O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Nyu-Yorkdagi (AQSH) ikkinchi kunida “Ta’limni o‘zgartirish yoshlikdan boshlanadi: ilk yoshdan poydevor qo‘yish” mavzusidagi O‘zbekiston hukumati, Gabon, Laos NDR, YUNESKO, UNICEF, Kolumbiya universitetining pedagogika kolleji, Konrad Xilton jamgʻarmasi, Lego jamgʻarmasi, Jahon banki va erta bolalikni rivojlantirish boʻyicha harakatlar tarmogʻi (ECDAN) tomonidan tashkil etilgan sessiyada ishtirok etdi.
Sessiya davomida ishtirokchilarga joriy yilning 14-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, ma'ruzachilar dastlabki yillarda ko'nikmalarni rivojlantirish uchun amalga oshirgan transformativ yechimlar tajribasi va bu tajribadan olgan saboqlari bilan o'rtoqlashdilar hamda SUR 4.2da ko'zda tutilgan natijalarga erishishni tezlashtirish masalalarini muhokama qildilar.
Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati