MTV: Ma’naviyat soatida mustaqillik ne’matlari tarannum etildi

news-detail

Barchamizga ma’lumki xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligini munosib kutib olish va ushbu qutlug‘ sanani yuksak darajada nishonlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida” Prezidentning 2022-yil 1-avgustdagi PQ-340-son qarori qabul qilingan bo‘lib, ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilayotganligi quvonarli holdir.

photo_2022-08-26_10-19-15 (2).jpg

Aynan shu kabi targ‘ibot-tashviqot ishlaridani biri bugun Maktabgacha ta’lim vazirligi markaziy apparatida “Mustaqillik - eng ulug‘ va eng aziz ne’mat” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirga Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori F.Muxitdinova hamda O‘zbekiston fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor M.Baratovlar ishtirok etishdi.

photo_2022-08-26_10-19-15 (3).jpg

Uchrashuv avvalida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari X.Bo‘riyev mustaqillik buyuk ne’mat ekanligi, istiqlol yillarida ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklanganligi,  Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yuragimizning tub-tubidan o‘rin olganligini ta’kidladi.

photo_2022-08-26_10-19-16 (2).jpg

Uchrashuv davomida vazirlikka tashrif buyurgan mehmonlar “O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi mavqei, mustaqillik, ozodlik, ayolning jamiyatdagi o‘rni, ustoz va murabbiyning inson hayotidagi ta’siri, tinchlik” kabi mavzularda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar haqida hayotiy misollar bilan nutq so‘zlashdi.

photo_2022-08-26_10-19-16.jpg

Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта