O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan "Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish qo‘llanmalari" Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yetkazib berildi.
Mazkur qo‘llanmalar mutlaqo bepul bo‘lib, respublikadagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazildi.
Bu metodik qo‘llanma bolalarning salomatligini saqlashda, shuningdek tarbiyalanuvchilarga birinchi tibbiy xizmat ko‘rsatishda va bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishida, ularni salomat va xavfsiz ovqatlantirishda katta ahamiyatga ega.
Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 610 nafar hamshiralar ishlab kelmoqda. Bu qo‘llanma orqali hamshiralar o‘z faoliyatiga mas’uliyat bilan yondoshib, bolalarni salomatligi va xavfsizligini ta’minlashda ahamiyatli vazifani bajaradi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati