#RASMIY MUNOSABAT

news-detail

Ijtimoiy tarmoqlarda "Maktabgacha ta'lim vaziri intervyu berishni istamadi" kabi noto‘g‘ri talqin qilingan video tarqaldi.

Aslida holat qanday bo‘lgan?

 Joriy yilning 19 avgust kuni ShHT  xotin-qizlar forumi doirasida tadbirkor ayollar birinchi konferensiyasida Maktabgacha ta'lim vazirining xalqaro tashkilotlar oldidagi ma'ruzasi oldidan jurnalist tomonidan tig‘iz vaqtda savolga tutilgan.

 Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan videoda e'tibor berilsa jurnalist tomonidan savol berilayotgan jarayonda vazir yordamchisi "hozir u tayyorgarlik ko‘rayapti" degan javob berilgan hamda forum doirasidagi nutqdan so‘ng barcha savollarga javob berilishi haqida ham jurnalistga (afsuski videodagi bu joylari negadir qo‘yilmagan) tushuntirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan videodan so‘ng, jarayonni noto‘g‘ri tushungan holatda ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari va blogerlar tomonidan Maktabgacha ta'lim vaziriga nisbatan turli xildagi salbiy fikrlar talqin qilinmoqda.

Eng achinarlisi ushbu videomaterial ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari va blogerlarda Maktabgacha ta'lim vaziri, hukumat a'zosi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan millati, tili va dini haqidagi turli xildagi salbiy fikrlarni uyg‘otgan. Vaholanki yurtimizda 130dan ortiq millat va elat vakillari tinch-totuv yashab kelishmoqda.

Shu qatorda eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida quyidagilar bayon etilgan:

"O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar."

Jurnalistik etikaga rioya qilinib harakat qilinganda edi ijtimoiy tarmoqlarda bir shaxsning millati, tili, dini haqidagi noto‘g‘ri talqin qilinayotgan videomaterial tarqalmagan va keng ommaning nohaq e'tirozlariga sabab bo‘lmas edi. 

Albatta barchamizning huquq va burchlarimiz  Konstitutsiya moddalarida mustahkamlab qo‘yilganligini unutmasligimiz lozim.

Barcha OAV vakillariga ma'lumki Maktabgacha ta'lim vazirligi har doim OAVga nisbatan ochiq va shaffofdir. 

Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта