Rasmiy munosabat

news-detail

Maʼlumki, prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2018-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, bolalarni har tomonlama intellektual, maʼnaviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini taʼlim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish maqsadida “Ilk qadam” jurnali taʼsis etilgan edi. “Ilk qadam” 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni rivojlantirish, ularning tarbiyasi hamda psixologiyasida yaqindan koʻmak beruvchi Oʻzbekistondagi ilk yirik media loyiha hisoblanadi.

Axborot asri boʻlgan XXI asrda ommaviy axborot vositalari vakillarining yuksak professionalligi, qobiliyati, xolisligi, tezkorligi va haqiqatparvarligi muhim ahamiyat kasb etadi. Toʻgʻri, media olamning jilovi internet saytlari va elektron nashrlarga oʻtayotgan bir paytda bosma nashrlar, xususan gazeta va jurnallarning oʻz mavqeyini, oʻquvchisini saqlab qolishi mushkul vazifa hisoblanadi.

Soʻnggi paytlarda “internet bor, ijtimoiy tarmoqlar faol, gazeta-jurnallarning davri oʻtdi” degan iddaolar ham bot-bot quloqqa chalinmoqda. Bu xuddi bir paytlar “televizor kashf etildi, endi teatrning keragi yoʻq” degan gapga oʻxshaydi. Vaholanki, oradan necha yuz yillar oʻtsada, hayotimizda ikkalasining ham oʻz oʻrni, bajaradigan funksiyasi bor. Aytmoqchimanki, bosma nashrlar — tarix, bosma nashrlar — qadriyat, jamiyatimizga bosma matbuot kerak va uning rivoj topishi, yana qaddini tiklashi uchun barcha ishlarni amalga oshirishimiz zarur.

“Ilk qadam” jurnali taʼsis etilganidan buyon qisqa muddatda bolajonlarimiz va MTT tarbiyachilarining eng yaqin hamrohiga aylangani rost. Oʻzbek va rus tillarida chop etilayotgan mazkur nashrning maʼno-mazmuni, dizayni yildan yilga boyib bormoqda. Muhtaram Yurtboshimiz taʼkidlaganlaridek, “...oʻqituvchi oʻz ustida ishlashi, bilim va mahoratini oshirishi uchun qoʻshimcha metodik yordamni qayerdan oladi? Albatta, bu sohaga oid kitob va qoʻllanmalardan, maxsus pedagogik nashrlardan oladi. Afsuski, biz keyingi yillarda majburiy obuna bahonasida ixtiyoriy obunani ham yoʻq qildik...»

Endilikda Davlatimiz Rahbarining joriy yil 27-iyunda “Ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori bilan byudjet tashkilotlariga ulardagi “kutubxona fondi” xarajat moddasi orqali davriy bosma nashrlar, ularning elektron shakli va elektron ommaviy axborot vositalariga obuna boʻlish uchun mablagʻ yoʻnaltirishga ruxsat berildi. Bu ham sizu bizni oʻqishga boʻlgan undov emasmi?

Ha, gazeta va jurnallarga obuna boʻlish ixtiyoriy ravishda, obunani aholi orasida targʻib qilish, gazeta va jurnallarning sifati, jozibadorligi va oʻqishiligini taʼminlash, ularni internetga integratsiyalashuvini tezlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu borada majburlash soʻzining oʻzi salbiy maʼno kasb etadi, chunki bu bevosita sizu biz ishlab turgan soha, hayotimizning bir boʻlagiga, kundalik turmushimizning asosiy taʼminotiga aylangan sevimli faoliyatimiz. Biz bu sohada ishlashni oʻzimizga sharaf deb bilar ekanmiz, uni matbuot, ommaviy axborot vositalarida tez-tez yoritilishini, har jabhasida faollikni koʻrishni istaymiz. Shunday ekan, avvalo, oʻz tizimimiz nashrining nufuzi ortishi, oʻquvchilarining koʻpayishiga hissa qoʻshishimiz kerak emasmi? Taʼkidlash joizki, bosma matbuot ishonchli, qolaversa, varaqlab oʻqilgan maʼlumot insonga huzur bagʻishlaydi, koʻz va miyangiz toliqmaydi.

Orangizda ilm yoʻlidan boraman, ilmiy ish qilaman deganlar talaygina. “Ilk qadam” jurnali bunga ayni muddao. Chunki mavzuyingizga mazmunan mos boʻlgan nashrda ilmiy ishlaringizni eʼlon qilib borasiz, jurnal esa bu talabga aynan toʻgʻri keladi.

Bugungi kunda tarbiyachilar oʻrtasida ham turli tanlovlar oʻtkazilib kelinayotgani quvontiradi. Mazkur tanlovlar uchun dars ishlanmalari, bayram ssenariylari, bolalar tarbiyasiga oid materiallarni jurnalga chop etish uchun berish, oʻylaymanki, soha xodimlari uchun ham ayni muddao. Oʻzimizning sifatli nashr turganda boshqa nashrlarni izlashingizga hojat yoʻq.

Bolajonlar uchun jurnalda chop etilayotgan materiallar ham oʻquv-tarbiya jarayonida foydalanishga moʻljallangan, ayniqsa, ingliz tilida beriladigan mashgʻulot materiallari juda qiziqarli. Qolaversa, bola psixologiyasi, jismoniy rivojlanishiga oid tavsiyaviy maqolalar, yetakchi mutaxassis vrachlarning koʻrsatmalari barcha uchun birdek foydali.

Eng chekka hududlarimizgacha jurnalning yetib borishi muhim, chunki jurnal u yerdagi maktabgacha taʼlim muassasalari uchun metodik qoʻllanma boʻlib xizmat qiladi.

Oʻtgan yili chop etilgan jurnalning maxsus soni maktabgacha taʼlim faoliyatining 4 yilligiga bagʻishlandi. Muhim siyosiy tadbir – saylov jarayonlarida xorij vakillarining eʼtiboriga sazovor boʻldi, ular jurnal vositasida Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishdilar.

Soʻz yakunida sizlarga yana bir bor taʼkidlaymizki, jurnalga ixtiyoriy obuna bu avvalo oʻzimizning rivojimiz uchun, oʻqish saviyamizni oshirish, qolaversa, tizimni qoʻllab-quvvatlash uchun xizmat qiladi. Avval oʻzimiz oʻrnak boʻlaylik, kitobga mehr qoʻyaylik, sohamizga oid gazeta-jurnallarga obuna boʻlaylik. Axir gap borku, katta-katta daryolar ham kichik-kichik jilgʻalarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Obunani uyushqoqlik bilan tashkil eting, tahririyat bilan samarali hamkorlik olib boring, imkoniyatlardan keng foydalaning.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта