Uchqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Fayzobod” mahallasida 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Tashkilot 1957-yilda qurilgan bo‘lib, rekonstruksiya ishlariga qadar bola sig‘imi 90 o‘ringa ega edi. Endilikda o‘rinlar soni 100 taga yetkazildi.
Rekonstruksiya ishlariga 3 mlrd. so‘m jalb qilingan 28-sonli DMTT tarkibida yana 100 o‘ringa ega bo‘ladigan yangi bino qad roslamoqda. Kelgusida bola sig‘imini 200 o‘ringa yetkazish maqsad qilingan.
Yangi Namangan tumanida ham yangi bog‘cha ochildi. Tumanining “Istiqbol” mahallasida ish boshlagan 73-sonli DMTT 175 bola o‘riniga ega.
Tashkilot binosi yangi qurilgan bo‘lib, barcha zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan.
Shuningdek, ushbu tumandagi yana bir mahalla “Mingterak”da ham yangi 77-sonli DMTT foydalanishga topshirildi.
Qurish va jihozlash uchun qariyb 4 mlrd. 300 million so‘m mablag‘ ajratilgan ushbu tashkilotning bola sig‘imi 120 o‘rinni tashkil qiladi.
To‘raqo‘rg‘on tumani “Uzumzor” mahallasida qayta faoliyat boshlagan 32-sonli davlat bog‘chasi esa endilikda 180 nafar bolani o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.
Bundan oldin mazkur mahalladagi 240 nafar bolaning 15 foizi maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan edi. Rekonstruksiya ishlaridan so‘ng mahallada bog‘chaga jalb qilinmagan bolalar miqdori 5 foizga pasaydi.
Ma’lumot uchun, tashkilotni ta’mirlash, qayta jihozlash ishlari uchun qariyb 3 milliard 236 million so‘m mablag‘ ajratilgan.
Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati