MTV: 2022-yilning 1-yarim yilligida ichki audit xizmati va komplayens nazorati tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida brifingda hisobot berildi

news-detail

Bugun Maktabgacha ta’lim vazirligi Ichki audit xizmati va komplayens nazorati boshqarmasi tomonidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.

Taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qoʻyayotgan Oʻzbekiston uchun korrupsiyaning har qanday shakldagi koʻrinishi islohotlar shiddatini susaytirishi bilan xavflidir. Xuddi shuningdek maktabgacha taʼlim tizimidagi korrupsion holatlarning oldini olish kabi qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Fuqarolar tomonidan tizimdagi korrupsion holatlar haqida xabar berilishini osonlashtirish maqsadida @antikorr_mdo nomi bilan telegram kanali tashkil etilib, tarqatma material koʻrinishida barcha Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining kirish eshigiga joylashtirilgan boʻlib, 2021-yil davomida vazirlikka 489 ta murojaat va xatlar kelib tushgan, shundan 218 tasi fuqarolardan, 271 tasi idora va tashkilotlardan kelib tushgan.

2022-yilning I yarim yili davomida vazirlikka 307 ta murojaat va xatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 102 tasi fuqarolardan, 205 tasi idora va tashkilotlardan kelib tushgan murojaatlardir.

Oʻtgan davr mobaynida vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens-nazoratini amalga oshirish boshqarmasi xodimlari tomonidan 14 ta holatda aniqlangan qonunbuzilish holatlari Bosh prokuraturaga oshirilgan, 18 ta holatda korrupsion holatlarga aloqadorligi uchun xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan, 8 ta holatda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar oʻtkazilgan, 8 ta holatda intizomiy jazo turlari qoʻllanildi.

Shu bilan bir qatorda, bugungi kunda tizimda koʻp uchrayotgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish hamda “inson omili”ni kamaytirish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

- Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ishlamagan shaxslarga ish haqi hisoblash va yoʻllanmasiz bolalarni noqonuniy qabul qilish va saqlashni oldini olish maqsadida - Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida xodimlar, ishchilar va tarbiyalanuvchilarni hisobga olishning raqamli (Face ID) tizimi joriy etish;

- Davlat-xususiy sheriklik asosida bitim imzolashdagi korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida davlat-xususiy sheriklik bitimlarini imzolanish jarayonini elektron tarzda amalga oshirish;

- Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan subsidiyalardan maqsadsiz foydalanish holatlarini oldini olish maqsadida tarbiyalanuvchilarni hisobga olishning raqamli (Face ID) tizimini joriy etish va bu tizimdagi axborotni Moliya vazirligi va Maktabgacha taʼlim vazirligi axborot dasturiga integratsiya qilinishini taʼminlash kabi ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Maktabgacha taʼlim sohasida korrupsion holatlarni bartaraf etilishida Maktabgacha taʼlim vazirligining Ichki audit xizmati tomonidan sohada yoʻl qoʻyilgan moliyaviy, huquqiy tomonidan ham ishlar amalga oshirilmoqdaki, natijada 2022-yilning 6 oy davomida hududiy maktabgacha taʼlim boʻlimlari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 188 ta nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

Oʻrganishlar natijasida quyidagi moliyaviy xato-kamchiliklar aniqlangan:

Oʻzlashtirish va kamomadlar – 3,7 mlrd.soʻmni tashkil etgan;

Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha

5,6 mlrd.soʻmni tashkil etib, oʻzlashtirishlarning asosiylari quyidagilardan iborat:

Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, ish haqiga ajratilgan mablagʻlar asosan: “oʻlik jonlar”ga ish haqi yozish orqali ish haqlarini noqonuniy hisobdan chiqarilgan;

ish hajmini toʻliq bajarmagan xodimlarga ortiqcha ish haqi toʻlash;

moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini noqonuniy sarflash;

plastik kartalarga noqonuniy pullarni oʻtkazish orqali oʻzlashtirish;

toʻlov qaydnomalarida qayd etilgan naqd pullarni bermaslik;

oʻrindoshlik asosida ishlovchilarga hamda mehnat taʼtillarini notoʻgʻri hisoblash va boshqa holatlarda ortiqcha toʻlovlarga yoʻl qoʻyilgan.

Keyingisi, Oziq-ovqat mahsulotlari xarajatlariga ajratilgan mablagʻlarni noqonuniy sarflashi va oʻzlashtirishlarning asosiylari quyidagilardan iborat.

Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, oziq-ovqat xarajatlariga ajratilgan mablagʻlar asosan:

oziq-ovqat mahsulotlarining ombor va oshxonadagi kamomadi;

meʼyorga nisbatan oziq-ovqatlarni ortiqcha hisobdan chiqarish;

taomnomaga nisbatan hisobotlarda ortiqcha hisobdan chiqarish;

yetkazib berilgan mahsulotga nisbatan ortiqcha mablagʻ oʻtkazish va boshqalar.

Shuningdek, Davlat xususiy sherikchilik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati uchun byudjetdan ajratilgan subsidiya mablagʻlari ortiqcha sarflanishi – 8,7 mlrd.soʻmni tashkil etib noqonuniy moliyalashtirilish quyidagilardan iborat.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-maydagi 378-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida Nizom” talablariga amal qilmagan holda Oilaviy NMTTlariga 3 yoshga toʻlmagan va 7 yoshdan katta bolalar uchun subsidiya ajratish;

Bitim imzolanmagan davr uchun subsidiya ajratish;

Umuman va vaqtincha faoliyat yuritmagan davr uchun subsidiya ajratish;

Moliya organlari tomonidan subsidiya olish uchun NTMMlar tomonidan buyurtmanomani tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari bilan kelishmagan boʻlsalarda subsidiya ajratish kabi holatlarga yoʻl qoʻyilgan.

Navbatdagi qonun buzilishi holati Xaridlarning raqobatga asoslangan usullarini chetlab oʻtib, “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun talablariga zid ravishda 3,8 mlrd. soʻmlik shartnomalar tuzilganligida kuzatilgan.

Ayrim holatlarda auksion xaridlar oʻrniga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish yoki maxsus axborot portaliga eʼlonlarni joylashtirmasdan xarid qilingan.

Manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilib komissiya aʼzolariga tegishli tadbirkorlik subyektidan xaridlar amalga oshirilgan.

Shuningdek, Byudjet va tashkilot hisobiga qoʻshimcha hisoblangan daromadlar 2,1 mlrd.soʻmni tashkil etgan.

ortiqcha boyliklarni kirim qilish, asossiz hisoblanmagan badal toʻlovlarini hisoblash, asossiz hisoblangan kreditor qarzdorliklarni kamaytirish, asossiz hisobdan chiqarilgan mulkni qayta kirim qildirish, mulkni sotishdan tushgan mablagʻlarni 50%ni mahalliy byudjetga yoʻnaltirish kabi yoʻllar bilan byudjet va maktabgacha taʼlim tashkiloti foydasiga qoʻshimcha hisoblandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта