Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani 23-sonli DMTT bo‘yicha ma’lumot

news-detail

 

2022-yilning 21-iyul kuni Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida baxtsiz hodisa sodir boʻlib, uning oqibatida 23-sonli davlat maktabgacha taʻlim tashkilotining 4 yoshli tarbiyalanuvchisi Abdupattoyev Muhammad Akbar vafot etdi.

Mazkur maʼlumot Maktabgacha taʼlim vazirligiga kelib tushishi bilanoq, barcha holatlarga oydinlik kiritish maqsadida, zudlik bilan kompleks tekshirish ishlari boshlandi. Tekshiruv davomida shu narsa aniq bo’ldiki, ushbu tashkilot xodimlari kasbiy faoliyati jarayonida qoʻpol qoidabuzarliklarga yo’l qo’ygan. Jumladan, bolalarning bog’cha hududidan ruxsatsiz chiqib ketishlariga beparvo qarashgan.

Baxtsiz hodisa sodir bo’lgan kun soat taxminan 08:30 larda Abdupattoyev Muhammad Akbarni katta opasi 23-sonli DMTT tarbiyalovchilari ixtiyoriga olib kelib tashlab ketgan. Oradan ma’lum vaqt o’tgach, mazkur maktabgacha taʻlim tashkiloti tarbiyachilari va rahbarining beparvo va loqayd munosabati oqibatida tarbiyalanuvchi MTT hududidan ruxsatsiz chiqib, opasining orqasidan yugurgan. Harakat oqibatida baxtsiz tasodif bilan sirpanib, uyi yaqinidan oqib o’tuvchi  “Sobirjon” daryosiga yiqilib tushgan va natijada choʻkib ketgan.

Maktabgacha taʼlim vazirligi ishchi guruhi tomonidan oʻtkazilgan tekshirish jarayonida bola bogʻcha hududidan bir necha bor ruxsatsiz chiqib ketgani, biroq bogʻcha xodimlari buni yuqori idoralardan yashirib, bundan hech qanday xulosa chiqarmagani maʼlum boʻldi.

Yuqoridagi holatlar inobatga olinib, tashkilot pedagoglari va rahbarining ehtiyotsizligi hamda loqayd munosabati bolaning oʻlimiga sabab boʻlgani, shuningdek, ushbu maktabgacha taʻlim muassasasi rahbarining faoliyatini tashkil etishda bir qator boshqa huquqbuzarliklar aniqlandi va barcha materiallar zudlik bilan huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Natijada huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ushbu maktabgacha taʻlim tashkilotining barcha mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan JK-167-modda 2-qismi “g” bandi va JK-116-modda 3-qismi bilan tergovga qadar jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʻlim vazirligi Muhammad Akbarning oila aʻzolariga chuqur hamdardlik bildiradi. Ularning farzandini hech narsa bilan qaytarishning iloji yoʻqligiga qaramay, aybdorlar jazolanishi shart va albatta jazolanadilar. Bundan keyin ham tizimda shu va shunga o’xshash holatlarning oldini olish uchun barcha choralar koʻriladi.

Shu o’rinda, Maktabgacha taʻlim vazirligi tuman maktabgacha taʻlim boʻlimlari mudirlarini, maktabgacha taʻlim tashkilotlari rahbarlarini, pedagoglar, tarbiyachilar va tarbiyachilar yordamchilarini ogohlantiradi:

Agar tarbiyalanuvchilarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish va oʻz kasbiy majburiyatlariga beparvo ravishda qarash oqibatida bolaning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi yoki oʻlimiga sabab boʻluvchi hodisalar yuz bersa, huquqni muhofaza qilish organlar bilan yaqin hamkorlikda belgilangan tartibda eng qat’iy choralar koʻriladi.

Tarbiyalanuvchilarni har qanday sharoitda yolgʻiz va qarovsiz qoldirish qatʻiyan man etiladi, shuningdek, tarbiyalanuvchilar MTT dan chiqib ketayotganda, ularni ota-onalariga yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga shaxsan topshirilishi kerak.

Yana bir bor takrorlaymiz - bolaning hayoti va sogʻligʻidan qimmatroq narsa yoʻq!

Shu bilan birga, ota-onalarga ham tarbiyalanuvchilarni MTTga qabul qilish va tark etish qoidalariga rioya qilishlari kerakligini eslatib oʻtamiz. Bunda ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bolani shaxsan tarbiyachiga topshirishlari va kun oxirida olib ketishlari lozim.

 

Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati 

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта