Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN TADBIRKORLAR DIQQATIGA!!!

  So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda davlat-sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (keyingi o‘rinlarda – MTT) xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomatini “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi orqali elektron yo‘qlama qilish jarayoni bo‘yicha ko‘plab tushunmovchiliklar va e’tirozlar vujudga kelmoqda. Ushbu masalaga oydinlik kiritish va muammolarning ildizini aniqlashtirish maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi. 1. Nodavlat maktabgacha ta’lim sektorini rivojlantirish va kengaytirish hamda davlat-sheriklik asosidagi MTTni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga asosan davlat-sheriklik asosidagi MTTga qator subsidiyalar ajratilib kelinmoqda. 2021 yilda subsidiya uchun 1,2 trln.so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2022 yilda ushbu ko‘rsatkich 1,5 trln.so‘mni tashkil etishi kutilmoqda.   Biroq, ushbu subsidiyani olish uchun ayrim tadbirkorlar tomonidan tarbiyalanuvchilar soni va ularning MTTga davomat etgan kunlarini sun’iy ravishda oshirib, hisobotlarni sohtalashtirish holatlari ko‘plab aniqlanmoqda. Bu esa davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanishda to‘siqlik qilmoqda. Misol uchun, 2022 yilning 1-yarmida o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining bir qator tumanlarida davlat-xususiy sheriklik asosidagi MTTlar tomonidan subsidiyalarni noqonuniy o‘zlashtirish holatlari aniqlangan. 2. Ushbu holatni bartaraf etish hamda subsidiya jarayonlarini raqamlashtirish orqali uni shaffofligini ta’minlash, ushbu jarayonlarda inson omilini yo‘qotish orqali tadbirkorlar uchun byurokratik to‘sqinlar va korrupsion faktorlarini bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qator qarorlariga asosan davlat-sheriklik asosidagi MTTlarda xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomatini orqali elektron yo‘qlama qilish va subsidiya hajmini har bir tadbirkor uchun alohida hisoblab, to‘lashga mo‘ljallangan “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi va uning mobil ilovasi ishlab chiqildi. Ushbu tizim va mobil ilova 2022-yilning 1 iyunidan boshlab respublikamizning barcha hududlardagi DXSH asosidagi MTTlariga sinov tariqasida foydalanish uchun joriy etildi va doimiy ravishda takomillashtirilib kelindi (shuning uchun hozirgi kungacha mobil ilovaning bir nechta takomillashtirilgan talqinlari (versiyalari) ishlab chiqildi). Afsuski, ushbu jarayonida ayrim “ishbilarmon” tadbirkorlar MTTlarga haqiqatga kelmagan bolalarni ularning fotosuratlari orqali yo‘qlama qilish va MTT hududidan tashqariga chiqqan (yoki boshqa MTTga borgan) holda bolalar davomatini yo‘qlama qilish orqali tizimni “aldash” holatlari ko‘plab aniqlandi. 3. Byudjet mablag‘larining noqonuniy o‘zlashtirilishini oldini olish maqsadida axborot tizimining mobil ilovasi yanada takimollashtirildi: davomatni elektron yo‘qlama qilish uchun har bir MTTning aniq joylashinuvi (geolokasiyasi)ni ko‘rsatish va odamning haqiqiyligini (fotosurat emasligini) aniqlovchi funksiyalar qo‘shildi. Biroq, ushbu mobil ilovadan foydalanishda ham ko‘plab tadbirkorlarda muammolar kuzatilmoqda. Buning sabablari quyidagicha: a) ko‘plab tadbirkorlarlar axborot tizimda MTTning aniq joylashuvini (geolokasiyasini) umuman ko‘rsatmagan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatgan. Ma’lumot uchun: axborot tizimi 3 oy ilgari joriy etilgan bo‘lsada, 2022-yilning 7-sentyabriga qadar 3,3 mingta davlat-xususiy sheriklik asosidagi MTTlarning lokasiyasi hanuzgacha belgilanmagan. Shundan 1,0 mingtasi (30 %) Qashqadaryo viloyatida belgilanmagan. b) MTTning aniq joylashuvini (geolokasiyasini) belgilash, MTT va uning xodimlari to‘g‘risida ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritish uchun tadbirkorlar o‘zning Elektron raqamli imzosidan foydalanishi zarur. Biroq, ayrim tadbirkorlar o‘z Elektron raqamli imzosidan mustaqqil foydalanish ko‘nikmalarga yega emasligi sababli, geolokasiya va boshqa ma’lumotlarni axborot tizimiga kirita olmayotganligi aniqlanmoqda. v) MTTga kelmagan tarbiyalanuvchi va xodimning davomatini fotosuratidan yo‘qlama qilish imkoniyatini bartaraf etish uchun axborot tizim va uning mobil ilovasi funksiyalari yanada kuchaytirildi. Bu holatda, texnik imkoniyatlari past bo‘lgan ayrim mobil telefonlar mobil ilovani ishlata olmasligi mumkin. Chunki, faqatgina axborot tizimi imkoniyatlarini kengaytirish orqali odamning realligini aniqlab bo‘lmaydi, buning uchun telefonning texnik imkoniyatlari ham yetarli bo‘lishi zarur. Buni to‘g‘ri tushunishingizlarni so‘raymiz. 4. Biz tadbirkorlarning xarajati oshishiga tarafdor emasmiz. Biroq, axborot tizimi imkoniyatlarini passaytirsak, yana fotosuratdan yo‘qlama qilish davom etiladi va subsidiyaning noqonuniy o‘zlashtirilishiga olib keladi. Bunday holatlarga yo‘l qo‘yilishiga hech kimning haqqi yo‘q. Shunga qadar barcha tadbirkorlardan MTT lokasiyasini to‘g‘ri belgilab olishingizni hamda MTT va xodimlarga tegishli barcha ma’lumotlarni to‘liq va sifatli axborot tizimiga kiritishini so‘raymiz. Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning quyi boshqarma va bo‘limlari xodimlari sizlarga bu yo‘nalishda har qanday ko‘mak berishga doim tayyor. Savollaringiz bo‘lganda, maktabgacha ta’lim vazirligining rasmiy veb-saytida mpe.uz orqali quyida mutasaddi xodimlarning telefonlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.   (Izoh: Yuqoridagi xodimlarning raqamlariga haftaning ish kunlarida soat 9-00 dan 18-00ga qadar qo'ng'iroq qilishingiz tavsiya etiladi ) Bundan tashqari, bir necha kun davomida axborot tizimidagi muammolar sababli hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 sentyabrgacha tizimga barcha ma’lumotlarni to‘g‘ri va to‘liq kiritgan tadbirkorlar mablag‘ yo‘qotishiga yo‘l qo‘yimaydi. Har qanday vaziyatda halol faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanadi. Buning uchun biz barcha choralar ko‘rishimizni ma’lum qilamiz. Yuqoridagilarni to‘g‘ri qabul qilib, subsidiyalar ajratish tizimini raqamlashtirish orqali uni shaffoflashtirish va byurokratik to‘sqinlarni yo‘qotish yo‘lida o‘z hissangizni qo‘shishga sizlarni chorlaymiz.   O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati      

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Namangan viloyatining bir qator tumanlarida yangi bog‘chalar ochildi

  Uchqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Fayzobod” mahallasida 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Tashkilot 1957-yilda qurilgan bo‘lib, rekonstruksiya ishlariga qadar bola sig‘imi 90 o‘ringa ega edi. Endilikda o‘rinlar soni 100 taga yetkazildi. Rekonstruksiya ishlariga 3 mlrd. so‘m jalb qilingan 28-sonli DMTT tarkibida yana 100 o‘ringa ega bo‘ladigan yangi bino qad roslamoqda. Kelgusida bola sig‘imini 200 o‘ringa yetkazish maqsad qilingan. Yangi Namangan tumanida ham yangi bog‘cha ochildi. Tumanining “Istiqbol” mahallasida ish boshlagan 73-sonli DMTT 175 bola o‘riniga ega. Tashkilot binosi yangi qurilgan bo‘lib, barcha zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Shuningdek, ushbu tumandagi yana bir mahalla “Mingterak”da ham yangi 77-sonli DMTT foydalanishga topshirildi. Qurish va jihozlash uchun qariyb 4 mlrd. 300 million so‘m mablag‘ ajratilgan ushbu tashkilotning bola sig‘imi 120 o‘rinni tashkil qiladi. To‘raqo‘rg‘on tumani “Uzumzor” mahallasida qayta faoliyat boshlagan 32-sonli davlat bog‘chasi esa endilikda 180 nafar bolani o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Bundan oldin mazkur mahalladagi 240 nafar bolaning 15 foizi maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan edi. Rekonstruksiya ishlaridan so‘ng mahallada bog‘chaga jalb qilinmagan bolalar miqdori 5 foizga pasaydi. Ma’lumot uchun, tashkilotni ta’mirlash, qayta jihozlash ishlari uchun qariyb 3 milliard 236 million so‘m mablag‘ ajratilgan.   Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bugun Maktabgacha ta’lim vaziri Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 100-sonli DMTTga tashrif buyurdi

  Maktabgacha ta’lim tashkilotida "Bolalar uchun innovasiyalar" dasturining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, u yerda bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion uskunalar namoyish etildi. Bu jarayonga aqliy va jismoniy ko‘nikmalarni jalb qilish orqali bolalarning qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.  Ushbu uskunalar yordamida bolalar ko‘llar, tog‘lar, qumdagi vulqonlar bilan olamni, atrofdagi muhitni, jo‘g‘rofiyani, yerning tuzilishini, ranglar va shakllarni o‘rganadi. Aqlli oyna uskunalari nutq terapiyasi va defektologik vazifalar bajarishda, shuningdek, nutqda buzilishi bo‘lgan bolalarga yordam berish uchun joriy etilgan. "Magnum" interaktiv gilamcha o‘z ichiga o‘yinlar va zamonaviy texnologiyalarni birlashtirib, bolaning tasavvurini va fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.  Taqdimotdan so‘ng vazir Mustaqillik kuni arafasida ochilgan yangi MTTni ko‘zdan kechirdi. Ma'lumot uchun, 360 o‘rinli bog‘cha, investitsiya dasturi asosida, 9,300,758,191 so‘mga qaytadan qurilgan.   Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani 23-sonli DMTT bo‘yicha ma’lumot

  2022-yilning 21-iyul kuni Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida baxtsiz hodisa sodir boʻlib, uning oqibatida 23-sonli davlat maktabgacha taʻlim tashkilotining 4 yoshli tarbiyalanuvchisi Abdupattoyev Muhammad Akbar vafot etdi. Mazkur maʼlumot Maktabgacha taʼlim vazirligiga kelib tushishi bilanoq, barcha holatlarga oydinlik kiritish maqsadida, zudlik bilan kompleks tekshirish ishlari boshlandi. Tekshiruv davomida shu narsa aniq bo’ldiki, ushbu tashkilot xodimlari kasbiy faoliyati jarayonida qoʻpol qoidabuzarliklarga yo’l qo’ygan. Jumladan, bolalarning bog’cha hududidan ruxsatsiz chiqib ketishlariga beparvo qarashgan. Baxtsiz hodisa sodir bo’lgan kun soat taxminan 08:30 larda Abdupattoyev Muhammad Akbarni katta opasi 23-sonli DMTT tarbiyalovchilari ixtiyoriga olib kelib tashlab ketgan. Oradan ma’lum vaqt o’tgach, mazkur maktabgacha taʻlim tashkiloti tarbiyachilari va rahbarining beparvo va loqayd munosabati oqibatida tarbiyalanuvchi MTT hududidan ruxsatsiz chiqib, opasining orqasidan yugurgan. Harakat oqibatida baxtsiz tasodif bilan sirpanib, uyi yaqinidan oqib o’tuvchi  “Sobirjon” daryosiga yiqilib tushgan va natijada choʻkib ketgan. Maktabgacha taʼlim vazirligi ishchi guruhi tomonidan oʻtkazilgan tekshirish jarayonida bola bogʻcha hududidan bir necha bor ruxsatsiz chiqib ketgani, biroq bogʻcha xodimlari buni yuqori idoralardan yashirib, bundan hech qanday xulosa chiqarmagani maʼlum boʻldi. Yuqoridagi holatlar inobatga olinib, tashkilot pedagoglari va rahbarining ehtiyotsizligi hamda loqayd munosabati bolaning oʻlimiga sabab boʻlgani, shuningdek, ushbu maktabgacha taʻlim muassasasi rahbarining faoliyatini tashkil etishda bir qator boshqa huquqbuzarliklar aniqlandi va barcha materiallar zudlik bilan huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi. Natijada huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ushbu maktabgacha taʻlim tashkilotining barcha mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan JK-167-modda 2-qismi “g” bandi va JK-116-modda 3-qismi bilan tergovga qadar jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.  Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʻlim vazirligi Muhammad Akbarning oila aʻzolariga chuqur hamdardlik bildiradi. Ularning farzandini hech narsa bilan qaytarishning iloji yoʻqligiga qaramay, aybdorlar jazolanishi shart va albatta jazolanadilar. Bundan keyin ham tizimda shu va shunga o’xshash holatlarning oldini olish uchun barcha choralar koʻriladi. Shu o’rinda, Maktabgacha taʻlim vazirligi tuman maktabgacha taʻlim boʻlimlari mudirlarini, maktabgacha taʻlim tashkilotlari rahbarlarini, pedagoglar, tarbiyachilar va tarbiyachilar yordamchilarini ogohlantiradi: Agar tarbiyalanuvchilarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish va oʻz kasbiy majburiyatlariga beparvo ravishda qarash oqibatida bolaning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi yoki oʻlimiga sabab boʻluvchi hodisalar yuz bersa, huquqni muhofaza qilish organlar bilan yaqin hamkorlikda belgilangan tartibda eng qat’iy choralar koʻriladi. Tarbiyalanuvchilarni har qanday sharoitda yolgʻiz va qarovsiz qoldirish qatʻiyan man etiladi, shuningdek, tarbiyalanuvchilar MTT dan chiqib ketayotganda, ularni ota-onalariga yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga shaxsan topshirilishi kerak. Yana bir bor takrorlaymiz - bolaning hayoti va sogʻligʻidan qimmatroq narsa yoʻq! Shu bilan birga, ota-onalarga ham tarbiyalanuvchilarni MTTga qabul qilish va tark etish qoidalariga rioya qilishlari kerakligini eslatib oʻtamiz. Bunda ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bolani shaxsan tarbiyachiga topshirishlari va kun oxirida olib ketishlari lozim.   Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati   

