MTV: “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunga sharh berildi.

news-detail

2.jpg

Bugun Maktabgacha ta’lim vazirligi binosida Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlari: Xamidulla Tadjiyevich Inomov va Sarvar Xayrullayevich Saidovlar tomonidan tushuncha berildi.

9.jpg

Unda Qonunning maqsadi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi hamda Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reysteriga kiritilgan lavozimlardagi davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etilishi haqida so‘zlandi.

3.jpg

Davra suhbati jarayonida so‘zga chiqqan Sarvar Xayrullayevich Saidovning ta’kidlashicha: ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari, Maxsus vakolatli davlat organining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir, Davlat organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari aniq belgilab berilganligi bilan ahamiyatlidir.

4.jpg

Avvalambor Davlat fuqarolik xizmatchisi kim?

Albatta, bu kabi savollar davra suhbatida ishtirok etgan har bir xodimda tug‘ildi va quyidagicha javoblar olindi:

-Davlat fuqarolik xizmati lavozimida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi davlat fuqarolik xizmatchisi ekanligi;

-O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlangan paytdan e’tiboran davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomiga ega bo‘ladi va davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati tugatilishi munosabati bilan uni yo‘qotilishi;

-Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga taalluqli davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha huquqlar, majburiyatlar va cheklovlar alohida qonunchilik bilan belgilanganligi;

5.jpg

- mazkur Qonun bilan Davlat fuqarolik xizmatchisining huquqlari, Davlat fuqarolik xizmatchisining majburiyatlari, Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar, Davlat fuqarolik xizmatchisining javobgarligi, Davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish, Davlat fuqarolik xizmatchisining korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati, Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari, Davlat fuqarolik xizmatida sovg‘alarga nisbatan munosabatda bo‘lish shartlari, Manfaatlar to‘qnashuvi, Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash shartlari aniq belgilab berilganligi;

- Shu bilan birga, Davlat fuqarolik xizmatchisini rag‘batlantirish, Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan rag‘batlantirish choralarining qo‘llanilishi, Davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarligi, Davlat pensiya ta’minoti kabi masalalarga ham alohida e’tibor berilganligi haqida ma’lum qilindi.

7.jpg

Davra suhbati davomida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimi Xamidulla Tadjiyevich Inomov tomonidan yana bir yangilik e’lon qilindi, endilikda Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining malaka darajalari quyidagicha belgilanishi haqida aytib o‘tildi, ya’ni:

Siyosiy  Rahbar kadrlar  Oliy darajali maslahatchi

1-darajali maslahatchi

2-darajali maslahatchi

3-darajali maslahatchi

 Boshqaruv kadrlari 

1-darajali xizmatchi

2-darajali xizmatchi

3-darajali xizmatchi

Yordamchi  mutaxassislar 

4-darajali xizmatchi

5-darajali xizmatchi

6-darajali xizmatchi

11.jpg

Shu bilan birgalikda, Davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat fuqarolik xizmati lavozimlari malaka darajalari (bundan buyon matnda malaka darajalari deb yuritiladi), qoida tariqasida, izchil tartibda, oliy ma’lumotga va muayyan ish stajiga, malaka oshirish kurslarini tugatganligi to‘g‘risidagi sertifikatga, malaka komissiyasining ijobiy xulosasiga ega bo‘lgan taqdirda berilishi belgilanganligi ta’kidlab o‘tildi.

Davlat fuqarolik xizmatchilariga malaka darajalarini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

Davra suhbati yakunida vazirlik xodimlari Qonun haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

 12.jpg

Ma’lumot uchun: Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach – 10.11.2022 yildan kuchga kiradi.

 Qonun bilan batafsil tanishish uchun quyidagi havolaga kiring:

https://lex.uz/uz/docs/6145972

 

Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта