Kegeyli tumani 11-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi foydalanishga topshirildi. Mazkur tashkilot 2022-yilning fevral oyida kapital taʼmirdan chiqarilgan, 300 oʻringa moʻljallangan.
Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumani «Kok Oʻzek» ovul fuqarolar yigʻini aholisi uchun yana bir qulay sharoit yaratilmoqda. Ushbu mahallada yashovchi aholi farzandlari uchun avvaldan bogʻcha mavjud boʻlmagan.
Ular uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida ushbu mahallada Asaka tumani hokimligi va tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan 50 oʻringa moʻljallangan xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etildi.