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 434 dona “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish” bo‘yicha qo‘llanmalar yetkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan "Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish qo‘llanmalari" Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yetkazib berildi. Mazkur qo‘llanmalar mutlaqo bepul bo‘lib, respublikadagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazildi. Bu metodik qo‘llanma bolalarning salomatligini saqlashda, shuningdek tarbiyalanuvchilarga birinchi tibbiy xizmat ko‘rsatishda va bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishida, ularni salomat va xavfsiz ovqatlantirishda katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida  davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 610 nafar hamshiralar ishlab kelmoqda.  Bu qo‘llanma orqali hamshiralar o‘z faoliyatiga mas’uliyat bilan yondoshib, bolalarni salomatligi va xavfsizligini ta’minlashda ahamiyatli vazifani bajaradi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN TADBIRKORLAR DIQQATIGA !!!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari bilan maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirishga qaratilgan quyidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanganligini ma’lum qilamiz: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 15-iyuldagi 322-son qaroriga asosan 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab: a) oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida: - oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnayotgan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlari va maxsus kontingentlar soni jami tarbiyalanuvchilar sonining 70 foizidan kam bo‘lgan taqdirda, yetmagan qismiga boshqa oilalarning bolalarini qabul qilishga ruxsat etiladi. Bunda, ushbu bolalar uchun ota-onalar to‘lovi shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorda o‘rnatiladi; - oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchi lavozimlari uchun 4,5 tagacha shtat birligini ajratishga ruxsat etiladi. Bunda, tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilarga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya haqiqatda band qilingan, lekin 4,5 tadan (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 2,25 tadan) ko‘p bo‘lmagan shtat birligidan kelib chiqib to‘lanadi; - tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilariga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va boshqa ajratmalar ushlangandan so‘ng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu xodimlarning plastik kartasiga o‘tkazib beriladi; - oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini boshlash uchun sog‘liqni saqlash organlari bilan majburiy ravishda tarbiyalanuvchilarga tibbiy yordam ko‘rsatishga oid shartnoma tuzish tartibi bekor qilinadi; b) davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, shu jumladan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida: - Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan subsidiya va kompensasiyalar miqdorini hisoblashda maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnayotgan 3 yosh va undan katta yoshdagi (boquvchisini yo‘qotgan ayollarning 2 yosh va undan katta yoshdagi), lekin 7 yil 8 oydan katta bo‘lmagan yoshdagi tarbiyalanuvchilar hisobga olinadi; - ota-onalar to‘lovi miqdorini mustaqil ravishda belgilagan holda 3 yoshga to‘lmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat etiladi. Bunda 3 yoshga to‘lmagan bolalarga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratilmaydi (boquvchisini yo‘qotgan ayollarning 2-3 yoshdagi farzandlari bundan mustasno); v) tabiiy gaz uchun kompensasiya markazlashgan tabiiy gaz ta’minoti mavjud bo‘lmagan, lekin isitishning boshqa turlaridan, shu jumladan suyultirilgan gaz yoki ko‘mir mahsulotlaridan foydalanayotgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ham to‘lanadi (oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bundan mustasno); 2. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 3-avgustdagi 426-son qaroriga asosan 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab: a) davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, shu jumladan, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida: - Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib Maktabgacha ta’lim vazirligining nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda NMTTBAT) avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi; Izoh: Bunda, tadbirkorlar subsidiya olish uchun qog‘ozda buyurtmanomani shakllantirishi, uni tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi bilan kelishishi va moliya bo‘limiga taqdim etishi bilan bog‘liq qog‘ozbozliklar va byurokratik ovoragarchiliklar to‘liq bartaraf etiladi. - xodimlarning ishga kelib-ketishini hisobga olish hamda tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish NMTTBATning mobil ilovasi yordamida shaxsni biometrik identifikasiya qilish texnologiyasi orqali amalga oshiriladi; b) amalga kiritilayotgan Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensasiyalar to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizomda quyidagilar belgilanganligi: - DXSH asosidagi MTTda (ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya olmaydigan DXSH asosidagi MTTlar bundan mustasno) kadrlar tarkibi o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar xodimlar ishga qabul qilingan va ishdan bo‘shatilgan kunda NMTTBATga kiritilishi hamda ularning davomati ushbu Nizomda belgilangan tartibda hisobga olinishi zarur; Izoh: aks holda ishlayotgan xodimning davomatini yuritish va unga ish haqi uchun subsidiya miqdorini hisoblash imkoniyati bo‘lmaydi. - NMTTBATga ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etmagan DXSH asosidagi va boshqa nodavlat MTTga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensasiyalar to‘lanmaydi; - subsidiyalarning oylik summalari NMTTBATda qayd etilgan xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomati asosida hisoblanadi. Bunda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda ko‘rsatilgan DXSH asosidagi MTTning manzili (joylashuvi bo‘yicha geolokasiyasi)dan boshqa joyda qayd etilgan xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomati NMTTBATda hisobga olinmaydi va ular uchun subsidiya to‘lanmaydi; Izoh: subsidiya va kompensasiya oladigan barcha DXSH asosidagi va boshqa nodavlat MTT rahbarlari o‘z tashkiloti (shuningdek uning lokasiyasi), ulardagi xodimlar va tarbiyalanuvchilari to‘g‘risida to‘liq va haqqoniy ma’lumotlarni NMTTBATga kiritganda hamda xodimlar va tarbiyachilar davomatini mobil ilova orqali elektron yuritgandagina, NMTTBATda subsidiya hajmini hisoblash imkoniyat vujudga keladi. - bir bolaning ma’lumotlari NMTTBATga kiritilib, uning fotosurati o‘rniga boshqa bola (tarbiyalanuvchi)ning fotosurati ushbu axborot tizimiga joylashtirilganligi va uning asosida davomati belgilanib kelinayotganligi aniqlanganda mazkur tarbiyalanuvchi MTTga qatnagan barcha davri uchun to‘langan subsidiyalar summasi to‘liq Davlat byudjetiga undiriladi. Ushbu holat aniqlangan oydan boshlab uch oy davomida subsidiya to‘lovlari mazkur DXSH asosidagi MTTga hisoblanmaydi va to‘lanmaydi. Bunday holat ikkinchi marta aniqlanganda ushbu DXSH asosidagi MTT bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim bekor qilinadi va qayta tuzilmaydi; Izoh: NMTTBATda bolaning haqiqiy va sifatli fotosurati joylashtirilishi zarur. - DXSH asosidagi MTT rahbari ushbu tashkilot va xodimlariga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarning NMTTBATga o‘z vaqtida kiritilishi, ularning to‘liqligi va haqqoniyligi bo‘yicha javobgar hisoblanadi. Bunda, NMTTBATga noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar kiritilishi natijasida subsidiya va kompensasiyalarni moliyalashtirish imkoniyati bo‘lmasa, javobgarlik tegishli oilaviy MTT rahbariga yuklanadi hamda ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi ta’minlangandan so‘ng subsidiyalar va kompensasiyalar qayta hisob-kitob qilinib, hisobot oyidan keyin keladigan oyda belgilangan tartibda moliyalashtiriladi; Izoh: agar DXSH asosidagi MTT rahbari tashkilotning bank rekvizitlari hamda xodimining bank kartasi bo‘yicha ma’lumotlarni NMTTBATga noto‘g‘ri kiritsa, tabiiy ravishda mablag‘ oluvchi aniqlanmaganligi sababli ushbu to‘lovlarni o‘tkazish imkoniyati bo‘lmaydi va bank muassasalari tomonidan qaytariladi. - DXSH asosidagi va xususiy MTTga Davlat byudjeti mablag‘laridan subsidiyalar va kompensasiyalar miqdori ular tomonidan NMTTBAT va uning mobil ilovasidan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshirilgandan so‘ng hisoblanadi; Izoh: Vazirlar Mahkamasining 24.03.2022-yildagi 129-son qaroriga muvofiq DXSH tashkilotlarida subsidiyalarni berish jarayonini raqamlashtirishda ushbu tashkilotlarda foydalaniladigan jihozlarni xarid qilish, aloqa xizmatlari va NMTTBATdan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar DXSH tashkilotlarining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. v) amalga kiritilayotgan Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida Nizomga muvofiq oilaviy MTT shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi tadbirkor davlat sherigiga NMTTBAT orqali elektron shaklda ariza bilan murojaat qilish tartibi joriy etiladi. Izoh: Bunda, tadbirkorlar ariza berish va zarur hujjatlarni jamlash va maktabgacha ta’lim bo‘limiga taqdim etish bilan bog‘liq qog‘ozbozliklar va byurokratik ovoragarchiliklar to‘liq bartaraf etiladi. Hurmatli tadbirkorlar ! 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab joriy etilayotgan yangi tartiblar to‘g‘risida batafsil quyidagi havolalar orqali o‘tib, o‘qib chiqishingiz mumkin: a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 15-iyuldagi 322-son qarori (https://lex.uz/docs/6108866 ); b) Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 3-avgustdagi 426-son qarori (https://lex.uz/docs/6141472 ). Qo‘shimcha savollar mavjud bo‘lganida, hududlar bo‘yicha joylashuvidan kelib chiqib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, hududiy Maktabgacha ta'lim boshqarmalariga quyidagi telefon raqamlari orqali  savollar bilan murojaat qilishingiz hamda https://t.me/nmttbat, https://nodavlat-bogcha.uz/ havolalari orqali o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.     Hududlar Aloqa raqamlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi 61 222-55-31 Andijon viloyati 74 225-27-98 Buxoro viloyati 65 220-46-78 Jizzax viloyati 72 226-92-15 Qashqadaryo viloyati 75 221-28-09 Navoiy viloyati 79 220-14-62 Namangan viloyati 69 234-10-74 Samarqand viloyati 66 233-93-96 Sirdaryo viloyati 67 225-48-05 Surxondaryo viloyati 76 227-35-50 Toshkent viloyati 70 202-10-11 Toshkent shahri 71 235-24-95 Farg‘ona viloyati 73 226-09-93 Xorazm viloyati 62 224-86-76 Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mustaqillik bayrami arafasida Yakkasaroy tumanida uchta yangi maktabgacha ta'lim tashkilotlarining faoliyati yo'lga qo'yildi

Tuman Maktabgacha taʼlim bo‘limi tasarrufidagi “Laylakcha” nomli 300-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti qayta ochildi.  1976-yildan mavjud bo’lgan mazkur tashkilot endilikda yangicha usulda rekonstruksiya qilinib, qayta jihozlandi.   “Laylakcha” bog’chasining rekonstruksiyasi uchun mahalli byudjetdan qariyb 3 mlrd. 424 million so’m ajratilgan. Ayni vaqtda ushbu bog’cha 360 nafar bolani o’z bag’riga sig’dira oladi.  Shuningdek, tumanda “AYIQCHA” nomli yangi 100-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ham o’z faoliyatini boshladi.  Mazkur tashkilot 1932-yilda tashkil qilingan bo’lib, shu kungacha 300 o’ringa ixtisoslashgan edi. Endilikda tashkilot hududidagi eski binolar buzilib, joyiga yangilari qurildi va bola o’rni 60 taga oshirilib, 360 ta o'ringa yetkazildi.  Ma’lumot uchun, “AYIQCHA" nomli bolalar bog’chasini qurish va qayta rekonstruksiya qilish uchun davlat byudjetidan 9 300 758 191 so‘m mablag‘ ajratilgan.  Tuman maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi “Sog’lomjon” nomli 250-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ham mahalliy byudjet hisobidan joriy ta’mirlandi. Ushbu tashkilot 1992-yilda qurilgan bo’lib, rekonstruksiyadan avval 330 o’rinli edi. Endilikda bola sig’imi 420 o’ringa yetkazildi. Ta’kidlash kerakki, qayta qurish va ta’mirlash jaronida har uchala bog’chaning yozgi o‘yingohlari to‘liq rezina qoplama hamda chim bilan qoplandi. Ayni vaqtda mazkur MTTlarda bolalar yotoqxonasi, tibbiyot xonasi, musiqa zali, kir yuvish xonasi, futbol va basketbol maydonchalari hamda bolalar suzish xavzasi tashkil qilingan. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
MTV: Ma’naviyat soatida mustaqillik ne’matlari tarannum etildi

Barchamizga ma’lumki xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligini munosib kutib olish va ushbu qutlug‘ sanani yuksak darajada nishonlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida” Prezidentning 2022-yil 1-avgustdagi PQ-340-son qarori qabul qilingan bo‘lib, ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilayotganligi quvonarli holdir. Aynan shu kabi targ‘ibot-tashviqot ishlaridani biri bugun Maktabgacha ta’lim vazirligi markaziy apparatida “Mustaqillik - eng ulug‘ va eng aziz ne’mat” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirga Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori F.Muxitdinova hamda O‘zbekiston fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor M.Baratovlar ishtirok etishdi. Uchrashuv avvalida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari X.Bo‘riyev mustaqillik buyuk ne’mat ekanligi, istiqlol yillarida ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklanganligi,  Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yuragimizning tub-tubidan o‘rin olganligini ta’kidladi. Uchrashuv davomida vazirlikka tashrif buyurgan mehmonlar “O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi mavqei, mustaqillik, ozodlik, ayolning jamiyatdagi o‘rni, ustoz va murabbiyning inson hayotidagi ta’siri, tinchlik” kabi mavzularda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar haqida hayotiy misollar bilan nutq so‘zlashdi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent shahridagi Puchon universitetida bitiruvchilarga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Puchon universiteti ikkinchi “qaldirg‘ochlar”ini ham “uchirdi”. 18-avgust kuni Toshkent shahridagi Puchon universitetida 2021-2022 o‘quv yili bitiruvchilariga koreys va o‘zbek tilllardagi diplomlar topshirildi. Koreya Respublikasining Puchon universiteti prezidenti janob Xan, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi vakillari, xalqaro markazlar direktorlari, shuningdek, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari tadbirda faxriy mehmon sifatida qatnashishdi. 2021-2022 o‘quv yilida mazkur o‘quv dargohini 400 nafar bitiruvchi tamomlagan bo‘lsa, shulardan 260 nafari Maktabgacha ta’lim fakulteti talabalari hisoblanishadi. Ma’lumot uchun, koreys namunasidagi diplomlar topshirilgan bo‘lib, “Koreys tili va menejment” hamda “Arxitektura” fakultetlari bitiruvchilari kelgusida “2+2” va “3+1” tizimida o‘qishni davom ettirishlari mumkin. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Puchon universitetining ilk bitiruvchilariga diplom topshirilgani haqida xabar berilgandi. https://mpe.uz/post-detail/posts/international-cooperation/1221              Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati  

Maktabgacha ta'lim agentligi
MTV: “Maktabgacha ta’lim tizimidagi muammolar va ularning yechimlari borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun Milliy matbuot markazi binosida “Maktabgacha ta’lim tizimidagi muammolar va ularning yechimlari borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusidagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda  tizimdagi muammolar va ularning yechimlari, erishilgan ijobiy ko‘rsatkichlar haqida hisobot berildi, ular quyidagilardan iborat: Vazifalar -Vazirlar Mahkamasining nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga subsidiyalar va kompensasiyalar to‘lash tartibini belgilash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. -Nodavlat xususiy sektorni qo‘llab quvvatlash maqsadida zarur kredit va subsidiyalarni ajratish choralarini ko‘rish. -Oliy ta’lim muassasalarining 8 814 nafar maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarini maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ishga yo‘llanma asosida yuborish choralarini ko‘rish. -Maktabgacha ta’lim tizimida o‘tgan davrda xodimlarning mehnatiga haq to‘lashni yaxshilashga alohida e’tibor qaratish, buning uchun Moliya vazirligiga kiritilgan taklif xatidagi, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktori, pedagog xodimlari va tarbiyachi yordamchisi lavozim maoshlarini qayd etilgan miqdorlarda oshirish uchun davlat byudjetidan o‘rtacha 2,9 trln. so‘m mablag‘ talab etilgan mablag‘larni ajratilishi yuzasidan choralarni ko‘rish. Ijobiy natijalar -2022 yilning birinchi yarmida Maktabgacha ta’lim vazirligi tashabbusi bilan jami 5 ta normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi. -Bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari hamda sohalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan majlislar bayonlarida yuklatilgan jami 412 ta topshiriqdan 362 tasi bajarildi, 50 tasi belgilangan muddatda bajarish choralari ko‘rilmoqda. -Qabul qilingan hujjatlarga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 28 012 taga yetkazildi. 3-7 yoshli bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi ko‘rsatkich 69,4 foizga va 6 yoshli bolalarning maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrovi 84 foizga yetkazildi. -5 060 quvvatga ega 46 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi hamda 11 970 quvvatga ega 342 ta oilaviy shakldagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. -Namangan va Qo‘qon shaharlarida tajriba-sinov tariqasida 1 400 nafardan ortiq maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish bo‘yicha maktabgacha ta’lim klasterlari faoliyatini tashkil etildi. -Subsidiya va kompensasiyalarni ajratish jarayonini raqamlashtirish, bunda inson va korrupsion omillarini yo‘qotish maqsadida “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi tajriba sinovdan o‘tkazildi. -28 245 nafar Pedagogika kollejlari bitiruvchilaridan 21 915 nafari ish bilan ta’minlandi. Muammolar -Maktabgacha ta’limning nodavlat sektorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Davlat byudjetidan ajratilayotgan subsidiya va kompensasiyalar samarali va maqsadli ishlatilmayapti. Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi byudjetdan subsidiyalar ajratilishida 7,4 mlrd so‘m miqdoridagi kamchiliklar aniqlandi. Mazkur jarayonlar to‘liq raqamlashtirilmaganligi sababli vujudga kelgan. Hozirda bu muammoning yechimi sifatida 1 sentyabrdan boshlab butun respublika bo‘ylab axborot tizimi ishga tushiriladi va bunday holatlarning keskin kamayishiga sabab bo‘ladi. -Respublikaning 41 ta tuman (shahar) larida qamrov darajasi 60 foizdan past. Jumladan, Chiroqchi (32,8%), Qamashi (41,5%), Kitob (41%), Yangiyo‘l (45,3%) va Denov (44,9%) tumanlarida qamrov darajasi past bo‘lib qolmoqda. -Maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagoglarning 34,5 foizi oliy ma’lumotga ega ekanligi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir qilmoqda. Bu ko‘rsatkich Toshkent viloyatida 24,6 foizi, Sirdaryo viloyatida 26,4 foizi va Namangan viloyatida 27,8 foizi tashkil etadi. -Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining mehnatiga haq to‘lanishini ijobiy o‘zgartirish uchun olib borilayotgan ishlar yakuniga yetmagan. Bugungi kundagi tizimdagi eng dolzarb muammolardan biri bu-tizim xodimlarining mehnatiga haq to‘lashni oshirish uchun olib borilayotgan ishlar ekanligi hamda matbuot anjumani davomida o‘tgan yillar davomida olib borilgan ijobiy o‘zgarishlar haqida ham anjuman davomida aytib o‘tildi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimida o‘tgan davrda xodimlarning mehnatiga haq to‘lashni yaxshilashga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, 2018 yil yanvar holatiga tarbiyachining oylik ish haqi uning ma’lumoti va malaka toifasiga mos ravishda o‘rta maxsus bo‘lganda – 617 171 so‘m, oliy ma’lumotli bo‘lganda – 668 356 so‘m, ikkinchi malaka toifali bo‘lganda – 722 815 so‘m, birinchi malaka toifali bo‘lganda – 779 554 so‘m va oliy malaka toifali bo‘lganda 838 649 so‘mni tashkil etganligi; -O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevraldagi PQ-3571-sonli qaroriga asosan 2018 yil 1 martdan boshlab tarbiyachining oylik ish haqi 30 foizga, oliy ma’lumotli tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachining oylik ish haqi yana 30 foizga oshirilganligi;  -bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq 2018 yil yanvardan boshlab hozirgi kunga qadar, byudjet tashkilotlari xodimlarining, jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hodimlarining oylik ish haqlari 5 marta oshirilib, shu davrda tarbiyachining oylik ish haqi 50% oshirilganligi; -bugungi kunga kelib, 3-5 yoshli bolalar guruhlarida ishlovchi tarbiyachining oylik ish haqi o‘rta maxsus bo‘lganda – 1 506 229 so‘m, oliy ma’lumotli bo‘lganda – 1 631 200 so‘m, ikkinchi malaka toifali bo‘lganda – 1 764 116 so‘m, birinchi malaka toifali bo‘lganda – 1 902 593 so‘m va oliy malaka toifali bo‘lganda 2 046 822 so‘mni tashkil etayotganligi; -tayyorlov guruhi (5-7 yoshli bolalar guruhi) tarbiyachisining oylik ish haqi oliy ma’lumotli bo‘lganda – 2 341 247 so‘m, ikkinchi malaka toifali bo‘lganda – 2 507 193 so‘m, birinchi malaka toifali bo‘lganda – 2 677 369 so‘m va oliy malaka toifali bo‘lganda – 2 840 329 so‘mni tashkil etayotganligi haqida ma’lumot berildi. Shu bilan birgalikda, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori, pedagog xodimlari va tarbiyachi yordamchisi lavozim maoshini ikki bosqichda oshirish bo‘yicha taklif ishlab chiqilib, unga ko‘ra: -direktor lavozim maoshini 2 bosqichda 60%gacha oshirish (2 251 505 so‘mdan 3 584 000 so‘mga); -o‘qituvchi, psixolog va oliy ma’lumotli tayyorlov guruhi tarbiyachisi lavozim maoshini malaka toifasiga qarab bir bosqichda 10-25% oshirgan holda maktab o‘qituvchisi lavozim maoshiga tenglashtirish (2 341 248 so‘mdan 2 576 000 so‘mga); -tarbiyachi-metodist va tarbiyachilar lavozim maoshini malaka toifasiga qarab ikki bosqichda 60-74% (oliy ma’lumotli bo‘lganda 1 631 200 so‘mdan 2 576 000 so‘mga); -tarbiyachi yordamchisi lavozim maoshini ikki bosqichda 70% oshirish (1 374 624 so‘mdan 2 324 000 so‘mga) ko‘zda tutilganligi ham soha mutaxassislari tomonidan aytib o‘tilib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktori, pedagog xodimlari va tarbiyachi yordamchisi lavozim maoshlarini qayd etilgan miqdorlarda oshirish uchun davlat byudjetidan o‘rtacha 2,9 trln. so‘m mablag‘ talab etilayotganligi ta’kidlandi.   Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Press_tur

Farg‘onaning Qo‘shtepa tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida press-tur tashkil etildi Farg‘ona viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi axborot xizmati tomonidan viloyatda faoliyat olib borayotgan OAV vakillari hamda blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. Viloyatning Qo‘shtepa tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari bilan yaqindan tanishgan jurnalist va blogerlarga tumanda mazkur tizimni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumotlar berildi. Qo‘shtepa tumanida bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Tumanda davlat va nodavlat MTTlari soni bugungi kunga kelib, 164 taga yetdi. Mavjud MTTda bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘n ikki mingdan ziyodi ta'lim-tarbiya olmoqda. Press-tur ishtirokchilari tumandagi “Stellar Ziyoda” oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti va 18-MTTlarga tashrif buyurishib, bu yerda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va mashg‘ulot jarayonlari bilan ham bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Maktabgacha ta'lim vaziri intervyu berishni istamadi" kabi noto‘g‘ri talqin qilingan video tarqaldi. Aslida holat qanday bo‘lgan?  Joriy yilning 19 avgust kuni ShHT  xotin-qizlar forumi doirasida tadbirkor ayollar birinchi konferensiyasida Maktabgacha ta'lim vazirining xalqaro tashkilotlar oldidagi ma'ruzasi oldidan jurnalist tomonidan tig‘iz vaqtda savolga tutilgan.  Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan videoda e'tibor berilsa jurnalist tomonidan savol berilayotgan jarayonda vazir yordamchisi "hozir u tayyorgarlik ko‘rayapti" degan javob berilgan hamda forum doirasidagi nutqdan so‘ng barcha savollarga javob berilishi haqida ham jurnalistga (afsuski videodagi bu joylari negadir qo‘yilmagan) tushuntirilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan videodan so‘ng, jarayonni noto‘g‘ri tushungan holatda ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari va blogerlar tomonidan Maktabgacha ta'lim vaziriga nisbatan turli xildagi salbiy fikrlar talqin qilinmoqda. Eng achinarlisi ushbu videomaterial ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari va blogerlarda Maktabgacha ta'lim vaziri, hukumat a'zosi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan millati, tili va dini haqidagi turli xildagi salbiy fikrlarni uyg‘otgan. Vaholanki yurtimizda 130dan ortiq millat va elat vakillari tinch-totuv yashab kelishmoqda. Shu qatorda eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida quyidagilar bayon etilgan: "O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar." Jurnalistik etikaga rioya qilinib harakat qilinganda edi ijtimoiy tarmoqlarda bir shaxsning millati, tili, dini haqidagi noto‘g‘ri talqin qilinayotgan videomaterial tarqalmagan va keng ommaning nohaq e'tirozlariga sabab bo‘lmas edi.  Albatta barchamizning huquq va burchlarimiz  Konstitutsiya moddalarida mustahkamlab qo‘yilganligini unutmasligimiz lozim. Barcha OAV vakillariga ma'lumki Maktabgacha ta'lim vazirligi har doim OAVga nisbatan ochiq va shaffofdir.  Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Vazirlik xodimlariga favqulodda vaziyatlarda harakatlanish tartibi tushuntirildi

Bugun Maktabgacha ta’lim vazirligi binosida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘limi boshlig‘i mayor Mirkarimov Mirkomil Mirkadirovich va yong‘in-qutqaruv otryadi o‘t o‘chirish maxsus texnika hamda shaxsiy tarkibini jalb etgan holda birlamchi o‘t o‘chirish vositalari hamda qutqaruv maxsus asbob-anjomlaridan foydalanish usullarini amalda qo‘llanilishi vazirlik xodimlariga ko‘rsatib o‘rgatildi. Tadbir jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-144-sonli Farmoni haqida tushuncha berildi. Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida, Maktabgacha ta’lim vazirligida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari va uning yong‘in-qutqaruv otryadi maxsus texnika hamda shaxsiy tarkibini jalb qilgan holda vazirlik markaziy apparati ishchi xizmatchilari bilan zilzila shuningdek, uning oqibatlariga oid ko‘rgazmali o‘quv-uslubiy vositalardan foydalangan holda nazariy-amaliy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Shuningdek, “O‘zbekistonda fuqarolarni zilzila vaqtida tegishli harakat va tadbirlarni amalga oshirishga tayyorlash” mavzusida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligini o‘qitish markazi o‘qituvchisi-metodist Xidirbayeva Guljamol Nuraddinovna tomonidan ma’ruza qilinib,  "Zilzilaning vayron qiluvchi kuchi" mavzusida hujjatli film namoyish etildi. Tadbir yakunida vazirlik ishchi-xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.   Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
MTV: “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunga sharh berildi.

Bugun Maktabgacha ta’lim vazirligi binosida Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlari: Xamidulla Tadjiyevich Inomov va Sarvar Xayrullayevich Saidovlar tomonidan tushuncha berildi. Unda Qonunning maqsadi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi hamda Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reysteriga kiritilgan lavozimlardagi davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etilishi haqida so‘zlandi. Davra suhbati jarayonida so‘zga chiqqan Sarvar Xayrullayevich Saidovning ta’kidlashicha: ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari, Maxsus vakolatli davlat organining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir, Davlat organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari aniq belgilab berilganligi bilan ahamiyatlidir. Avvalambor Davlat fuqarolik xizmatchisi kim? Albatta, bu kabi savollar davra suhbatida ishtirok etgan har bir xodimda tug‘ildi va quyidagicha javoblar olindi: -Davlat fuqarolik xizmati lavozimida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi davlat fuqarolik xizmatchisi ekanligi; -O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlangan paytdan e’tiboran davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomiga ega bo‘ladi va davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati tugatilishi munosabati bilan uni yo‘qotilishi; -Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga taalluqli davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha huquqlar, majburiyatlar va cheklovlar alohida qonunchilik bilan belgilanganligi; - mazkur Qonun bilan Davlat fuqarolik xizmatchisining huquqlari, Davlat fuqarolik xizmatchisining majburiyatlari, Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar, Davlat fuqarolik xizmatchisining javobgarligi, Davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish, Davlat fuqarolik xizmatchisining korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati, Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari, Davlat fuqarolik xizmatida sovg‘alarga nisbatan munosabatda bo‘lish shartlari, Manfaatlar to‘qnashuvi, Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash shartlari aniq belgilab berilganligi; - Shu bilan birga, Davlat fuqarolik xizmatchisini rag‘batlantirish, Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan rag‘batlantirish choralarining qo‘llanilishi, Davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarligi, Davlat pensiya ta’minoti kabi masalalarga ham alohida e’tibor berilganligi haqida ma’lum qilindi. Davra suhbati davomida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimi Xamidulla Tadjiyevich Inomov tomonidan yana bir yangilik e’lon qilindi, endilikda Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining malaka darajalari quyidagicha belgilanishi haqida aytib o‘tildi, ya’ni: Siyosiy  Rahbar kadrlar  Oliy darajali maslahatchi 1-darajali maslahatchi 2-darajali maslahatchi 3-darajali maslahatchi  Boshqaruv kadrlari  1-darajali xizmatchi 2-darajali xizmatchi 3-darajali xizmatchi Yordamchi  mutaxassislar  4-darajali xizmatchi 5-darajali xizmatchi 6-darajali xizmatchi Shu bilan birgalikda, Davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat fuqarolik xizmati lavozimlari malaka darajalari (bundan buyon matnda malaka darajalari deb yuritiladi), qoida tariqasida, izchil tartibda, oliy ma’lumotga va muayyan ish stajiga, malaka oshirish kurslarini tugatganligi to‘g‘risidagi sertifikatga, malaka komissiyasining ijobiy xulosasiga ega bo‘lgan taqdirda berilishi belgilanganligi ta’kidlab o‘tildi. Davlat fuqarolik xizmatchilariga malaka darajalarini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. Davra suhbati yakunida vazirlik xodimlari Qonun haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.   Ma’lumot uchun: Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach – 10.11.2022 yildan kuchga kiradi.  Qonun bilan batafsil tanishish uchun quyidagi havolaga kiring: https://lex.uz/uz/docs/6145972   Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati  

Maktabgacha ta'lim agentligi

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi

Maktabgacha ta'lim agentligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
Avgust anjumanida joriy holat va istiqboldagi vazifalar tahlil etildi

Navoiy viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi tomonidan «Maktabgacha taʼlim sifati: joriy holat va istiqboldagi vazifalar» mavzusida tashkil etilgan Avgust konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda boshqarma, hududiy boʻlimlar va maktabgacha taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagoglari hamda masʼullari ishtirok etdi. Dastlab anjumanga tashrif buyurgan mehmonlar tizimga oid tashkil etilgan koʻrgazmalar taqdimoti bilan tanishishdi. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishini rejalashtirish boshqarmasi boshligʻi sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha taʼlim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirilganligi natijasida nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimi isloh qilinganligini, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim tizimi qayta koʻrib chiqilganligini taʼkidladi. Shuningdek, tadbirda viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi “Maktabgacha taʼlim sifati: joriy holat va istiqboldagi vazifalar” mavzusida maʼruza qildi. Tinglovchilar bilan maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, maktabgacha taʼlim tizimi rahbar va pedagog kadrlari faoliyati sifatini oshirish, takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat dasturining mazmuni, “Bolalik akademiyasi” elektron platformasi va mazkur platforma orqali tarbiyachilar malakasini oshirish, ish hujjatlarini yuritish, hamshiralarning hujjatlari kabi muhim mavzular muhokama etildi. Konferensiyaning yakuniy qismida boshqarma boshligʻi soʻzga chiqib, “Maktabgacha taʼlim tizimida 2022-2023-oʻquv yilidagi asosiy vazifalar” toʻgʻrisida maʼruza qildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ijrosida namoyish etilgan badiiy-musiqiy dastur barchaga manzur boʻldi. Tadbir soʻnggida tizimda samarali mehnat qilgan bir guruh rahbar va pedagoglar viloyat hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Pedagogika kollejlarining 2022/2023 oʻquv yili uchun kunduzgi, sirtqi, kechki va dual taʼlim shakllari boʻyicha qabul parametrlari tasdiqlandi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 3-avgustdagi “2022-2023-oʻquv yilida professional taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul  qilishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 262-son buyrugʻi bilan pedagogika kollejlarining 2022/2023 oʻquv yili uchun kunduzgi, sirtqi, kechki va dual taʼlim shakllari boʻyicha qabul parametrlari tasdiqlandi. Mazkur qabul parametrlariga asosan 92 ta pedagogika kollejlarida 2022-yil 10-avgustdan – 10 sentabr kuniga qadar (shu kun ham) quyidagi mutaxassisliklar uchun qabul eʼlon qilindi: Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi; Maktabgacha taʼlim tashkiloti yordamchi tarbiyachisi; Musiqa rahbari; Jismoniy tarbiya va sport; Maktabgacha taʼlim tashkiloti xoreografiyasi Kutubxonashunoslik; Oshpazlik, qandolatchilik; Maktabgacha taʼlim tashkilotlari maishiy masalalar boʻyicha menejeri. Abituriyentlarni roʻyxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz saytida “Professional taʼlim muassasalariga qabul” boʻlimi orqali amalga oshirilmoqda. Roʻyxatga olish 10-sentabrga qadar (10-sentabr kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 10-sentabrga qadar oʻz maʼlumotlarini oʻzgartirishlari mumkin. Pedagogika kollejlariga qabul jarayoni boʻyicha pedagogika kollejlarining direktorlariga murojaat qishingiz mumkin. Пед коллеж директорлари.xlsx

Maktabgacha ta'lim agentligi
5 yil ish stajiga ega boʻlgan xodimlarni OTMga suhbat asosida qabul qilish uchun tavsiyanoma beradigan tashkilotlar roʻyxati tasdiqlandi

Davlat qabul komissiyasi qarori bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega boʻlgan vazirlik, idora va yirik birlashmalari roʻyxati tasdiqlandi. Maktabgacha taʼlim vazirligi tavsiyanomasiga ega boʻlgan talabgorlar 2022-yil 8-avgustdan 22-avgustgacha (shu kuni ham) Davlat test markazining maxsus elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtkaziladi. Maktabgacha taʼlim vazirligi tavsiyanomasini olish uchun maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan oʻrta maxsus maʼlumotli xodimlar (MTT pedagog kadrlari va hududiy boʻlinmalarning hisobchilari) 2022-yil 11-avgustidan – 2022-yil 16-avgust kuniga qadar hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari mumkin: Pasport yoki ID karta nusxasi; Oʻrta maxsus maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom nusxasi; Mehnat daftarchasining nusxasi; Faoliyati davomida erishgan yutuqlari (faxriy yorliq, sertifikat, diplomlarning nusxalari). Amaldagi tartibga koʻra, 5 yil ish stajiga ega boʻlgan va ushbu tashkilotlardan tavsiyanoma olganlar OTMga suhbat asosida qabul qilinadi. Suhbat jarayoni avgust oyining soʻnggida OTMlar tomonidan tashkil etiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Planet One Group” (BAA) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv

Joriy yil 11-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligida Planet One Group Bosh direktori janob Dipak Balaji bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda respublika hududida maktabgacha taʼlim sohasida yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun arab kompaniyasi tomonidan xalqaro moliya institutlarining kredit mablagʻlarini jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Xorijiy delegatsiya rahbari majlis ishtirokchilarini qutlar ekan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahnamoligida va uning diqqat-eʼtibori ostida keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yuksak baholadi. Jumladan, janob Dipak Balajining fikricha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida respublikada maktabgacha taʼlim sohasida salmoqli natijalarga erishildi va 2017-yilda alohida Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil topgani ushbu sohada yangi ilgʻor va innovatsion yechimlar paydo boʻlishiga, shuningdek, 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 2017-yildagi 27,7 foizdan 2022-yilning birinchi yarmida 69,4 foizga oshishiga koʻmaklashdi. Uchrashuv doirasida janob Dipak Balaji Maktabgacha taʼlim vazirligiga BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishda tegishli qoʻshma loyihalarni ishlab chiqish orqali yordam berishga tayyorligini bildirdi. Uchrashuvda “Planet One Group” kompaniyasi rahbariyati shu yilning noyabr oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va oʻqitish boʻyicha ikkinchi butunjahon konferensiyasi” doirasidagi har qanday birgalikdagi saʼy-harakatlarda faol ishtirok etishi va tegishlicha moliyaviy hissa qoʻshishi haqida kelishib olindi. Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar birgalikdagi harakatlarni, shu jumladan, quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi: – ixtisoslashtirilgan va koʻp tarmoqli maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish, jihozlash va xodimlarining malakasini oshirish; – yangi, innovatsion, raqamli maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish; – STEAM dasturi doirasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish.    

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
“Maktabgacha taʼlim sifati: joriy holat va istiqboldagi vazifalar” mavzusida anʼanaviy Аvgust konferensiyasi

Joriy yilning 9-10-avgust kunlari Toshkent shahrida joylashgan Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida anʼanaviy Аvgust konferensiyasi boʻlib oʻtdi.   Ushbu anʼanaviy Аvgust konferensiyasini tashkil etishdan asosiy maqsad: Maktabgacha taʼlim tizimida oʻtkazilayotgan ijtimoy-iqtisodiy islohotlar, xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni joriy etishdir.   Anʼanaviy Аvgust konferensiyasining Respublika bosqichida quyidagi asosiy masalalar koʻrib chiqildi:   - Maktabgacha taʼlimda amalga oshirilayotgan islohotlar;   - Maktabgacha taʼlim tizimida 2021/2022-oʻquv yilida bajarilishi belgilangan asosiy vazifalar sarhisobi;   -Maktabgacha taʼlim tizimi rahbar va pedagog kadrlari faoliyati sifatini oshirish;   - Takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat dasturining mazmuni;   -Maktabgacha taʼlim tizimida 2022/2023-oʻquv yilidagi asosiy vazifalar.   Anʼanaviy Avgust konferensiyasining Respublika bosqichida hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari hamda tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari rahbar va mutaxassislari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va metodistlaridan iborat 150 nafar tinglovchi ishtirok etishdi.   Anʼanaviy Avgust konferensiyasining 150 nafar tinglovchilari 30 kishilik 5 ta guruhga boʻlinib, har bir guruhda ikki kun davomida tinglovchilar uchun malakali mutaxassislardan tashkil topgan 20 nafar maʼruzachilar tomonidan har biri 30 daqiqali 14 ta mavzudan iborat mashgʻulotlar olib borildi.   2 kunlik konferensiya davomida,   Maktabgacha taʼlimga oid oʻquv-meʼyoriy hujjatlar va ularning yuritilishi;   Bolalar salomatligini taʼminlashdagi asosiy vazifalar;   Bolalik akademiyasi - pedagoglar, ota-onalar hamda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun moslashuvchan va koʻnikmalarga asoslangan taʼlim manbalari;   Maktabgacha taʼlim sifatini oshirishning dolzarb masalalari;   Pedagog kadrlar tarkibi sifati va ularni kasbiy rivojlantirish masalalari;   Maktabgacha taʼlimda innovatsiyalar;   Maktabgacha taʼlimda boshqaruv kadrlari salohiyatini oshirish vazifalari;   Maktabgacha taʼlim tashkilotlari amaliyotchi psixologlarining faoliyati samaradorligi;   Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil yetishning dolzarbligi;   Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni samarali tashkil etish kabi mavzularida guruhlarga boʻlinib ishlandi.   Anʼanaviy Avgust konferensiyasi yakunida vazirlik rahbariyati tomonidan tinlovchilarga sertifikatlar topshirildi hamda 2021/2022-oʻquv yilida samarali faoliyat olib borgan rahbar va pedagog kadrlar ragʻbatlantirildi.   Shuningdek, 2 kunlik konferensiya yakunlari yuzasidan Maktabgach taʼlim vazirligi Axborot xizmati tomonidan “Maktabgacha taʼlim tizimida taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqish” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda jurnalist, blogerlar, soha mutasaddilari ishtirok etishib konferensiya doirasidagi sohadagi taʼlim sifati yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim tizimi boʻyicha tahliliy MAʼLUMOTNOMA

Bugungi kunda ilmiy kuzatish va tadqiqotlar natijasida inson oʻz hayoti davomida oladigan barcha maʼlumotning yetmish foizini besh yoshgacha boʻlgan davrda olib ulgurishi aniqlangan. Darhaqiqat, bu davrda inson bolasi dunyoni anglaydi, oʻz ona tilini oʻzlashtiradi, ota-ona, oila, mahalla, Vatanga mehri uygʻonadi, umr davomida oladigan bilimlarga zamin hozirlaydi. Shu bois mamlakatimizda aynan maktabgacha taʼlim uzluksiz taʼlim tizimining ajralmas boʻlagiga, taʼbir joiz boʻlsa, uning debochasiga aylanganligining guvohi boʻlib kelmoqdamiz. Xususan, tizim tashkil etilgandan keyin, yaʼni 2017-2021-yillarda amalga oshirilgan ishlarning naqadar sezilarli oʻsganligini koʻrishimiz mumkin. Misol tariqasida quyidagi raqamlarga ahamiyat qaratsak: 2017-yilda respublika boʻyicha 5 211 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari soniga nisbatan besh barobarga oshib, hozir kunda 28 012 tani tashkil etmoqda. 2017-yilda maktabgacha taʼlim tizimiga ajratilgan mablagʻlar jami 2,0 trln.soʻmni tashkil etgan boʻlsa, 2022-yil uchun esa 9,5 trln.soʻm mablagʻ ajratildi. 2017-2022-yillarda bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi ikki barobardan oshdi. Jumladan, 2017 yilda maktabgacha yoshdagi bolalarning 708 ming nafari maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan boʻlsa, bugungi kunga bolalarning qamrab olinishi 1 mln 960 ming nafarga (69,4 foiz) yetdi. Maktabgacha taʼlim tizimida yana bir qulaylik yaratildiki unda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun bepul maktabgacha taʼlimning muqobil turlari joriy etildi. Jumladan: • «Aqlvoy» loyihasi doirasida respublikadagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlmagan hamda qamrov koʻrsatkichlari past boʻlgan 142 ta MFYda 7 mingga yaqin bolalarni qamrab oladigan qayta jihozlangan 65 ta avtobuslar negizida 387 ta mobil guruhlar shakllantirildi. • BMTning Xalqaro bolalar fondi YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda tajriba-sinov tariqasida “Turli xil yoshdagi maktabgacha taʼlim guruhlari” (oʻyin guruhlari) muqobil shakli joriy etildi. Maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglar soni 2017-yilda 58 400 nafarni tashkil etgan boʻlsa, hozirgi kunda esa 149 024 nafarni tashkil etmoqda. 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi 96 ta pedagogika kollejlarida jami 54 551 nafar talaba oʻqimoqda. Maktabgacha taʼlim vazirligining tashabbusi bilan Toshkent shahrida Puchon universiteti hamda “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat-byudjet oliy taʼlim muassasalarining filiallari tashkil etildi. Taʼlim va tarbiya jarayonida “Ilk qadam” davlat dasturi qabul qilindi. “Ilk qadam” davlat dasturi asosida 5 ta markaz asosida taʼlim tarbiya ishlari olib borilmoqda. 2018-2021-yillar davomida maktabgacha taʼlim tashkilotlariga “Ilk qadam” dasturi va davlat talablari asosida 3 920 500 ta oʻquv va metodik qoʻllanmalar yetkazib berildi. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan alohida ehtiyojlarga ega boʻlgan bolalarning taʼlim va tarbiyasi ham chetda qolmadi. Inklyuziv taʼlim tamoyillari va imkoniyati cheklangan bolalarga yordam koʻrsatishning yangi imkonlari joriy etildi. Bularni Nukus, Qarshi, Zarafshon shaharlari va Qibray tumanida reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda 74 ta koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlib, unda imkoniyati cheklangan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsoni boʻlgan 6 434 nafar tarbiyalanuvchi taʼlim va tarbiya olishmoqda. 2021-yilda barcha koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari reabilitatsiya asbob uskunalari bilan taʼminlandi. Maktabgacha taʼlim vazirligini rivojlantirish yoʻlida 3 ta Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlari, 20 ta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari, 61 ta Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari ishlab chiqildi. Ushbu sohada ijobiy natijalar nafaqat yurtimizda balki jahon miqyosida eʼtirof etilayotganligi munosabati bilan YUNESKO shafeligi asosida joriy yilning 14-16-noyabr kunlari 200 ga yaqin davlatlar ishtirokida “Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish boʻyicha II Butunjahon konferensiyasi”ni oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqda fuqaro murojaatida bayon  etilishicha, u farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish uchun 2021-yil noyabr oyida ariza bergani, ariza holatini tekshirish bo‘yicha saytga (search.mpe.uz) kirganida navbat ekranda har xil holatda aks etayotgani, bir hafta oldin 17-o‘rinda turgan bo‘lsa, keyinroq tekshirilganda esa 18-o‘ringa tushgani, shuningdek, vazirlikning quyidagi (99871 207-04-07, 99871 207-04-08) ishonch raqamlariga qo‘ng‘iroq qilinganida operator bilan ulanishning imkoni bo‘lmaganidan shikoyat qilingan. So‘nggi paytlarda bu kabi murojaatlar soni keskin ortayotgani alohida urg‘ulangan. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda,  Maktabgacha ta’lim vazirligi quyidagilarni ma'lum qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-sonli qaroriga binoan  bolalar ikki xil turkumga ajratilgan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilinadi.  Bular: — Imtiyozga ega bo‘lgan bolalar, ya’ni ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlari hamda maxsus kontingent (harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari, davlat umumta’lim maktablari pedagog xodimlarining bolalari); — Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega bo‘lmagan bolalar, ya’niy oddiy fuqarolarning bolalari. Yo‘llanma chiqishi tartibi quyidagicha: Maktabgacha ta’lim tashkilotida joy bo‘shagan taqdirda imtiyozli bilan oddiy bola galma galdan qabul qilinadi. Ya’ni 10 ta bo‘sh joy bo‘lsa 5 ta imtiyozli, 5ta imtiyozsiz tarbiyalanuvchi bog‘chaga joylashtiriladi. Bo‘sh o‘rin bitta bo‘lgan taqdirda navbat kimda to‘xtagan bo‘lsa o‘shandan davom etadi. Ro‘yxatga qo‘yishni tekshirish: Ro‘yxatga qo‘yilgandan so‘ng bolaning MTTga joylashish navbatini my.gov.uz hamda search.mpe.uz saytlari orqali tekshirish mumkin. Tekshiruv davomida ikkita navbat ko‘rsatiladi: Birinchisi umumiy navbat, ya’ni nechta maktab yoshiga to‘lmagan bola bo‘lsa barchasining umumiy soni, Ikkinchisi yosh bo‘yicha navbat, bir yosh toifasidagi bolalarning soni. Navbatlar qachon o‘zgaradi: Navbatdagilarning miqdori bolalarning ro‘yxatga qo‘yilishi yoki chiqarilishiga qarab kamayishi, ko‘payishi mumkin. BU qanday yuz beradi? — Maktabgacha ta’lim tashkilotidan joy bo‘shab bola bog‘chaga qabul qilinsa navbat oldinga siljiydi; — Ota ona o‘z hohishi bilan arizasini qaytarib olsa, yoinki belgilangan muddatda farzandini bog‘chaga bermasa navbat qisqaradi; — Bolaning yoshi ulg‘aysa bir yosh toifasidan boshqa yosh toifasiga o‘tsa bir ro‘yxatdan o‘chirilib ikkinchisiga kiritiladi. Bu holat o‘z navbatida qaysidir yoshdagi bolalarning kamayib, qaysidir yoshdagilarining ko‘payishiga olib keladi. Yuqoridagi murojaatga javob ham bolalarning yosh toifalarining o‘zgarishidir.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-sonli qaroriga binoan bolalar ikki xil turkumga ajratilgan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlarga qabul qilinadi.  Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Huquqiy savodxonlik darsi oʻtkazildi

Bugun Maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi huquqiy savodxonlik darsi oʻtkazildi. Unda Yuridik boshqarma boshligʻi tomonidan oʻtayotgan haftada qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi. Xususan, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming soʻmdan 1,5 mln soʻmgacha) jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi. Shuningdek, “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident qarori qabul qilindi Qaror bilan turkiy dunyo doirasida “Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasi tasdiqlandi. Hukumat qarori bilan Oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida sirtqi hamda kechki taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomlar tasdiqlandi. Shu bilan birga Hukumat qarori bilan Oʻzbekiston hududida xizmat safarlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi Nizomga koʻra, xizmat safari muddati tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi. Bunda muddat yoʻldagi vaqtni hisobga olmaganda 30 kalendar kundan koʻp boʻlmasligi lozim. Eng asosiysi, joriy hafta Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik jarayonlarini soddalashtirish va byudjet subsidiyalarini ajratish mexanizmini avtomatlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoni va 2021-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” PQ-128-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son Farmoni asosida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. Qarorni ishlab chiqishdan maqsad maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik jarayonlarini raqamlashtirish orqali ularni soddalashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan subsidiya ajratish mexanizmini avtomatlashtirish. Qarorda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Nodavlat maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimi va “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda “Bolalar bogʻchasi” MTBAT) takomillashtirish doirasida: davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining dastlabki maʼlumotlari (quvvati, hududi, bino va inshootlar maydoni va boshq.) asosida shtatlar jadvalini avtomatik ravishda shakllantirish; maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari va tarbiyalanuvchilarning yagona bazasini shakllantirish; davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining ish vaqtini, shuningdek, tarbiyalanuvchilarning davomatini shaxsni biometrik identifikatsiya qilish uskunalar yordamida hisobga olish va idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda avtomatlashtirish; davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish boʻyicha bitimlarni “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimida elektron shaklda tuzish va elektron raqamli imzo yordamida imzolash; maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bola taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini elektron hisobga olish tizimini joriy etish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ga ota-onalar toʻlovi boʻyicha qarzdorlik (oldindan toʻlov) mavjudligi haqida onlayn-toʻlov billing tizimini qoʻllagan holda har oyda avtomatik ravishda xabarnoma joʻnatish; davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun byudjet subsidiyalari va kompensatsiyalarini hisoblash jarayonini avtomatlashtirish hamda hisoblangan subsidiyalar va kompensatsiyalar hajmi boʻyicha elektron hisob-kitoblarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “UzASBO” axborot tizimiga moliyalashtirish uchun avtomatik tarzda taqdim etish nazarda tutilmoqda. Qarorni amaliyotda qoʻllanilishi orqali davlat byudjeti mablagʻlari iqtisod qilish, DXSH asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga byudjet subsidiyasini ajratish tizimi shaffofligini taʼminlash, korrupsiya holatlari va qogʻozbozlikni oldini olish, shuningdek, tadbirkorlar va fuqarolarga qulayliklar yaratilishiga erishiladi. Qaror qabul qilinishi bilan nodavlat maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimi joriy etilishi natijasida bir yilda oʻrtacha 150 mlrd.soʻm byudjet mablagʻlari iqtisod qilinadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
MTV: 2022-yilning 1-yarim yilligida ichki audit xizmati va komplayens nazorati tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida brifingda hisobot berildi

