Maktabgacha ta’lim tashkilotida "Bolalar uchun innovasiyalar" dasturining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, u yerda bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion uskunalar namoyish etildi. Bu jarayonga aqliy va jismoniy ko‘nikmalarni jalb qilish orqali bolalarning qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Ushbu uskunalar yordamida bolalar ko‘llar, tog‘lar, qumdagi vulqonlar bilan olamni, atrofdagi muhitni, jo‘g‘rofiyani, yerning tuzilishini, ranglar va shakllarni o‘rganadi. Aqlli oyna uskunalari nutq terapiyasi va defektologik vazifalar bajarishda, shuningdek, nutqda buzilishi bo‘lgan bolalarga yordam berish uchun joriy etilgan. "Magnum" interaktiv gilamcha o‘z ichiga o‘yinlar va zamonaviy texnologiyalarni birlashtirib, bolaning tasavvurini va fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.
Taqdimotdan so‘ng vazir Mustaqillik kuni arafasida ochilgan yangi MTTni ko‘zdan kechirdi. Ma'lumot uchun, 360 o‘rinli bog‘cha, investitsiya dasturi asosida, 9,300,758,191 so‘mga qaytadan qurilgan.
Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati