Rasmiy munosabat

news-detail

Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijonda tadbirkor oʼzini daladagi daraxtga arqon bilan osib oʼldirdi” sarlavhasi ostida Andijon viloyati Boʻston tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro N.S tomonidan, marhum akasi N.Sattorov Boʻston tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi rahbar va mutasaddi xodimlari faoliyatidan norozi boʻlib videomurojaat orqali shikoyat qilgan.

Mazkur holat Maktabgacha taʼlim vazirligining tegishli mutaxassislari tomonidan oʻrganilganda qoʻyidagilar aniqlandi.

Andijon viloyati Boʻston tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro N.S. Andijon viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasiga Boʻston tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi xodimlarining xatti-harakatidan norozi boʻlib murojaat qilgan.

Andijon viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasining 13.07.2022-yildagi (75-x/s-sonli) buyrugʻi bilan ishchi guruh shakllantirilib, masala joyida oʻrganilgan.

Oʻrganish davomida tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi hamda “Boʻz Iqbol chorvasi” MCHJ oʻrtasida 925.6 mln. soʻmga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzilganligi, shuningdek, tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan “Boʻz Iqbol chorvasi” MCHJ hisobiga 925.6 mln. soʻm mablagʻlar oʻtkazib berilganligi maʼlum boʻlgan.

Ishchi guruh tomonidan aniqlangan maʼlumotlar, Andijon viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasining 2022-yilning 22-iyuldagi
(01-15/02-861-son) xati bilan Boʻston tuman prokuraturasiga huquqiy baho berish va surushtiruv ishlarini olib borish maqsadida hamda murojaatchining yashash manziliga tegishli xat yuborilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, tuzilgan shartnomalarni qonuniyligi va taʼminotchi korxona bilan maktabgacha taʼlim boʻlimi oʻrtasidagi toʻlov munosabatlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻrganish ishlari olib borilayotganligi maʼlum qilinadi.

Ammo, oʻrganish va tergov jarayonlari tugatilmasidan marhumning qarindoshlari tomonidan turli video murojaatlar tarqalmoqda.

Hurmatli jurnalist va blogerlar, holatga huquqiy baho berilmaguniga qadar xulosa chiqarmaylik, dalillarga asoslangan maʼlumotlarni ommaga tarqatish masalasida ehtiyot boʻlaylik.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта