MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN TADBIRKORLAR DIQQATIGA!!!

news-detail

 

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda davlat-sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (keyingi o‘rinlarda – MTT) xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomatini “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi orqali elektron yo‘qlama qilish jarayoni bo‘yicha ko‘plab tushunmovchiliklar va e’tirozlar vujudga kelmoqda.

Ushbu masalaga oydinlik kiritish va muammolarning ildizini aniqlashtirish maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

1. Nodavlat maktabgacha ta’lim sektorini rivojlantirish va kengaytirish hamda davlat-sheriklik asosidagi MTTni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga asosan davlat-sheriklik asosidagi MTTga qator subsidiyalar ajratilib kelinmoqda. 2021 yilda subsidiya uchun 1,2 trln.so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2022 yilda ushbu ko‘rsatkich 1,5 trln.so‘mni tashkil etishi kutilmoqda.

 

Biroq, ushbu subsidiyani olish uchun ayrim tadbirkorlar tomonidan tarbiyalanuvchilar soni va ularning MTTga davomat etgan kunlarini sun’iy ravishda oshirib, hisobotlarni sohtalashtirish holatlari ko‘plab aniqlanmoqda. Bu esa davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanishda to‘siqlik qilmoqda.

Misol uchun, 2022 yilning 1-yarmida o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining bir qator tumanlarida davlat-xususiy sheriklik asosidagi MTTlar tomonidan subsidiyalarni noqonuniy o‘zlashtirish holatlari aniqlangan.

2. Ushbu holatni bartaraf etish hamda subsidiya jarayonlarini raqamlashtirish orqali uni shaffofligini ta’minlash, ushbu jarayonlarda inson omilini yo‘qotish orqali tadbirkorlar uchun byurokratik to‘sqinlar va korrupsion faktorlarini bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qator qarorlariga asosan davlat-sheriklik asosidagi MTTlarda xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomatini orqali elektron yo‘qlama qilish va subsidiya hajmini har bir tadbirkor uchun alohida hisoblab, to‘lashga mo‘ljallangan “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi va uning mobil ilovasi ishlab chiqildi.

Ushbu tizim va mobil ilova 2022-yilning 1 iyunidan boshlab respublikamizning barcha hududlardagi DXSH asosidagi MTTlariga sinov tariqasida foydalanish uchun joriy etildi va doimiy ravishda takomillashtirilib kelindi (shuning uchun hozirgi kungacha mobil ilovaning bir nechta takomillashtirilgan talqinlari (versiyalari) ishlab chiqildi).

Afsuski, ushbu jarayonida ayrim “ishbilarmon” tadbirkorlar MTTlarga haqiqatga kelmagan bolalarni ularning fotosuratlari orqali yo‘qlama qilish va MTT hududidan tashqariga chiqqan (yoki boshqa MTTga borgan) holda bolalar davomatini yo‘qlama qilish orqali tizimni “aldash” holatlari ko‘plab aniqlandi.

3. Byudjet mablag‘larining noqonuniy o‘zlashtirilishini oldini olish maqsadida axborot tizimining mobil ilovasi yanada takimollashtirildi: davomatni elektron yo‘qlama qilish uchun har bir MTTning aniq joylashinuvi (geolokasiyasi)ni ko‘rsatish va odamning haqiqiyligini (fotosurat emasligini) aniqlovchi funksiyalar qo‘shildi.

Biroq, ushbu mobil ilovadan foydalanishda ham ko‘plab tadbirkorlarda muammolar kuzatilmoqda. Buning sabablari quyidagicha:

a) ko‘plab tadbirkorlarlar axborot tizimda MTTning aniq joylashuvini (geolokasiyasini) umuman ko‘rsatmagan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatgan.

Ma’lumot uchun: axborot tizimi 3 oy ilgari joriy etilgan bo‘lsada,
2022-yilning 7-sentyabriga qadar 3,3 mingta davlat-xususiy sheriklik asosidagi MTTlarning lokasiyasi hanuzgacha belgilanmagan. Shundan 1,0 mingtasi (30 %) Qashqadaryo viloyatida belgilanmagan.

b) MTTning aniq joylashuvini (geolokasiyasini) belgilash, MTT va uning xodimlari to‘g‘risida ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritish uchun tadbirkorlar o‘zning Elektron raqamli imzosidan foydalanishi zarur.

Biroq, ayrim tadbirkorlar o‘z Elektron raqamli imzosidan mustaqqil foydalanish ko‘nikmalarga yega emasligi sababli, geolokasiya va boshqa ma’lumotlarni axborot tizimiga kirita olmayotganligi aniqlanmoqda.

v) MTTga kelmagan tarbiyalanuvchi va xodimning davomatini fotosuratidan yo‘qlama qilish imkoniyatini bartaraf etish uchun axborot tizim va uning mobil ilovasi funksiyalari yanada kuchaytirildi.

Bu holatda, texnik imkoniyatlari past bo‘lgan ayrim mobil telefonlar mobil ilovani ishlata olmasligi mumkin. Chunki, faqatgina axborot tizimi imkoniyatlarini kengaytirish orqali odamning realligini aniqlab bo‘lmaydi, buning uchun telefonning texnik imkoniyatlari ham yetarli bo‘lishi zarur. Buni to‘g‘ri tushunishingizlarni so‘raymiz.

4. Biz tadbirkorlarning xarajati oshishiga tarafdor emasmiz. Biroq, axborot tizimi imkoniyatlarini passaytirsak, yana fotosuratdan yo‘qlama qilish davom etiladi va subsidiyaning noqonuniy o‘zlashtirilishiga olib keladi. Bunday holatlarga yo‘l qo‘yilishiga hech kimning haqqi yo‘q.

Shunga qadar barcha tadbirkorlardan MTT lokasiyasini to‘g‘ri belgilab olishingizni hamda MTT va xodimlarga tegishli barcha ma’lumotlarni to‘liq va sifatli axborot tizimiga kiritishini so‘raymiz. Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning quyi boshqarma va bo‘limlari xodimlari sizlarga bu yo‘nalishda har qanday ko‘mak berishga doim tayyor.

Savollaringiz bo‘lganda, maktabgacha ta’lim vazirligining rasmiy veb-saytida mpe.uz orqali quyida mutasaddi xodimlarning telefonlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

 сайтга рақамлар.jpg

(Izoh: Yuqoridagi xodimlarning raqamlariga haftaning ish kunlarida soat 9-00 dan 18-00ga qadar qo'ng'iroq qilishingiz tavsiya etiladi )

Bundan tashqari, bir necha kun davomida axborot tizimidagi muammolar sababli hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 sentyabrgacha tizimga barcha ma’lumotlarni to‘g‘ri va to‘liq kiritgan tadbirkorlar mablag‘ yo‘qotishiga yo‘l qo‘yimaydi. Har qanday vaziyatda halol faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanadi. Buning uchun biz barcha choralar ko‘rishimizni ma’lum qilamiz.

Yuqoridagilarni to‘g‘ri qabul qilib, subsidiyalar ajratish tizimini raqamlashtirish orqali uni shaffoflashtirish va byurokratik to‘sqinlarni yo‘qotish yo‘lida o‘z hissangizni qo‘shishga sizlarni chorlaymiz.

 

O‘zbekiston Respublikasi

Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

 

 

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта