Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi «Toma» mahallasida joylashgan 24-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan noxush voqea yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Dastlabki o‘rganish bo‘yicha, ushbu tashkilotning 5 yoshli tarbiyalanuvchisi Sh.A. 2022-yil 3-avgust kuni tushlikdan keyin soat 12:20 larda o‘zini g‘alati tuta boshlagan. Holatni payqagan tarbiyachi zudlik bilan hamshira xabar bergan. Hamshira birinchi yordam ko‘rsatgan.
Shundan so‘ng Xonqa tumani Tibbiyot birlashmasining Tez tibbiy yordami chaqirilgan va tarbiyalanuvchining ota-onasiga xabar yuborilgan.
Biroq Tez tibbiy yordam xodimlarining urinishlariga qaramay bolaning o‘limi qayd etildi.
Boshqarma ishchi guruhi va Xonqa tumani huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar bilan o‘tkazilgan surishtiruv davomida tarbiyalanuvchining otasi farzandining epilepsiya kasalligi borligini ta’kidlagan.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha, Xonqa tumani huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganishlar yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.