Davlat qabul komissiyasi qarori bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega boʻlgan vazirlik, idora va yirik birlashmalari roʻyxati tasdiqlandi.
Maktabgacha taʼlim vazirligi tavsiyanomasiga ega boʻlgan talabgorlar 2022-yil 8-avgustdan 22-avgustgacha (shu kuni ham) Davlat test markazining maxsus elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Maktabgacha taʼlim vazirligi tavsiyanomasini olish uchun maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan oʻrta maxsus maʼlumotli xodimlar (MTT pedagog kadrlari va hududiy boʻlinmalarning hisobchilari) 2022-yil 11-avgustidan – 2022-yil 16-avgust kuniga qadar hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari mumkin:
- Pasport yoki ID karta nusxasi;
- Oʻrta maxsus maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
- Mehnat daftarchasining nusxasi;
- Faoliyati davomida erishgan yutuqlari (faxriy yorliq, sertifikat, diplomlarning nusxalari).
Amaldagi tartibga koʻra, 5 yil ish stajiga ega boʻlgan va ushbu tashkilotlardan tavsiyanoma olganlar OTMga suhbat asosida qabul qilinadi.
Suhbat jarayoni avgust oyining soʻnggida OTMlar tomonidan tashkil etiladi.