Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining mehnat huquqi, huquqbuzarliklarning oldini olish, shartnomalar va murojaatlar bilan ishlash boʻyicha bilimlarini kuchaytirish maqsadida, 2022-yilning 14-iyundan 14-iyulgacha “Huquqiy savodxonlik oyligi” oʻtkazilishi boʻyicha Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xorazm viloyatida tizim xodimlari hamda Maktabgacha taʼlim vazirligining Yuridik boshqarma boshligʻi va Kadrlar boshqarma boshligʻi ishtirokida “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Maktabgacha taʼlim Vazirligi Kadrlar boshqarma boshligʻi nutq soʻzladi.
Shundan soʻng, kadrlar tizimini shakllantirishga doir mavzular, tizimdagi ogʻriqli nuqtalar, asosiy yechimini kutayotgan masalalar , ijro intizomi, davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻladimi yoki nodavlat undagi kadrlarning malakasi va toʻgʻri faoliyati haqida fikrlar almashildi.