Mustaqillik bayrami arafasida Yakkasaroy tumanida uchta yangi maktabgacha ta'lim tashkilotlarining faoliyati yo'lga qo'yildi

news-detail

Tuman Maktabgacha taʼlim bo‘limi tasarrufidagi “Laylakcha” nomli 300-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti qayta ochildi. 

1976-yildan mavjud bo’lgan mazkur tashkilot endilikda yangicha usulda rekonstruksiya qilinib, qayta jihozlandi.  

“Laylakcha” bog’chasining rekonstruksiyasi uchun mahalli byudjetdan qariyb 3 mlrd. 424 million so’m ajratilgan.

Ayni vaqtda ushbu bog’cha 360 nafar bolani o’z bag’riga sig’dira oladi. 

Shuningdek, tumanda “AYIQCHA” nomli yangi 100-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ham o’z faoliyatini boshladi. 

яккасарой3.jpg

Mazkur tashkilot 1932-yilda tashkil qilingan bo’lib, shu kungacha 300 o’ringa ixtisoslashgan edi. Endilikda tashkilot hududidagi eski binolar buzilib, joyiga yangilari qurildi va bola o’rni 60 taga oshirilib, 360 ta o'ringa yetkazildi. 

Ma’lumot uchun, “AYIQCHA" nomli bolalar bog’chasini qurish va qayta rekonstruksiya qilish uchun davlat byudjetidan 9 300 758 191 so‘m mablag‘ ajratilgan. 

яккасарой2.jpg

Tuman maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi “Sog’lomjon” nomli 250-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ham mahalliy byudjet hisobidan joriy ta’mirlandi. Ushbu tashkilot 1992-yilda qurilgan bo’lib, rekonstruksiyadan avval 330 o’rinli edi. Endilikda bola sig’imi 420 o’ringa yetkazildi.

яккасарой1.jpg

Ta’kidlash kerakki, qayta qurish va ta’mirlash jaronida har uchala bog’chaning yozgi o‘yingohlari to‘liq rezina qoplama hamda chim bilan qoplandi. Ayni vaqtda mazkur MTTlarda bolalar yotoqxonasi, tibbiyot xonasi, musiqa zali, kir yuvish xonasi, futbol va basketbol maydonchalari hamda bolalar suzish xavzasi tashkil qilingan.

Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта