari tinglandi hamda ularning taklif-mulohazalari ishchi guruh tomonidan qabul qilindi. Shuningdek, ishchi guruh Surxondaryo viloyati Boysun va Sherobod tumanlarida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyati, ularda amalga oshirilayotgan taʼlimning sifat samaradorligi,sogʻlom ovqatlantirish tartibi bilan tanishdi. Jumladan, Sherobod tumanida 19-sonli davlat va 86-sonli oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida olib borilayotgan taʼlim jarayonlari, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning intelektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyati koʻrib chiqildi. Boysun tumanidagi “Kinder baby” nomli davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachilarning “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturining mazmun-mohiyati, tarqatma materiallardan unumli foydalanish, ijodkorlik va markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ish hujjatlarini yuritish holatlari oʻrganildi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Toshkent viloyatida boshlangan aholi bilan uchrashuvlarning soʻnggi manzili Boʻstonliq tumani boʻldi

Xabar qilganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimlari boshchiligidagi 20 dan ziyod vazirlik va idoralar rahbarlari hamda mutasaddilari Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida yashovchi fuqarolar bilan bevosita uchrashish, ularning muammolarini joyida hal etish, murojaatlarini oʻrganish boʻyicha boshlangan olti kunlik ommaviy sayyor qabullarning soʻnggi oltinchi kuni boʻlib oʻtmoqda. Ayni paytda Boʻstonliq tumani “Xoʻjakent” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan “Xoʻjakent” pansionatida ommaviy sayyor qabullar boʻlib oʻtmoqda. Unda Boʻstonliq, Qibray tumanlari va Chirchiq shahardan  murojaatchilar kelishgan. Sayyor qabulda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining oʻrinbosari Uzoqboy Begimqulov Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Taʼlim sifatini taʼminlash va innovatsion texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari N.Ubaydullayeva, Davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi loyihalarni monitoring qilish boʻlimi bosh mutaxassisi S.Xadjiyev, Toshkent viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi S.Baratova hamda maktabgacha taʼlim tizimi mutasaddilari fuqarolarni qabul qilishmoqda. Hozirgi vaqtgacha maktabgacha taʼlim sohasiga doir masalalar doirasida 7 nafardan oshiq fuqarolar mutasaddilar tomonidan qabul qilindi. Koʻtarilgan masalalar shu joyning oʻzida tegishli rahbarlar ishtirokida hal etilmoqda. Oʻrganish talab etiladigan masalalar tegishli masʼullar nazoratiga yoʻnaltirilib, muddati belgilab olindi. Qabulda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining oʻrinbosari Uzoqboy Begimqulov ham ishtirok etib, murojaatchilar bilan yuzma-yuz muloqot qilmoqda hamda koʻtarilgan masalalar ijobiy yechimi yuzasidan tezkor choralar koʻriladigan boʻldi. Respublika miqyosida hal boʻladigan arzlar ham nazoratga olinib, qisqa vaqtda hal etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.   Bu kabi ommaviy sayyor qabullar davomida Davlatimiz rahbari tomonidan odamlarning murojaatlariga quloq tutish har bir mutasaddi rahbarning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri sifatida qoʻyilayotganida chuqur maʼno va xalqning turmushini yaxshilashga qaratilgan ezgu maqsad mujassam ekanligi oʻz ifodasini topmoqda.

Вид сайта
Размер шрифта