Bugun Maktabgacha ta’lim vazirligi Ichki audit xizmati va komplayens nazorati boshqarmasi tomonidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi. Taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qoʻyayotgan Oʻzbekiston uchun korrupsiyaning har qanday shakldagi koʻrinishi islohotlar shiddatini susaytirishi bilan xavflidir. Xuddi shuningdek maktabgacha taʼlim tizimidagi korrupsion holatlarning oldini olish kabi qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Fuqarolar tomonidan tizimdagi korrupsion holatlar haqida xabar berilishini osonlashtirish maqsadida @antikorr_mdo nomi bilan telegram kanali tashkil etilib, tarqatma material koʻrinishida barcha Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining kirish eshigiga joylashtirilgan boʻlib, 2021-yil davomida vazirlikka 489 ta murojaat va xatlar kelib tushgan, shundan 218 tasi fuqarolardan, 271 tasi idora va tashkilotlardan kelib tushgan. 2022-yilning I yarim yili davomida vazirlikka 307 ta murojaat va xatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 102 tasi fuqarolardan, 205 tasi idora va tashkilotlardan kelib tushgan murojaatlardir. Oʻtgan davr mobaynida vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens-nazoratini amalga oshirish boshqarmasi xodimlari tomonidan 14 ta holatda aniqlangan qonunbuzilish holatlari Bosh prokuraturaga oshirilgan, 18 ta holatda korrupsion holatlarga aloqadorligi uchun xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan, 8 ta holatda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar oʻtkazilgan, 8 ta holatda intizomiy jazo turlari qoʻllanildi. Shu bilan bir qatorda, bugungi kunda tizimda koʻp uchrayotgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish hamda “inson omili”ni kamaytirish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda: - Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ishlamagan shaxslarga ish haqi hisoblash va yoʻllanmasiz bolalarni noqonuniy qabul qilish va saqlashni oldini olish maqsadida - Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida xodimlar, ishchilar va tarbiyalanuvchilarni hisobga olishning raqamli (Face ID) tizimi joriy etish; - Davlat-xususiy sheriklik asosida bitim imzolashdagi korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida davlat-xususiy sheriklik bitimlarini imzolanish jarayonini elektron tarzda amalga oshirish; - Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan subsidiyalardan maqsadsiz foydalanish holatlarini oldini olish maqsadida tarbiyalanuvchilarni hisobga olishning raqamli (Face ID) tizimini joriy etish va bu tizimdagi axborotni Moliya vazirligi va Maktabgacha taʼlim vazirligi axborot dasturiga integratsiya qilinishini taʼminlash kabi ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Maktabgacha taʼlim sohasida korrupsion holatlarni bartaraf etilishida Maktabgacha taʼlim vazirligining Ichki audit xizmati tomonidan sohada yoʻl qoʻyilgan moliyaviy, huquqiy tomonidan ham ishlar amalga oshirilmoqdaki, natijada 2022-yilning 6 oy davomida hududiy maktabgacha taʼlim boʻlimlari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 188 ta nazorat tadbirlari oʻtkazildi. Oʻrganishlar natijasida quyidagi moliyaviy xato-kamchiliklar aniqlangan: Oʻzlashtirish va kamomadlar – 3,7 mlrd.soʻmni tashkil etgan; Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha 5,6 mlrd.soʻmni tashkil etib, oʻzlashtirishlarning asosiylari quyidagilardan iborat: Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, ish haqiga ajratilgan mablagʻlar asosan: “oʻlik jonlar”ga ish haqi yozish orqali ish haqlarini noqonuniy hisobdan chiqarilgan; ish hajmini toʻliq bajarmagan xodimlarga ortiqcha ish haqi toʻlash; moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini noqonuniy sarflash; plastik kartalarga noqonuniy pullarni oʻtkazish orqali oʻzlashtirish; toʻlov qaydnomalarida qayd etilgan naqd pullarni bermaslik; oʻrindoshlik asosida ishlovchilarga hamda mehnat taʼtillarini notoʻgʻri hisoblash va boshqa holatlarda ortiqcha toʻlovlarga yoʻl qoʻyilgan. Keyingisi, Oziq-ovqat mahsulotlari xarajatlariga ajratilgan mablagʻlarni noqonuniy sarflashi va oʻzlashtirishlarning asosiylari quyidagilardan iborat. Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, oziq-ovqat xarajatlariga ajratilgan mablagʻlar asosan: oziq-ovqat mahsulotlarining ombor va oshxonadagi kamomadi; meʼyorga nisbatan oziq-ovqatlarni ortiqcha hisobdan chiqarish; taomnomaga nisbatan hisobotlarda ortiqcha hisobdan chiqarish; yetkazib berilgan mahsulotga nisbatan ortiqcha mablagʻ oʻtkazish va boshqalar. Shuningdek, Davlat xususiy sherikchilik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati uchun byudjetdan ajratilgan subsidiya mablagʻlari ortiqcha sarflanishi – 8,7 mlrd.soʻmni tashkil etib noqonuniy moliyalashtirilish quyidagilardan iborat. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-maydagi 378-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida Nizom” talablariga amal qilmagan holda Oilaviy NMTTlariga 3 yoshga toʻlmagan va 7 yoshdan katta bolalar uchun subsidiya ajratish; Bitim imzolanmagan davr uchun subsidiya ajratish; Umuman va vaqtincha faoliyat yuritmagan davr uchun subsidiya ajratish; Moliya organlari tomonidan subsidiya olish uchun NTMMlar tomonidan buyurtmanomani tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari bilan kelishmagan boʻlsalarda subsidiya ajratish kabi holatlarga yoʻl qoʻyilgan. Navbatdagi qonun buzilishi holati Xaridlarning raqobatga asoslangan usullarini chetlab oʻtib, “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun talablariga zid ravishda 3,8 mlrd. soʻmlik shartnomalar tuzilganligida kuzatilgan. Ayrim holatlarda auksion xaridlar oʻrniga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish yoki maxsus axborot portaliga eʼlonlarni joylashtirmasdan xarid qilingan. Manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilib komissiya aʼzolariga tegishli tadbirkorlik subyektidan xaridlar amalga oshirilgan. Shuningdek, Byudjet va tashkilot hisobiga qoʻshimcha hisoblangan daromadlar 2,1 mlrd.soʻmni tashkil etgan. ortiqcha boyliklarni kirim qilish, asossiz hisoblanmagan badal toʻlovlarini hisoblash, asossiz hisoblangan kreditor qarzdorliklarni kamaytirish, asossiz hisobdan chiqarilgan mulkni qayta kirim qildirish, mulkni sotishdan tushgan mablagʻlarni 50%ni mahalliy byudjetga yoʻnaltirish kabi yoʻllar bilan byudjet va maktabgacha taʼlim tashkiloti foydasiga qoʻshimcha hisoblandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi «Toma» mahallasida joylashgan 24-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan noxush voqea yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Dastlabki o‘rganish bo‘yicha, ushbu tashkilotning 5 yoshli tarbiyalanuvchisi Sh.A. 2022-yil 3-avgust kuni tushlikdan keyin soat 12:20 larda o‘zini g‘alati tuta boshlagan. Holatni payqagan tarbiyachi zudlik bilan hamshira xabar bergan. Hamshira birinchi yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng Xonqa tumani Tibbiyot birlashmasining Tez tibbiy yordami chaqirilgan va tarbiyalanuvchining ota-onasiga xabar yuborilgan. Biroq Tez tibbiy yordam xodimlarining urinishlariga qaramay bolaning o‘limi qayd etildi.  Boshqarma ishchi guruhi va Xonqa tumani huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar bilan o‘tkazilgan surishtiruv davomida tarbiyalanuvchining otasi farzandining epilepsiya kasalligi borligini ta’kidlagan.  Hozirda ushbu holat bo‘yicha, Xonqa tumani huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganishlar yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Вид сайта
Размер шрифта