Toshkent shahridagi Puchon universitetida bitiruvchilarga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

news-detail

Toshkent shahridagi Puchon universiteti ikkinchi “qaldirg‘ochlar”ini ham “uchirdi”.

18-avgust kuni Toshkent shahridagi Puchon universitetida 2021-2022 o‘quv yili bitiruvchilariga koreys va o‘zbek tilllardagi diplomlar topshirildi.

пучон1.jpg

Koreya Respublikasining Puchon universiteti prezidenti janob Xan, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi vakillari, xalqaro markazlar direktorlari, shuningdek, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari tadbirda faxriy mehmon sifatida qatnashishdi.

2021-2022 o‘quv yilida mazkur o‘quv dargohini 400 nafar bitiruvchi tamomlagan bo‘lsa, shulardan 260 nafari Maktabgacha ta’lim fakulteti talabalari hisoblanishadi.

Ma’lumot uchun, koreys namunasidagi diplomlar topshirilgan bo‘lib, “Koreys tili va menejment” hamda “Arxitektura” fakultetlari bitiruvchilari kelgusida “2+2” va “3+1” tizimida o‘qishni davom ettirishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Puchon universitetining ilk bitiruvchilariga diplom topshirilgani haqida xabar berilgandi. https://mpe.uz/post-detail/posts/international-cooperation/1221

             Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun 36 soatga moʻljallangan bepul masofaviy shakldagi qisqa muddatli malaka oshirish kurslari o‘z faoliyatini boshlaydi.

Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari o‘z faoliyatini boshlaydi. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 2024-yilning 25-mart sanasidan boshlab “Davlat-xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun 36 soatga moʻljallangan bepul masofaviy shakldagi qisqa muddatli malaka oshirish kursi” o‘z faoliyatini boshlaydi. Qisqa muddatli kurslar 2024-yil noyabr oyiga qadar har hafta davomida tashkil etiladi. Kurslarda maktabgacha ta’lim tizimida davlat o‘quv dasturini joriy etish, pedagogning ish hujjatlari, kasbiy kompetensiyasi va kreativligi, rivojlanish markazlarida pedagogik jarayonni tashkil etish, kasbiy faoliyatda raqamli texnologiyalardan foydalanish kabi dolzarb masalalar o‘rganiladi. Kurslarda qatnashish istagini bildirgan pedagog kadrlar joriy yilning 25-martiga qadar hududiy tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.    Qisqa muddatli malaka oshirish kursi o'quv rejasi.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Ishbilarmon” tadbirkorlar kirdikorlari

tadbirkorlar kirdikorlari.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ishchi guruh tadbirkorlar bilan uchrashdi

Maktabgacha ta’lim Agentligining ayni paytda Namangan viloyatida bo‘lib turgan Ishchi guruhi sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Agentlikning Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Zafar Usanov qatnashgan mazkur tadbirda tizimning xususiy sektoriga doir huquqiy qo‘llanmalar, joriy etilayotgan imtiyozlar, shu bilan birga, tadbirkorlar oldiga qo‘yilayotgan davlat talablarining mazmun-mohiyati va ularni ijroga qaratish mexanizmlari haqida so‘z bordi. Jarayonlarda tizimning nodavlat sektoriga doir muammolar eshitildi. Bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan masalalar o‘z o‘rnida hal etildi. Vaqt talab qiladigan muammolar bo‘yicha muddatlar belgilandi.  Tadbirkorlardan qator savollar qo‘yildi. Xususan, Namangan shahrining Davlatobod tumanida faoliyat yurituvchi fuqarolarning yer-mulk, turar va noturar joyga doir bitim munosabatlari bilan bog‘liq  talablar xususidagi savollariga Agentlikning boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Abdug‘ulom Xakimov batafsil javob qaytardi. Ta’kidlash joizki, uchrashuv davomida yangi, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini ochish, mavjudlarining quvvatini oshirish, shuningdek davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalarning to‘lov davriga doir uzilish bilan bog'liq muammolar xususidagi murojaatlar katta qismini tashkil etdi.      

Вид сайта
Размер шрифта