Bugun Maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi huquqiy savodxonlik darsi oʻtkazildi.
Unda Yuridik boshqarma boshligʻi tomonidan oʻtayotgan haftada qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi.
Xususan, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha
(900 ming soʻmdan 1,5 mln soʻmgacha) jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.
Shuningdek, “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident qarori qabul qilindi
Qaror bilan turkiy dunyo doirasida “Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasi tasdiqlandi.
Hukumat qarori bilan Oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida sirtqi hamda kechki taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomlar tasdiqlandi.
Shu bilan birga Hukumat qarori bilan Oʻzbekiston hududida xizmat safarlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Nizomga koʻra, xizmat safari muddati tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi. Bunda muddat yoʻldagi vaqtni hisobga olmaganda 30 kalendar kundan koʻp boʻlmasligi lozim.
Eng asosiysi, joriy hafta Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik jarayonlarini soddalashtirish va byudjet subsidiyalarini ajratish mexanizmini avtomatlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi
PF-60-son Farmoni va 2021-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”
PQ-128-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son Farmoni asosida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.
Qarorni ishlab chiqishdan maqsad maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik jarayonlarini raqamlashtirish orqali ularni soddalashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan subsidiya ajratish mexanizmini avtomatlashtirish.
Qarorda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Nodavlat maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimi va “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda “Bolalar bogʻchasi” MTBAT) takomillashtirish doirasida:
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining dastlabki maʼlumotlari (quvvati, hududi, bino va inshootlar maydoni va boshq.) asosida shtatlar jadvalini avtomatik ravishda shakllantirish;
maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari va tarbiyalanuvchilarning yagona bazasini shakllantirish;
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda
davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining ish vaqtini, shuningdek, tarbiyalanuvchilarning davomatini shaxsni biometrik identifikatsiya qilish uskunalar yordamida hisobga olish
va idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda avtomatlashtirish;
davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish boʻyicha bitimlarni
“Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimida elektron shaklda tuzish va elektron raqamli imzo yordamida imzolash;
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bola taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini elektron hisobga olish tizimini joriy etish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ga ota-onalar toʻlovi boʻyicha qarzdorlik (oldindan toʻlov) mavjudligi haqida onlayn-toʻlov billing tizimini qoʻllagan holda har oyda avtomatik ravishda xabarnoma joʻnatish;
davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun byudjet subsidiyalari
va kompensatsiyalarini hisoblash jarayonini avtomatlashtirish hamda hisoblangan subsidiyalar va kompensatsiyalar hajmi boʻyicha elektron hisob-kitoblarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “UzASBO” axborot tizimiga moliyalashtirish uchun avtomatik tarzda taqdim etish nazarda tutilmoqda.
Qarorni amaliyotda qoʻllanilishi orqali davlat byudjeti mablagʻlari iqtisod qilish, DXSH asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga byudjet subsidiyasini ajratish tizimi shaffofligini taʼminlash, korrupsiya holatlari va qogʻozbozlikni oldini olish, shuningdek, tadbirkorlar va fuqarolarga qulayliklar yaratilishiga erishiladi.
Qaror qabul qilinishi bilan nodavlat maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimi joriy etilishi natijasida bir yilda oʻrtacha 150 mlrd.soʻm byudjet mablagʻlari iqtisod qilinadi.