Sayt test rejimida ishlamoqda

20 ta MTTda quyosh energiyasi bilan ishlaydigan qoʻl yuvish stansiyalari oʻrnatildi

news-detail

“Mehribonlik korpusi” tomonidan 20 ta maktabgacha taʼlim tashkilotida quyosh energiyasi bilan ishlaydigan qoʻl yuvish stansiyalari oʻrnatildi

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida (MTT) turli yuqumli kasalliklar patogenlari tarqalishining oldini olish maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi va Mehribonlik korpusi loyihasi doirasida AQSH qishloq xoʻjaligi vazirligining (USDA) moliyaviy koʻmagi bilan uskunalar sotib olindi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi yigirmata MTT da (har bir viloyatda 10 tadan) quyosh panellari asosida kompleks qoʻl yuvish stansiyalarining montaj ishlari toʻliq yakunlandi.

Ushbu qoʻl yuvish stansiyalari mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya olayotgan 3 mingdan ziyod oʻquvchi uchun iliq oqar suvdan foydalanish imkonini beradi. Quyosh panellari asosida qoʻl yuvish stansiyalarini oʻrnatish bilan birga 48 nafar texnik xodim “Mehribonlik korpusi” dasturi doirasida yangi uskunalardan toʻgʻri foydalanish va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha oʻqitildi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim vazirligi
Rasmiy munosabat

Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi «Toma» mahallasida joylashgan 24-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan noxush voqea yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Dastlabki o‘rganish bo‘yicha, ushbu tashkilotning 5 yoshli tarbiyalanuvchisi Sh.A. 2022-yil 3-avgust kuni tushlikdan keyin soat 12:20 larda o‘zini g‘alati tuta boshlagan. Holatni payqagan tarbiyachi zudlik bilan hamshira xabar bergan. Hamshira birinchi yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng Xonqa tumani Tibbiyot birlashmasining Tez tibbiy yordami chaqirilgan va tarbiyalanuvchining ota-onasiga xabar yuborilgan. Biroq Tez tibbiy yordam xodimlarining urinishlariga qaramay bolaning o‘limi qayd etildi.  Boshqarma ishchi guruhi va Xonqa tumani huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar bilan o‘tkazilgan surishtiruv davomida tarbiyalanuvchining otasi farzandining epilepsiya kasalligi borligini ta’kidlagan.  Hozirda ushbu holat bo‘yicha, Xonqa tumani huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganishlar yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar Maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi 1-Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida sodir boʻlgan hodisa toʻgʻrisida

2022-yil 28-iyul sanasida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar Maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi 1-Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotida qatnamaydigan 2014-yilda tugʻilgan S.X. singlisi A.X. bilan birgalikda bogʻchaga kelgan. Tayyorlov guruhi tarbiyachisi S.J. S.X. hamda A.X.ning onasining iltimosiga koʻra qonunga zid ravishda S.X.ni ham olib qolgan. Tushlik paytida opa – singil S.X. va A.X. tashkilot hojatxonasiga chiqishgan. Opasi hojatxona ichkarisiga kirgan paytda, singlisi tashqaridan hojatxona eshikni ochib-yopib oʻynagan. Natijada hojatxona eshigining oynasi sinib, shisha boʻlaklari S.X.ni jiddiy jarohatlagan. Voqeadan xabar topgan tashkilot hamshirasi tezda birinchi yordam koʻrsatgan. Biroq, S.X.ning jarohati chuqurligi sabab, koʻp qon yoʻqotish natijasida vafot etgan. Holat yuzasidan Shahrisabz shahar prokuraturasi oʻrganish olib bormoqda. Marhumning yaqinlariga chuqur hamdardligimizni bildiramiz.

Вид сайта
Размер шрифта