MTV: “Maktabgacha ta’lim tizimidagi muammolar va ularning yechimlari borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi

news-detail

Bugun Milliy matbuot markazi binosida “Maktabgacha ta’lim tizimidagi muammolar va ularning yechimlari borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusidagi matbuot anjumani o‘tkazildi.

photo_2022-08-23_16-16-55.jpg

Unda  tizimdagi muammolar va ularning yechimlari, erishilgan ijobiy ko‘rsatkichlar haqida hisobot berildi, ular quyidagilardan iborat:

Vazifalar

-Vazirlar Mahkamasining nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga subsidiyalar va kompensasiyalar to‘lash tartibini belgilash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

-Nodavlat xususiy sektorni qo‘llab quvvatlash maqsadida zarur kredit va subsidiyalarni ajratish choralarini ko‘rish.

-Oliy ta’lim muassasalarining 8 814 nafar maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarini maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ishga yo‘llanma asosida yuborish choralarini ko‘rish.

-Maktabgacha ta’lim tizimida o‘tgan davrda xodimlarning mehnatiga haq to‘lashni yaxshilashga alohida e’tibor qaratish, buning uchun Moliya vazirligiga kiritilgan taklif xatidagi, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktori, pedagog xodimlari va tarbiyachi yordamchisi lavozim maoshlarini qayd etilgan miqdorlarda oshirish uchun davlat byudjetidan o‘rtacha 2,9 trln. so‘m mablag‘ talab etilgan mablag‘larni ajratilishi yuzasidan choralarni ko‘rish.

photo_2022-08-23_16-16-58.jpg

Ijobiy natijalar

-2022 yilning birinchi yarmida Maktabgacha ta’lim vazirligi tashabbusi bilan jami 5 ta normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi.

-Bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari hamda sohalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan majlislar bayonlarida yuklatilgan jami 412 ta topshiriqdan 362 tasi bajarildi, 50 tasi belgilangan muddatda bajarish choralari ko‘rilmoqda.

-Qabul qilingan hujjatlarga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 28 012 taga yetkazildi. 3-7 yoshli bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi ko‘rsatkich 69,4 foizga va 6 yoshli bolalarning maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrovi 84 foizga yetkazildi.

-5 060 quvvatga ega 46 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi hamda 11 970 quvvatga ega 342 ta oilaviy shakldagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

-Namangan va Qo‘qon shaharlarida tajriba-sinov tariqasida 1 400 nafardan ortiq maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish bo‘yicha maktabgacha ta’lim klasterlari faoliyatini tashkil etildi.

-Subsidiya va kompensasiyalarni ajratish jarayonini raqamlashtirish, bunda inson va korrupsion omillarini yo‘qotish maqsadida “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi tajriba sinovdan o‘tkazildi.

-28 245 nafar Pedagogika kollejlari bitiruvchilaridan 21 915 nafari ish bilan ta’minlandi.

photo_2022-08-23_16-16-59.jpg

Muammolar

-Maktabgacha ta’limning nodavlat sektorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Davlat byudjetidan ajratilayotgan subsidiya va kompensasiyalar samarali va maqsadli ishlatilmayapti. Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi byudjetdan subsidiyalar ajratilishida 7,4 mlrd so‘m miqdoridagi kamchiliklar aniqlandi. Mazkur jarayonlar to‘liq raqamlashtirilmaganligi sababli vujudga kelgan. Hozirda bu muammoning yechimi sifatida 1 sentyabrdan boshlab butun respublika bo‘ylab axborot tizimi ishga tushiriladi va bunday holatlarning keskin kamayishiga sabab bo‘ladi.

photo_2022-08-23_16-17-02.jpg

-Respublikaning 41 ta tuman (shahar) larida qamrov darajasi 60 foizdan past. Jumladan, Chiroqchi (32,8%), Qamashi (41,5%), Kitob (41%), Yangiyo‘l (45,3%) va Denov (44,9%) tumanlarida qamrov darajasi past bo‘lib qolmoqda.

-Maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagoglarning 34,5 foizi oliy ma’lumotga ega ekanligi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir qilmoqda. Bu ko‘rsatkich Toshkent viloyatida
24,6 foizi, Sirdaryo viloyatida 26,4 foizi va Namangan viloyatida 27,8 foizi tashkil etadi.

-Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining mehnatiga haq to‘lanishini ijobiy o‘zgartirish uchun olib borilayotgan ishlar yakuniga yetmagan.

photo_2022-08-23_16-17-03.jpg

Bugungi kundagi tizimdagi eng dolzarb muammolardan biri bu-tizim xodimlarining mehnatiga haq to‘lashni oshirish uchun olib borilayotgan ishlar ekanligi hamda matbuot anjumani davomida o‘tgan yillar davomida olib borilgan ijobiy o‘zgarishlar haqida ham anjuman davomida aytib o‘tildi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimida o‘tgan davrda xodimlarning mehnatiga haq to‘lashni yaxshilashga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan,
2018 yil yanvar holatiga tarbiyachining oylik ish haqi uning ma’lumoti va malaka toifasiga mos ravishda o‘rta maxsus bo‘lganda – 617 171 so‘m, oliy ma’lumotli bo‘lganda – 668 356 so‘m, ikkinchi malaka toifali bo‘lganda – 722 815 so‘m, birinchi malaka toifali bo‘lganda – 779 554 so‘m va oliy malaka toifali bo‘lganda 838 649 so‘mni tashkil etganligi;

photo_2022-08-23_16-17-05.jpg

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevraldagi PQ-3571-sonli qaroriga asosan 2018 yil 1 martdan boshlab tarbiyachining oylik ish haqi 30 foizga, oliy ma’lumotli tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachining oylik ish haqi yana 30 foizga oshirilganligi;

 -bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq 2018 yil yanvardan boshlab hozirgi kunga qadar, byudjet tashkilotlari xodimlarining, jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hodimlarining oylik ish haqlari 5 marta oshirilib, shu davrda tarbiyachining oylik ish haqi 50% oshirilganligi;

-bugungi kunga kelib, 3-5 yoshli bolalar guruhlarida ishlovchi tarbiyachining oylik ish haqi o‘rta maxsus bo‘lganda – 1 506 229 so‘m, oliy ma’lumotli bo‘lganda – 1 631 200 so‘m, ikkinchi malaka toifali bo‘lganda – 1 764 116 so‘m, birinchi malaka toifali bo‘lganda – 1 902 593 so‘m va oliy malaka toifali bo‘lganda 2 046 822 so‘mni tashkil etayotganligi;

photo_2022-08-23_16-20-11.jpg

-tayyorlov guruhi (5-7 yoshli bolalar guruhi) tarbiyachisining oylik ish haqi oliy ma’lumotli bo‘lganda – 2 341 247 so‘m, ikkinchi malaka toifali bo‘lganda –
2 507 193 so‘m, birinchi malaka toifali bo‘lganda – 2 677 369 so‘m va oliy malaka toifali bo‘lganda – 2 840 329 so‘mni tashkil etayotganligi haqida ma’lumot berildi.

Shu bilan birgalikda, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori, pedagog xodimlari va tarbiyachi yordamchisi lavozim maoshini ikki bosqichda oshirish bo‘yicha taklif ishlab chiqilib, unga ko‘ra:

-direktor lavozim maoshini 2 bosqichda 60%gacha oshirish (2 251 505 so‘mdan 3 584 000 so‘mga);

-o‘qituvchi, psixolog va oliy ma’lumotli tayyorlov guruhi tarbiyachisi lavozim maoshini malaka toifasiga qarab bir bosqichda 10-25% oshirgan holda maktab o‘qituvchisi lavozim maoshiga tenglashtirish (2 341 248 so‘mdan 2 576 000 so‘mga);

-tarbiyachi-metodist va tarbiyachilar lavozim maoshini malaka toifasiga qarab ikki bosqichda 60-74% (oliy ma’lumotli bo‘lganda 1 631 200 so‘mdan 2 576 000 so‘mga);

-tarbiyachi yordamchisi lavozim maoshini ikki bosqichda 70% oshirish (1 374 624 so‘mdan 2 324 000 so‘mga) ko‘zda tutilganligi ham soha mutaxassislari tomonidan aytib o‘tilib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktori, pedagog xodimlari va tarbiyachi yordamchisi lavozim maoshlarini qayd etilgan miqdorlarda oshirish uchun davlat byudjetidan o‘rtacha 2,9 trln. so‘m mablag‘ talab etilayotganligi ta’kidlandi.

 

Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта